O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori




Download 102,24 Kb.
bet18/55
Sana15.03.2017
Hajmi102,24 Kb.
#138
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
qo’ymaslik - hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan vakil qilingan shaxslarni iste’molchi tomonidan hisobga olishni nazorat qilish pribori ulanishi, o’lchov transformatorlari sxemalarining to’g’riligini tekshirish, shuningdek hisobga olishni nazorat qilish pribori ko’rsatkichlarini nazorat tartibida tekshirish uchun yozib olishning cheklanishi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)
3. Bir vaqtning o’zida ishlab chiqarilishi va iste’mol qilinishi bilan tavsiflanadigan alohida tovar turi sifatida elektr energiyasini yetkazib berish, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va energiya qurilmalari shu tashkilot tarmog’iga bevosita ulangan iste’molchi o’rtasida tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasi asosida mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Namunaviy shartnoma shakli qonun hujjatlariga muvofiq "O’zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda Elektr energetikada nazorat bo’yicha davlat inspeksiyasi (keyingi o’rinlarda "O’zdavenergonazorat" DI deb ataladi) tomonidan tasdiqlanib, so’ngra o’rnatilgan tartibda huquqiy ekspertizadan o’tkaziladi.

Iste’molchi va elektr ta’minoti korxonasi o’rtasidagi shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:

shartnoma mavzusi;

iste’mol qilishning belgilangan rejimlariga va elektr energiyasi sifati ko’rsatkichlariga rioya qilish bo’yicha tomonlarning shartlari va majburiyatlari;

elektr tarmoqlarining balans bo’yicha mansubligi hamda elektr tarmoqlari va elektr qurilmalariga xizmat ko’rsatish chegaralari;

hisobga olish priborlarining o’rnatilgan joyi;

iste’molchilarning elektr energiyasi uchun haq to’lash bo’yicha tarif guruhlari;

foydalanilayotgan elektr tarmoqlari, uskunalar va priborlarning zarur texnik holatini va xavfsizligini ta’minlash bo’yicha shartlar;

iste’molchilarni, subiste’molchilarni elektr tarmog’iga ulash tartibi (iste’molchining nomi, quvvati, hisobga olish priborlari, tariflar va boshqa ma’lumotlar);

elektr energiyasini texnologik yoki avariyaviy bron darajasigacha yetkazib berishning eng kam hajmi (faoliyat xususiyatlari, asosiy mahsulotni ishlab chiqarishning, ko’rsatiladigan xizmatlarning hajmlari va mazkur iste’molchilar tomonidan foydalaniladigan uskunalarning tavsiflaridan kelib chiqib majburiy xizmat ko’rsatilishi kerak bo’lgan iste’molchilar uchun);

tomonlarning javobgarligi;

nizolarni hal etish tartibi;

fors-major holatlar;

tomonlarning rekvizitlari.

Elektr ta’minoti shartnomasini tuzish, uni o’zgartirish, bekor qilish yoki amal qilish muddatini uzaytirish masalalarini hal etishda tomonlar qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Qoidalarga amal qiladilar.

Subiste’molchilar elektr ta’minoti shartnomasini hududiy elektr tarmoqlari korxonalari roziligiga binoan iste’molchilar bilan tuzadilar.


4. Iste’molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasini hisobga olish uchun "O’zstandart" agentligi yoki uning o’lchov vositasi turini tasdiqlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasining sertifikatiga ega bo’lgan hududiy bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan elektron hisobga olish priborlari qo’llanadi.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchi bilan birgalikda iste’molchilar iste’mol qilgan elektr energiyasining amaldagi miqdorini aniqlash uchun ulardagi hisobga olish priborlarining (maishiy iste’molchilardan tashqari) ko’rsatkichlarini har oyda yozib olishi va zarur bo’lganda hisobga olish priborlarini ulash sxemasini tekshirib ko’rishi kerak. Iste’molchi tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga belgilangan shakl bo’yicha chopar orqali yoki faksimil aloqa yoxud elektron pochta aloqasi orqali taqdim etilgan elektr energiyasi va quvvati sarfi to’g’risidagi hisobot ham iste’mol qilingan elektr energiyasi va quvvatining amaldagi hajmini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi xatboshi)

Elektr energiyasini iste’mol qilishni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishiga qarab iste’molchilarning hisobga olishni nazorat qilish priborlari ko’rsatkichlarini yozib olish avtomatlashtirilgan tizimning texnik parametrlariga muvofiq, biroq bir oyda kamida bir marta yoki iste’molchining buyurtmasi bo’yicha amalga oshiriladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
5. Elektr energiyasiga amaldagi tariflar o’zgargan taqdirda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi ularning kuchga kirishidan kamida o’n besh kun oldin qarorni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi. (O’zR VM 17.05.2010 y. 92-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

Bunda elektr energiyasiga tariflar o’zgargan sanadan qat’i nazar, elektr ta’minoti shartnomasi o’z kuchida qoladi va iste’molchi olingan elektr energiyasi va quvvati uchun yangi tarif kuchga kirgan kundan boshlab u bo’yicha haq to’lashga majburdir. (O’zR VM 17.05.2010 y. 92-son Qarori tahriridagi xatboshi)

Bunda tarif o’zgargan taqdirda, iste’molchi elektr energiyasining (aktiv, reaktiv energiya ham shu jumlaga kiradi) va quvvatning avans bilan to’langan hajmi uchun, biroq to’lov kunidan boshlab keyingi 12 oydan ortiq bo’lmagan vaqtda qo’shimcha to’lovlar to’lashdan ozod etiladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
6. O’z tarmoqlari orqali subiste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib beruvchi iste’molchilar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr ta’minoti shartnomasini, subiste’molchilarning elektr energiyasi iste’molini hisobga olgan holda, elektr energiyasining umumiy (yig’ma) miqdori bo’yicha tuzadilar.
7. Iste’molchi o’ziga tegishli elektr tarmoqlariga, ruxsat etilgan quvvat miqdori darajasida, kuchlanishi 1000 Voltgacha bo’lgan qo’shimcha elektr qurilmalarini ulashi mumkin (elektr energiyasini isitish va issiq suv ta’minoti uchun qo’llanishdan tashqari).
8. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchiga (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasini ulangan tarmoq orqali elektr ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va tomonlar o’zaro kelishgan elektr energiyasi yetkazib berish rejimiga rioya qilgan holda yetkazib berishga majburdir.

Elektr energiyasi iste’molchilari (aholidan tashqari) 1 sentabrgacha choraklar bo’yicha bo’lib ishlagan holda kelgusi yilga elektr energiyasi iste’molining prognozlashtirilayotgan miqdori to’g’risida hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yoki iste’molchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulangan uning bo’linmasiga buyurtmanoma beradi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar aholisi tomonidan elektr energiyasi iste’moli prognozini hududiy elektr tarmoqlari korxonasi aholi o’sishini, uy-joy qurilishini hisobga olgan holda har bir maishiy iste’molchi bilan tuzilgan elektr ta’minoti shartnomalari asosida belgilaydi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)

Elektroenergetika obyektlarining tarmoq ichki elektr energiyasi iste’moli prognozi (elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalarning o’z va ishlab chiqarish ehtiyojlari, belgilangan tartibda tasdiqlangan elektr energiyasini elektr tarmog’i xo’jaligi obyektlari bo’yicha uzatishga elektr energiyasining texnologik sarfi) joriy yilning 1 oktabrigacha umumlashtiriladi hamda elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansi tarkibiga kiritiladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)

Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxona har yili 1 oktabrgacha "O’zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga egalik qilinayotgan quvvat va kelgusi yilga elektr energiyasi ishlab chiqarish prognozi to’g’risida ma’lum qiladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)

"O’zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi choraklar bo’yicha bo’lib chiqqan holda kelgusi yilga elektr energiyasi ehtiyojining prognozini shakllantiradi va joriy yilning 15 oktabrigacha uni O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi, shuningdek belgilangan muddatda hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansiga muvofiq ko’rib chiqilayotgan yil uchun choraklarga bo’lgan holda ularning elektr energiyasi yillik resurslarini yetkazadi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)


9. Sanoat iste’molchilari va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar quyidagilarga majbur:

mahsulot birligini ishlab chiqarish (ishlarni amalga oshirish) uchun elektr energiyasi sarfining texnik va iqtisodiy jihatdan asoslangan - umumiy ishlab chiqarish va texnologik; yakka tartibdagi va guruh bo’yicha; yillik, choraklik va oylik - progressiv me’yorlarini ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni tashkil etish texnologiyasi takomillashtirilishi (o’zgartirilishi) va yangi texnika joriy etilishi bilan ularni qayta ko’rib chiqish;

umuman korxona bo’yicha, shu jumladan, ko’p energiya sarflaydigan uskunalar, sexlar va iste’molchilar guruhlari bo’yicha elektr energiyasi balanslarini tuzish hamda ular asosida ishlab chiqarish jarayonlarida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini tahlil qilish, elektr energiyasining samarasiz sarflanishi va isrof bo’lishini aniqlash, ularni kamaytirish va bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

kelgusi davr uchun elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyojni va elektr tarmoqlarining energiya o’tkazish qobiliyatini oshirish, elektr ta’minoti sxemalarini takomillashtirish zaruriyatini aniqlash maqsadida (mahsulot ishlab chiqarishning, bajariladigan ish turlarining mo’ljallanayotgan prognoz hajmlaridan va elektr energiyasi sarfi me’yorlaridan kelib chiqib, ularni kamaytirish va elektr energiyasini tejashni hisobga olgan holda) elektr energiyasining bir yil va kelgusi davr uchun balanslarini tuzish;

mahsulot (ishlar) birligiga elektr energiyasi sarfining tasdiqlangan me’yorlariga rioya qilish va ularni kamaytirish bo’yicha belgilangan tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;

elektr energiyasini tejash bo’yicha (yillik va uzoq istiqbol uchun) tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.



"O’zdavenergonazorat" DI tomonidan iste’molchida energiyadan (imzolangan dalolatnomaga muvofiq) nooqilona foydalanganlik, elektr energiyasini tejash bo’yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni bajarmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi aniqlangan elektr energiyasidan nooqilona foydalanish holatlaridan kelib chiqqan holda, energiya iste’molining shartnomadagi miqdorini kamaytirishga haqlidir.
10. Elektr tarmog’i xo’jaligi obyektlaridagi avariyalarning oldini olish va bartaraf etish yoki odamlarning xavfsizligini ta’minlash ishlari bilan bog’liq kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlarni ko’rish zarur bo’lganda, iste’molchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq uni darhol xabardor qilgan holda, elektr energiyasini uzatishda tanaffus yoki cheklashlarga yo’l qo’yilishi mumkin.
11. Obyektning elektr ta’minoti loyihasida ko’zda tutilgan, o’zaro zaxiralanuvchi manbalarni avtomatik ishga tushirish yoki asosiy manbani qayta avtomatik tiklash vaqtida elektr energiyasining uzib qo’yilishi (sabablaridan qat’i nazar) elektr ta’minotida tanaffus deb hisoblanmaydi.
12. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, iste’mol qilish sohasidagi me’yorlar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati qonun hujjatlariga muvofiq "O’zdavenergonazorat" DI tomonidan amalga oshiriladi.
13. Elektr energiyasining isrof qilib sarflanishi va iste’molchi elektr qurilmalarining avariya xavfi tug’diradigan yoki odamlar hayotiga xavf soladigan qoniqarsiz texnik holati aniqlanganda "O’zdavenergonazorat" DI elektr energiyasi yetkazib berishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’xtatib qo’yish huquqiga ega.
14. Maxsus qoidalar bo’yicha foydalaniladigan elektr qurilmalari ustidan energetika nazorati qonun hujjatlariga muvofiq, vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
15. Davlat energetika nazoratining amalga oshirilishi iste’molchilarni foydalanilayotgan elektr tarmoqlari, priborlar va uskunalarning zarur texnik holati va xavfsizligi ta’minlanishi, elektr energiyasi iste’molining belgilangan rejimiga rioya qilinishi uchun javobgarlikdan, shuningdek elektr energiyasidan foydalanish paytida paydo bo’ladigan avariyalar, yong’inlar, elektr energiyasini hisobga olish priborlarining nosozliklari va boshqa qoidabuzishlar to’g’risida hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlarini darhol xabardor qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.
16. Elektr tarmoqlari, priborlar va uskunalarning texnik holatiga va ularni ekspluatatsiya qilishga nisbatan qo’yiladigan talablar, shuningdek ularga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi elektr energetikasi sohasidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
17. Ushbu Qoidalar buzilganligi uchun javobgarlik O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga, Jinoyat kodeksiga, "Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga muvofiq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan iste’molchi o’rtasida tuziladigan elektr ta’minoti shartnomasida belgilab beriladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band)


Download 102,24 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Download 102,24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori

Download 102,24 Kb.