VII. ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI HAMDA




Download 102.24 Kb.
bet29/55
Sana15.03.2017
Hajmi102.24 Kb.
#138
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
VII. ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI HAMDA

HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI KORXONASINING

HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
125. Elektr energiyasi iste’molchilari quyidagi huquqlarga ega:

o’zining elektr qurilmalarini texnik shartlarga muvofiq hududiy elektr tarmoqlariga ulash;

sifat ko’rsatkichlari davlat standartlariga muvofiq bo’lgan elektr energiyasi olish;

elektr energiyasi yetkazib berishning to’xtatib qo’yilishi sabablari to’g’risida belgilangan tartibda axborot olish;

hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga ular iste’mol qiladigan elektr energiyasi hajmlarining o’zgartirilishi to’g’risida belgilangan tartibda takliflar kiritish. Bunda elektr energiyasining shartnomadagi hajmini o’zgartirish bo’yicha taklif mo’ljallanayotgan o’zgartirishdan oldin 10 kundan kechikmay (joriy oy tugagungacha) berilishi kerak;

elektr energiyasi to’liq hajmda yetkazib berilmasligi yoki sifat ko’rsatkichlari davlat standartlariga muvofiq bo’lmagan elektr energiyasi yetkazib berilishi oqibatida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki elektr ta’minoti korxonasi tomonidan yetkazilgan zararlarni belgilangan tartibda qoplash;

elektr ta’minoti shartnomalarini tuzish va bajarishda yuzaga kelayotgan nizolarni hal etish uchun sudga yoki bo’ysunishi bo’yicha yuqori tashkilotga, mansabdor shaxsga murojaat qilish.

Elektr energiyasi iste’molchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

(O’zR VM 17.05.2010 y. 92-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
126. Elektr energiyasi iste’molchilari quyidagilarga majbur:

elektr ta’minoti shartnomasi shartlarida belgilangan elektr energiyasini iste’mol qilish rejimiga rioya etish;

elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq (maishiy iste’molchilardan tashqari) hisob-kitob davri uchun va kelgusi oy uchun elektr energiyasi (quvvati) miqdoriga o’z vaqtida haq to’lash; (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

ishlatilayotgan elektr qurilmalari, priborlar va asbob-uskunalarning zarur texnik holatini va Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash, hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yoki elektr ta’minoti korxonasiga elektr asbob-uskunalarining nosozligi to’g’risida xabar qilish;

elektr energiyasidan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

"O’zdavenergonazorat" davlat inspeksiyasining elektr qurilmalarining texnik holati yaxshilanishiga va ishlatishning tashkil etilishiga, shuningdek elektr energiyasidan oqilona foydalanilishiga yo’naltirilgan yozma ko’rsatmalarini o’z vaqtida bajarish;

Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalarining talablari bajarilishini ta’minlash;

hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakilining elektr energiyasini hisobga olish priborlarini ko’rishiga imkon berish;

yil mobaynida yangidan ishga tushiriladigan elektr qurilmalaridan foydalanish boshlanishidan kamida bir oy oldin (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasining zarur miqdori uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga buyurtmanoma berish; (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)

kelgusi yil uchun elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyojni aniqlashda elektr energiyasini elektr tarmoqlaridan uzatishda, ishlab chiqariladigan mahsulotning (ishlar turlarining) texnologik jarayoni ishlab chiqarish ehtiyojlariga, ishlab chiqarish binolari va ma’muriy binolarni yoritishga, isitishga, shamollatishga elektr energiya sarfini, shuningdek ushbu elektr tarmoqlariga ulangan subiste’molchilarning ehtiyojini hisobga olish. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)


O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq to’qqizinchi-o’n ikkinchi xatboshilar o’n birinchi-o’n to’rtinchi xatboshilar deb hisoblansin
Elektr energiyasi iste’molchilari, shuningdek hududiy elektr tarmoqlari korxonasining talabiga ko’ra quyidagilarni hisobga olishi va xabar qilishi shart:

iste’mol qilinayotgan quvvatning har sutkalik, har oylik sarfi va amaldagi miqdori;

yagona elektr energetika tizimining eng ko’p va eng kam yuklamali davrlarida reaktiv energiya va quvvatning har sutkalik sarfi;

yagona elektr energetika tizimining eng ko’p yuklamasining o’tish davrida aktiv energiya (quvvat)ning har 30 daqiqadagi sarfi.

(O’zR VM 17.05.2010 y. 92-son Qarori tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang)
127. Obyektlaridan magistral elektr tarmoqlari sifatida foydalaniladigan iste’molchilar hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan elektr energiyasi uzatish xizmatlarini ko’rsatish yuzasidan shartnomalar tuzish huquqiga ega emas.
128. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari quyidagilarga majbur:

elektr energiyasini elektr tarmoqlarining balans bo’yicha mansublik chegarasiga elektr ta’minoti shartnomasida ko’rsatilgan hajmda uzluksiz yetkazib berish;

o’zining elektr tarmog’i xo’jaligi obyektlarida elektr energiyasi sifat ko’rsatkichlarini davlat standartlarida belgilangan darajada saqlab turish;

elektr tarmog’i xo’jaligi obyektlarining rejali ta’mirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi mumkin bo’lgan uzilishlar to’g’risida kamida 3 sutka oldin ogohlantirish;

iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berishning to’xtatib turilishi va buning sabablari to’g’risida ma’lum qilish;

joriy etiladigan cheklashlar haqida, cheklashning hajmi va vaqtini ko’rsatgan holda, o’z vaqtida xabar qilish;

iste’molchiga energiya ta’minoti shartnomasiga muvofiq elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash;

iste’molchilarning elektr energiyasining to’liq yetkazib berilmaganligi yoki elektr ta’minotidagi boshqa qoida buzilishlari to’g’risidagi arizalarini, iste’molchidan ariza olingan kundan boshlab 10 kundan kechikmay ko’rib chiqish, ularning qoida buzilishlarini bartaraf etish va iste’molchilarga ushbu Qoidalarga muvofiq batafsil javob yuborish;

o’zining elektr tarmog’i xo’jaligi obyektlarida elektr energiyasining texnologik isroflarini qisqartirish bo’yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

elektr energiyasining elektr tarmoqlari bo’linish chegarasida hisobga olinmagan iste’molini aniqlash;

iste’molchilar tomonidan buyurtma berilgan elektr energiyasi hajmini yetkazib berishning texnik imkoniyatlarini va ulardagi tijorat hisobini olish tizimlarining qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini baholash bo’yicha xulosa berish;

iste’molchilarning elektr tarmoqlari va qurilmalarining o’z hududiy elektr tarmoqlariga ulanishi yuzasidan texnik shartlar berish;

iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasini belgilangan tartibda hisobga olib borish;

iste’molchining belgilangan tartibda kiritilgan takliflariga muvofiq besh kun muddatda elektr energiyasining oylik shartnomaviy hajmiga o’zgartirishlar kiritish, elektr energiyasining oylik shartnomaviy miqdorini ko’paytirish (kamaytirish) mumkin bo’lmagan taqdirda - bu haqda, rad etish sababini ko’rsatgan holda, iste’molchiga xabar qilish;

uzluksiz ishlab chiqarish jarayoniga ega bo’lgan iste’molchilarga belgilangan tartibda elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash.

har yili iste’molchilarning barcha toifalari buyurtmanomalarini umumlashtirish asosida elektr energiyasi iste’molining prognoz ko’rsatkichlarini, shu jumladan aholi iste’molini, o’z ehtiyojlariga va kelgusi yilda uni uzatishga texnologik sarfni shakllantirish, yil mobaynida yangidan ishga tushiriladigan obyektlar uchun zaxiralarni nazarda tutish va 1 oktabrgacha "O’zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga taqdim etish; (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)

kelgusi yil uchun elektr energiyasi iste’moli miqdorlarini mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishish. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)
129. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki uning elektr ta’minoti korxonasi quyidagi hollarda elektr energiyasini iste’molchiga yetkazib berishni belgilangan tartibda to’xtatib qo’yadi va uzib qo’yish oqibatlari uchun javob bermaydi: (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

elektr energiyasi elektr ta’minoti shartnomasidagi miqdordan ortiqcha sarflanganda yoki elektr energiyasi iste’molining belgilangan rejimi buzilganda;

elektr energiyasi elektr ta’minoti shartnomasisiz iste’mol qilinganda;

"O’zstandart" agentligi tomonidan belgilangan tartibda qiyoslashdan o’tkazilgan elektr energiyasini hisobga olish priborlari bo’lmaganda;

elektr energiyasi (quvvati) uchun elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan miqdorda va muddatda to’lov to’lanmaganda;

elektr qurilmalari hududiy elektr tarmoqlariga o’zboshimchalik bilan ulanganda yoki quvvat elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan miqdordan oshirib yuborilganda; (O’zR VM 17.05.2010 y. 92-son Qarori tahriridagi xatboshi)

elektr qabul qilgichlar hisobga olish priborlaridan tashqari ulanganda yoki elektr energiyasini hisobga olish sxemasi buzilganda, shu jumladan, hisobga olish priborlarining va o’lchash transformatorlarining plombalari buzilganda;

hududiy elektr tarmoqlari korxonasi vakili hisobga olish priborlarini ko’rishga qo’yilmaganda.

Elektr manbaidan uzib qo’yilishi texnogen va avariya oqibatlariga olib keladigan, o’ta xavfli va uzluksiz texnologik jarayonli sanoat korxonalarida qarzdorlik paydo bo’lgan taqdirda haq to’lanmaganligi uchun elektr energiyasi yetkazib berishni cheklash, belgilangan tartibda, elektr ta’minotining texnologik va avariya bronigacha, to’liq uzib qo’yish esa - faqat sud qaroriga ko’ra amalga oshirilishi mumkin.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi, "O’zdavenergonazorat" DIning yozma buyurtmanomasiga binoan, elektr energiyasi isrofgarchilik bilan sarflangan hollarda, elektr qurilmalarining avariyaga olib keladigan yoki odamlar hayotiga xavf tug’diradigan qoniqarsiz texnik holatida iste’molchiga elektr energiyasi yetkazib berishni to’xtatadi.

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha holatlarda yagona elektr energetikasi tizimi tarmoqlariga qayta ulash va elektr energiyasini yetkazib berishni tiklash qoida buzishlar bartaraf etilgandan va iste’molchi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’lov amalga oshirilgandan keyin iste’molchining yozma arizasi bo’yicha hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

Elektr energiyasi iste’molchilarida (maishiy iste’molchilardan tashqari) ushbu bandning ikkinchi - to’rtinchi, oltinchi - sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan qoida buzish holatlari aniqlangan taqdirda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko’rishi va bu haqda "O’zdavenergonazorat" inspeksiyasini xabardor qilishi shart. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)


130. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi:

iste’molchi elektr energiyasi iste’molining belgilangan rejimiga rioya qilmay, elektr energiyasi iste’moli yoki quvvatining shartnomaviy miqdoridan oshib ketishiga yo’l qo’ygan, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan belgilangan elektr energiyasi iste’molini cheklash jadvalini bajarmagan sutkalarda past sifatli elektr energiyasi yetkazib berilganligi uchun;

zaxira manbaini avtomatik ulash, avtomatik qayta ulash va avtomatik davr-tezlikli o’chirishlarning ishlash vaqtida elektr energiyasini yetkazib berishdagi tanaffuslar uchun iste’molchi oldida moddiy javobgar bo’lmaydi.

Energiya ta’minoti shartnomasi bo’yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki zarur tarzda bajarilmagan hollarda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi buning natijasida yetkazilgan zararni qoplashga majbur, iste’molchi esa yetkazilgan real zararni qoplashga majbur. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)





Download 102.24 Kb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Download 102.24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



VII. ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI HAMDA

Download 102.24 Kb.