|
O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kasbi tuman xalq ta`limi bo`limi kasbi tumani 14-umumiy o`rta ta`lim
|
bet | 3/5 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 5 Mb. | | #262732 |
Bog'liq yil o\'qituvchi dars ishlanmasiYechilishi:
“Charxpalak” usulida charxpalakning xar bir ko’zachasida o’tilgan mavzu yuzasidan savollar qo’yilgan, har bir guruhdan to’rttadan o’quvchilar navbatma – navbat chiqib charxpalakni aylantirib savollarga tezkorlik bilan javob berishadi. Har bir savolning javobi 1 ball bilan baholanadi.
O’qituvchi uyga vazifani xulosalab, yangi mavzuni boshlaydi.
Mavzuni yoritish:
Ba’zan berilgan masalani hal qilishda operatorlarning bajarilish tartibini buzishga, ya’ni boshqarishni dastur bo’yicha orqaga yoki oldinga o’tkazish zarur bo’ladi. Buning uchun dasturda boshqarish uzatilayotgan operatorga nishon qo’yiladi.
Dasturda qo’llaniladigan nishonlar dasturning tavsif qismida Label xizmatchi so’zi yordamida ko’rsatilishi shart.
O’tish operatori quyidagi ko’rinishga ega:
GOTO;,
bu yerda GOTO (ing. –ga o’tilsin) operatori boshqarishni dasturning oldiga nishon qo’yilgan operatoriga uzatadi.
1- misol.
Label N1;
Var a,b,c:Integer;
Begin a:=15; b:=13;
c:= a+b; GoTo N1;
{Boshqarish N1 nishonli operatorga uzatildi}
c:= a-b; N1:WriteLn(c);
End.
|
Bu dasturning natijasida ekranda hosil bo’lgan c ning qiymati 28 ga tengdir. Chunki, boshqarish N1 nishonli chiqarish operatoriga uzatilgani uchun c: = a –b amalni bajarmasdan o’tkazib yuborildi.
|
O’tish operatorida hech qanday shart tekshirilmasdan boshqarish ko’rsatilgan nishonli operatorga uzatiladi. Lekin aksariyat masalalarni hal etishda biror shartning bajarilishiga qarab u yoki bu amallar ketma – ketligini bajarish kerak bo’ladi. Masalan, kamaytiruvchi musbat yoki juft shartini, Robot biror yo’nalishni bo’sh ekanligi shartini tekshirib, xulosa asosida u yoki bu ko’rsatmalarni bajarishgan edi. Shu kabi masalalarni hal qilish uchun algoritmik tizimdagi shartli tuzilmaga mos dasturlash tillarida tarmoqlanish operatori qo’llaniladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kasbi tuman xalq ta`limi bo`limi kasbi tumani 14-umumiy o`rta ta`lim
|