|
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Xorazm viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Xiva shahar Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 11-son o’rta ta’lim maktabining
|
bet | 3/4 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 18,45 Kb. | | #131672 |
Bog'liq Ichki energiya va ish” mavzusida yozgan bir soatlik ochiq dars i-fayllar.orgT/r
|
Kattalik
|
Formula
|
1
|
Modda miqdori
|
|
2
|
Konsentratsiya
|
|
3
|
Ideal gaz bosimi
|
|
4
|
Ideal gaz molekulasining o’rtacha kinetik energiyasi
|
|
5
|
O’rtacha kvadratik tezlik
|
|
Topshiriqni bajarganiga qarab guruhlar rag’batlantiriladi.
Yangi mavzu bayoni:
Ma’lumki, moddaning ichki energiyasi uni tashkil qilgan zarrachalar – atom va molekulalarning xaotik harakat o’rtacha kinetik energiyalari va o’zaro ta’sir potensial energiyalari yig’indisiga teng. Ideal gaz molekulalarining o’zaro ta’sirlashmasligini hisobga oladigan bo’lsak, ideal gazning ichki energiyasi gaz molekulalarining kinetik energiyalari yig’indisiga teng:
U=NEk .
Ideal gaz molekulasining o’rtacha kinetik energiyasi
Ek=(3/2)kT ekanligidan,
U=(3/2)NkT ifoda kelib chiqadi.
Termodinamik nuqtayi nazardan ichki energiya moddaning ichki holatiga bog’liq bo’lib, temperatura va hajmorqali aniqlanadi.
Porshenli silindrga gaz qamab, porshenni harakatlantirish orqali gazning bosimi, hajmi va haroratini o’zgartirish mumkin. Bunda gaz porshenga quyidagicha kuch bilan ta’sir etadi:
F=pS
Bunda gaz porshenni ko’tarishda quyidagicha ish bajaradi:
A=FΔh
A=pSΔh
SΔh=ΔV ekanligidan,
A=pΔV .
Gaz ichki energiyasi o’zgarishi hisobiga ish bajaradi.
U1=U2+pΔV.
Gaz kengayganda musbat ish bajaradi va uning ichki energiyasi kamayadi. Siqilganda esa u manfiy ish bajarib, ichki energiyasi ortadi.
Masala: Porshenining yuzi 10 sm2 bo’lgan silindrga gaz qamalgan. Silindr porsheniga 100 N kuch ta’sir etib, gaz hajmini 25 sm3 ga kamaytirdi.Kuch olinganda, gaz kengayib, dastlabki hajmiga qaytdi. Kuch olingandan so’ng siqilgan gaz qancha ish bajargan?
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Xorazm viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Xiva shahar Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 11-son o’rta ta’lim maktabining
|