III. ELEKTR QURILMALARINI EKSPLUATATSIYA




Download 102,24 Kb.
bet20/55
Sana15.03.2017
Hajmi102,24 Kb.
#138
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
III. ELEKTR QURILMALARINI EKSPLUATATSIYA

QILISHGA IJOZAT OLISH VA KUCHLANISHNI

ISTE’MOLCHILARGA UZATISH TARTIBI
27. Iste’molchilarning (oldindan foydalanilayotgan uy-joylarda ulanayotganlaridan tashqari) barcha yangidan ulanayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan elektr qurilmalari Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalariga, shahar qurilishi me’yorlari va qoidalariga, berilgan texnik shartlarga muvofiq bajarilishi va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari hamda texnik qabul qilish-topshirish hujjatlari bilan ta’minlangan bo’lishi lozim.
28. "O’zdavenergonazorat" DI o’z nazoratidagi obyektlarda ishlab chiqarish xavfsizligini ta’minlash bo’yicha xorijiy texnologiyalarni qo’llash imkoniyati to’g’risida belgilangan tartibda ekspert xulosasi beradi.
29. Yangidan montaj va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini mazkur Qoidalarga muvofiq, ularni montaj qilish tugatilishi, ishga tushirish-sozlash ishlari bajarilishidan so’ng, iste’molchida elektr xo’jaligi uchun mas’ul shaxs va tegishli elektrotexnik xodimlar mavjud bo’lganda, elektr qurilmalari Iste’molchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish Qoidalari va Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi Qoidalariga muvofiq xavfsizlik texnikasi va yong’in o’chirish bo’yicha himoya vositalari bilan butlanganda hamda belgilangan tartibda qiyoslashdan o’tkazilgan hisobga olish priborlari o’rnatilganda, shuningdek elektr ta’minoti shartnomasi tuzilganda ekspluatatsiya qilishga topshirish mumkin bo’ladi.
30. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiyaga topshirishdan oldin iste’molchi montaj tashkilotidan ularni dalolatnoma bo’yicha qabul qilishi va ularning majburiy sertifikatlari mavjud bo’lganda "O’zdavenergonazorat" DIga loyiha, ekspluatatsiya, texnik qabul qilish-topshirish hujjatlarini hamda ishga tushirish mumkinligini aniqlash uchun elektr qurilmasini ko’rikdan o’tkazishga taqdim etishi kerak.

Iste’molchilarning rekonstruksiya qilinayotgan elektr qurilmalari ham ekspluatatsiyaga topshirishdan oldin ko’rikdan o’tkazish uchun "O’zdavenergonazorat" DI inspektoriga ko’rsatilishi kerak.

Elektr qurilmalari ekspluatatsiyasiga ijozat berish tartibi subiste’molchilarning yangidan montaj va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalariga tatbiq etiladi.

Iste’molchilarning elektr qurilmalarini montaj qilishda kamchiliklar, ulash uchun berilgan texnik shartlardan chekinishlar aniqlanganda, shuningdek texnik hujjatlar va elektr qurilmalariga xizmat ko’rsatish uchun tayyorgarlik ko’rgan xodimlar mavjud bo’lmagan taqdirda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ularga ijozat berish taqiqlanadi.


31. Yangi yoki rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalariga kuchlanish berish, hisobga olish priborlari qiyoslashdan o’tkazilishi va o’rnatilishidan keyin ularni ekspluatatsiya qilishga ijozat berish to’g’risida "O’zdavenergonazorat" DIning dalolatnomasi mavjud bo’lgan taqdirda, shuningdek elektr ta’minoti shartnomasi tuzilganidan keyin amalga oshiriladi.

Bunda, iste’molchilarning quvvati 10 kVtgacha bo’lgan, tadbirkorlik faoliyati subyektlari, shu jumladan kichik biznes subyektlari uchun esa quvvati 50 kVt va undan past bo’lgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash qonun hujjatlariga muvofiq soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. (O’zR VM 05.04.2011 y. 103-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)


32. "O’zdavenergonazorat" DI elektr qurilmani texnik ko’rikdan o’tkazish va ekspluatatsiya qilishga ijozat berish yuzasidan javob beradi.

Iste’molchining ekspluatatsiya qilinayotgan elektr qurilmalarini texnik ko’rikdan o’tkazish davriyligi o’rnatilgan tartibda "O’zdavenergonazorat" DI tomonidan belgilanadi.


33. Ishlari mavsumiy xususiyatga ega bo’lgan iste’molchilar har yili, elektr qurilmalarini ishga tushirishdan oldin ularning ko’rikdan o’tkazilishi va ekspluatatsiya qilishga ijozat berilishi uchun "O’zdavenergonazorat" DI yoki uning hududiy bo’limiga yozma ravishda murojaat qilishlari kerak.


Download 102,24 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Download 102,24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III. ELEKTR QURILMALARINI EKSPLUATATSIYA

Download 102,24 Kb.