• 2-bob. Tanlovni tashkil etish
  • nomzod – vakant lavozimga ishga kirish uchun Agentlikka elektron tarzda murojaat qilgan jismoniy shaxs; Respublika komissiyasi




    Download 87 Kb.
    bet2/7
    Sana29.11.2023
    Hajmi87 Kb.
    #107686
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Танлов тартиби (1)
    Kasb-talimi-pedagogikasi
    nomzod – vakant lavozimga ishga kirish uchun Agentlikka elektron tarzda murojaat qilgan jismoniy shaxs;
    Respublika komissiyasi – Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining nomzodlarni vakant lavozimlarga ishga qabul qilish boʻyicha tanlov komissiyasi;
    hududiy komissiya – Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmalarining nomzodlarni vakant lavozimlarga ishga qabul qilish boʻyicha tanlov komissiyasi;
    tanlov – mazkur Nizom talablari asosida oʻtkaziladigan, tashkilot oldiga qoʻyilgan vazifalarni samarali bajarish boʻyicha talablarga nomzodning oʻz bilimi, malakasi, kasbiy koʻnikmasi, shaxsiy-psixologik xususiyatlari bilan vakant lavozimga munosibligini aniqlashga qaratilgan nomzodni saralab olish jarayoni;
    tanlov komissiyasi – Respublika komissiyasi va hududiy komissiya.
    5. Tanlov mehnat qonunchiligi hamda mazkur Nizom talablariga asosan amalga oshiriladi.
    6. Tanlovda davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash huquqi qonunchilik bilan cheklanmagan va tegishli lavozimni egallash uchun malaka talablariga javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

    2-bob. Tanlovni tashkil etish
    7. Vakant lavozimlarga nomzodlarni ishga qabul qilish uchun tanlov oʻtkazish maqsadida Agentlikning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarida nomzodlarni vakant lavozimlarga ishga qabul qilish boʻyicha tanlov komissiyalari tuziladi.
    Bunda Respublika komissiyasi tarkibiga Agentlik rahbari, rahbarning muvofiqlashtiruvchi oʻrinbosari, kadrlar xizmati rahbari tanlov oʻtkaziladigan boʻsh lavozim mavjud tarkibiy boʻlinma rahbari kiritiladi. Mazkur komissiya Agentlik tarkibiy tuzilmalaridagi vakant lavozimlarga, Agentlikning hududiy boshqarmasi boshligʻi, uning oʻrinbosari va tuman (shahar) boshligʻi lavozimlariga nomzodlarni ishga qabul qilish uchun tanlov oʻtkazadi.
    Hududiy komissiya tarkibiga boshqarma boshligʻi, uning oʻrinbosari, Agentlikning hududiy boshqarmasi kadrlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassisi kiritiladi. Mazkur komissiya Agentlikning hududiy boshqarmalari (boshliq oʻrinbosaridan tashqari) va tuman (shahar) boʻlimlaridagi (hududiy boʻlim boshligʻidan tashqari) vakant lavozimga nomzodlarni ishga olish uchun tanlov oʻtkazadi.
    Zaruratga qarab tanlov komissiyalari tarkibiga tanlov oʻtkaziladigan boʻsh lavozimning xususiyatidan kelib chiqib, boshqa shaxslar ham kiritilishi mumkin.
    8. Respublika komissiyasi tomonidan tanlovni tashkil etish Agentlik markaziy apparati Inson resurslarini rivojlantirish boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu boʻlim boshligʻi tanlov komissiyasi masʼul kotibi hisoblanadi.
    Hududiy komissiyasi tomonidan tanlovni tashkil etish Agentlik hududiy boshqarmalarining Agentlikning hududiy boshqarma kadrlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassisi tomonidan amalga oshiriladi, ushbu xodim tanlov komissiyasi masʼul kotibi hisoblanadi.
    9. Tanlov komissiyasi tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va suhbat oʻtkazadi.
    10. Masʼul kotib tanlovni eʼlon qiladi, nomzodlardan hujjatlarni qabul qiladi, test va suhbat oʻtkazilishini tashkil etadi, nomzodlarni tanlov bosqichlarida ishtirok etadi, nomzodni uning ishga qabul qilinganligi yoki ishga qabul qilishni rad etilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
    11. Tanlov quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:

    Download 87 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    nomzod – vakant lavozimga ishga kirish uchun Agentlikka elektron tarzda murojaat qilgan jismoniy shaxs; Respublika komissiyasi

    Download 87 Kb.