O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Urgut tuman xalq ta’limi bo‘limi Urgut shahridagi 3-umumta’lim maktabning Informatika fani o‘qituvchisi Fayziyev Odilning Informatika fanidan




Download 54,5 Kb.
Sana02.01.2020
Hajmi54,5 Kb.
#8231
. …………… O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Urgut tuman xalq ta’limi bo‘limi Urgut shahridagi 3-umumta’lim maktabning Informatika fani o‘qituvchisi Fayziyev Odilning Informatika fanidan “Kompyuter, uning qurilmalari va qo‘llanish sohalari.

Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.

Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.

TAYYORLAGAN BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI Urgut-2018 Darsning mavzusi: Kompyuter, uning qurilmalari va qo‘llanish sohalari. Darsning maqsadi: Kompyuter, uning qurilmalarining vazifasi undan foydalanish sohalari; Informatika fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligini ko‘rsatish; v) O‘quvchilarni mustaqillikka ijodiy izlanishga, erkin fikrlashga o‘rgatib borish;

Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.

Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.

g) Turli fan va kasblarga muhabbat uyg‘otish. O‘qituvchi bir hafta avval o‘quvchilarni dars mavzusi bilan tanishtirib, ularni turli fan o‘qituvchilari qilib belgilaydi. Darsda barcha jihozlar, kompyuter, uning qurilmalari tasviri tushirilgan plakatlar, boshqa kerakli ko‘rgazmalar oldindan tayyorlab qo‘yiladi. Informatika xonasidagi katta namoish stoli atrofida fan arboblari, mehmonlar (o‘quvchilar) o‘tirishadi. Har bir o‘quvchining ro‘parasiga uning ismi-sharifi hamda qaysi kasb egasi ekanligini bildiruvchi, ya’ni fizik, biolog, matematik, informatik, tarixchi, geograf, dasturchi, shifokor, bishqaruvchi kimyogar so‘zlari yozib qo‘yiladi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan salomlashib, davomatni aniqlaydi va sana hamda mavzuni yozuv taxtasiga yozib qo‘yadi. – Aziz o‘quvchilar! Bugungi “Matbuot – konferensiya darsi”mizga turli fan muallimlarini “Mehmonlar”ni taklif etganmiz. Siz ularga o‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin. Bugun sizlarni emas, “Mehmonlar”ni baholayman. Sababi, “Mehmonlar” quruq kelishmagan kompyuter va uning qurilmalarining vazifasi, ishlatilishi haqidagi turli fikrlarni darslik hamda qo‘shimcha adabiyotlardan izlab topib, ong tafakkuringizni yangi bilimlar bilan boyitish niyatidalar. Darsimizni boshqaruvchi olib boradi: Marhamat. Boshqaruvchi: – biz o‘tgan mashg‘ulotda axborot, uni o‘lchash, sanoq sistemalari haqida suhbatlashib, bu mavzular bilan tanishib chiqqan edik. Bugun XX asr mo‘jizasi, hayotimizni u siz tasavvur qilolmaydigan kompyuterlar haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz. Marhamat, bugungi mavzu bo‘yicha savollaringizni muttaxasislarga berishingiz mumkin. Shundan so‘ng o‘quvchilar savollarni bera boshlaydilar. 1-savol. Kompyuter qachon va qaterda yaratilgan. Umuman kishilar qachondan boshlab sanashni o‘rganganlar, hisoblash vositalarini yaratish ustida ish olib borganlar O‘quvchining bu savoliga tarixchi javob beradi. Tarixchi: - Insonlarning dastlabki hisoblash vositasi bo‘lib qo‘l va oyoq barmoqlari xizmat qilgan. Mazkur vosita yordamida biror hisoblash nari tursin, balki ikki yoki undan ortiq sonni qo‘shish ham juda mushkul edi. Shining uchun sun’iy hisoblash vositalari vujudga keldi. Birinchi hisoblash vositalari toshlar va tayoqchalardir, so‘ngra birka, abak, Neper tayoqchalari, rus cho‘tlari vujudga keldi. 1945 yilda AQSHdagi Pensilvaniya universitetida Muchli va Ekkert og‘irligi 70 tonnaga yaqin, 150 metr kvadrat xonani egallaydigan “ENIAK” deb nomlangan EHM ni yaratdilar. U elektron hisoblash mashinalar davrini boshlab berdi. 2-savol. Kompyuter qanday qurilma u qanday ishlaydi Fizik: – Kompyuterlar dastlab hisoblash uchun yaratilgan. Zamonaviy kompyuterlar esa faqat hisoblashni bajaribgina qolmay, juda katta imkoniyatlarga egadir. Har qanday kompyuter apparatli ta’minoti va asosiy hamda qo‘shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta’minlasa, qo‘shimcha qurilmalar kompyuter bilan ishlash imkoniyatini kengaytiradi. O‘qituvchi: – Mumkinmi, men ham o‘quvchilarga siz aytgan kompyuterning ayrim qurilmalarini tushuntirib, ko‘rsatib bersam. Asosiy qurilmalarga sistema bloki, monitor, klaviatura kiradi. qo‘shimcha qurilmalarga “sichqoncha”, printer, skaner, modem va boshqalar kiradi. Rasmli plakatdan yoki kompyuterning o‘zidan ko‘rsatib beradi. Boshqaruvchi: - Siz hozir kompyuterning qachon yaratilganligi va uning tuzilishi haqida bilib oldingiz. Yana savollar bormi 3-savol. – Zamonaviy kompyuterlarning yuqorida aytib o‘tilgan qurilmalari qanday vazifalarni bajaradi Informatik: - Bu savol menga tegishli bo‘lsa kerak. Sistema blokini asosiy xotira, protsessor va elektron sxema tashkil etadi. Asosiy xotira o‘z navbatita tezkor xotira qurilmasi va doimiy xotiradan iborat. Protsessor- kompyuterning asosiy qurilmasi bo‘lib arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi, barcha qurilmalar ishini boshqaradi. Klaviatura belgilarni kompyuterga kiritish, monitor malumotlarni tasvirlash vazifasini bajaradi. Kompyuterning NOTEBOOK turi kichik hajmga ega bo‘lib, unda prosessor klaviatura ostiga bekitilgan bo‘ladi. Monitor esa, klaviatura qopqog`i shaklida qilingan. Bu kompyuter kitobga o‘xshashdir. Masalan, SOLO S120 kompyuteri o‘lchami 51x300x224 mm va og‘irligi batareyalari bilan birga 3,5 kg. Bu kompyuter odatdagi kompyuter kabi ishlaydi. Printer-malumotni qog‘ozga chiqaruvchi qurilma. “Sichqoncha”-malumotni kiritilishini yengillashtiruvchi manipulyator. Modem-telefon tarmog‘i orqali boshsa kompyuter bilan malumot almashish imkonini beradi. Qattiq disk programma va malumotlarni doimo o‘zida saqlaydi. Elektron sxemalar (yoki kontrollerlar) kompeyuterga kiruvchi turli qurilmalar ishini boshqaradi. Disketalar malumotlarni bir kompyuterdan ikkinchisiga o‘tkazish va malumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Asosan 5,25 va 3,5 dyumli disketalardan foydalaniladi. 5,25 dyumli disketlar 180, 360 Kbayt va 1.2, 2 Mbayt. 3,5 dyumli disketlar hajmi 0.72, 1.44, 2 va 2.88 Mbayt. Hozirgi vaqtda maxsus lazerli CD-ROM disklardan ham foydalanilmoqda ularning hajmi 650 Mbaytgacha. Printer – malumotni qog‘ozga chiqaruvchi qurilma. Printerlarning ignali, siyohli va lazerli turlari mavjud. Ignali printerlar tezligi bir bet uchun 10 sekunddan 60 sekundgacha. Siyohli printer tezligi 1 bet uchun 15 dan 100 sekundgacha. Hozirgi kunda minutiga 15-40 betgacha chop etadigan lazerli printerlar bor. Joystik – tugmali harakatlanuvchi maxsus dastadan iborat qurilma, u asosan faqat o‘yin yoki mashq bajaruvchi dasturlarni boshqarishda ishlatiladi. Plotter – (grafyasagich) chizmalarni qog‘ozga chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilma. Sog‘ozga tasvirlanadigan chizmalar tushlangan pero bilan hosil qilinadi. Skaner – fotosurat, grafik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Strimer – vinchesterdagi eng zarur axborotlarni buzmasdan asrash uchun, uning nusxasini ko‘chirib zahirada saqlash uchun xizmat qiladigan qurilma. Strimer malumotlarni magnit tasmalarga juda tez ko‘chiradi. Magnit tasmalar sifatida audio yoki video tasmalar ishlatiladi. Modem – kompyuter signallarni telefon signallariga aylantiruvchi va aksincha telefon signallarni kompyuter signaliga aylantiruvchi maxsus qurilma. 4-savol. – Ayting-chi, kompyuterlardan qaysi sohalarda foydalanish mumkin Boshqaruvchi: – bu savolga mutaxasislar javob berishadi. Marhamat. Shifokor: - Tibbiyotda tashxis qoyishda ya’ni kasalliklarni aniqlashda foydalaniladi.

Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.

Hisobchi: - buxgalteriyada hisob-kitob ishlarini bajarishda faydalaniladi. Rassom: - rasmlar chizishda foydalanish mumkin. O‘quvchi: - dars tayyorlashda foydalanish mumkin. Biolog: - o‘simlik va hayvonlar haqida ma’lumot olish mumkin. O‘qituvchi: - Maylimi men ham shu javoblarni to‘ldirsam. Umuman, yuqorida aytib o‘tilganidek zamonaviy kompyuterlarning imkoniyati juda keng, undan istalgan kasb egasi foydalanishi mumkin. Hozirgi vaqtda matbuot nashrlari barchasi kompyuterda tayyorlanayapti, suratlar kompyuterda tayyorlanayapti, san’atkorlar kompyuter orqali kliplar tayyorlashayapti, qisqasi hayotimizning barcha jabhalarida kompyuter kirib bormoqda. Siz aziz o‘quvchilar ham kompyuterni chuqur o‘rganishingiz lozim. 5-savol. – Kompyuterda turli vazifalarni bajarish uchun nimalar kerak bo‘ladi Dasturchi: - Kompyuterda turli vazifalarni bajarish uchun shu vazifani bajara oladigan dasturlar kerak bo‘ladi. Bunday dasturlarni yaratish bo‘yicha hozirgi vaqtda AQSHdagi Microsoft firmasi oldingi o‘rinlarda turadi. Bu firma tomonidan yaratilgan dasturlar jahondagi barcha foydalanuvchilar tomonidan sotib olinib qo‘llanilmoqda. 6-savol. Kompyuterda masalalar qanday yechiladi Matematik: - Kompyuterda masala yechish uchun avvalo masalaning matematik modeli tuziladi, so‘ngra uni biror dasturlash tiliga yozib olinib kompyuterga kiritiladi va masalaning javobi olinadi. 7-savol. Zamonaviy kompyuterlarning oldin yaratilgan kompyuterlardan ustun va farqli tomonlarini ayting. Informatik: - Zamonaviy kompyuterlarning oldin yaratilgan kompyuterlardan ustun tomoni xotira hajmi katta, tezligi yuqori, imkoniyati kattaligidir. Boshqaruvchi: - yana kimda qanday savollar bor Savollaringiz bo‘lmasa, “mehmonlar”ga sizning nomingizdan minnatdorchilik bildiraman dars yakunida o‘qituvchi “mehmonlar” (o‘quvchilar)ga baho qo‘yadi va mavzuni mustahkamlab, yakunlash maqsadida informatsion texnologiyalar haqidagi multimedia dasturini qo‘yib beradi. Matbuot-konferentsiya darsi shu tarzda qiziq o‘tadi. Albatta, bunday darsda o‘quvchilar puxta tayyorlanishi kerak. Izlanish, o‘quvchiga ishonch, informatikani boshqa fanlarga uzviy bo‘g‘lay bilish fanga muhabbatni oshiradi.
Download 54,5 Kb.




Download 54,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Urgut tuman xalq ta’limi bo‘limi Urgut shahridagi 3-umumta’lim maktabning Informatika fani o‘qituvchisi Fayziyev Odilning Informatika fanidan

Download 54,5 Kb.