|
REFERAT
Mavzu: Davlat apparati tushunchasi, davlat apparatini tashkil etish va faoliyatini amalga oshirish tamoyillari
|
bet | 21/29 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 121,89 Kb. | | #240136 | Turi | Referat |
Bog'liq O’zbekiston respublikasida davlat shaklining o’ziga xos xususiyaREFERAT
Mavzu: Davlat apparati tushunchasi, davlat apparatini tashkil etish va faoliyatini amalga oshirish tamoyillari
Bajardi: ______________________
Tekshirdi: ______________________
DAVLAT APPARATI TUSHUNCHASI, DAVLAT APPARATINI TASHKIL ETISH VA FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH TAMOYILLARI
Режа:
Давлат бошқарув аппарати тушунчаси.
Давлат ҳокимияти ва бошқарувини демократлаштириш жараёнлари
Парламентаризм ва парламент назорати
Har qanday davlat apparati – bu uning idoralarining mexanik birlashmasi emas, balki aniq tashkil etilgan, qat’iy tartibga solingan, yaxlit tizim.
Bu tizimning omillari quyidagilar: davlat idora va tashkilotlarining iqtisodiy asosi umumiyligi; davlat idoralari, tashkilot va muassasalarining siyosiy asosi yagonaligi; davlat idoralari – davlat apparati tarkibiy qismlarining qurilishi va faoliyat yuritishining umumiy tamoyillari mavjudligi; davlat idora va tashkilotlari oldidagi pirovard maqsad va vaziflarning umumiyligi; davlat apparati barcha bo‘g‘inlarining yagona tashkiliy. moliyaviy va zarurat tug‘ilganda majburiy vositalar bilan ta’minlanishi, ular faoliyatining umumiy tarzda siyosiy yo‘nalishga va butun jamiyat, hukmron sinf yoki sinflar, ayrim ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifoda etishga qaratilishi.
Davlat boshqaruv idoralari tarkibiy tuzilishi – bu uni tashkil etadigan bo‘g‘inlarning ichki qurilishi, joylashish tartibi, o‘zaro munosabatlaridir.
Zamonaviy davlat apparatining eng muhim xususiyatli
tizimlari quyidagilar:
Davlat idoralari davlat hokimiyatini ijro etish va davlat boshqaruv vazifalarini amalga oshirish uchun tashkil qilinadi.
Ular davlat-boshqaruv faoliyatining ijtimoiy maqsadi asosan quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan:
me’yoriy hujjatlar, odamlarning xatti-harakat qoidalarini qabul qilish bilan bog‘liq muvofiqlashtirish vazifasi; qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlaydigan tashkilotchilik vazifasi;
huquq-tartibot, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilishdan iborat muhofaza vazifasi.
Konstitutsiyaning 100-moddasida yozilganidek, mahalliy hokimiyat idoralari vakolatiga quyidagilar kiradi:
qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash;
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish masalalari;
mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish;
mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik qilish;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash;
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Davlat organlarining ko‘rinishlari, tasnif mezonlariga bog‘liq holda, quyidagicha taqsimlanishi mumkin:
hokimiyatlarning bo‘linish tamoyili bo‘yicha: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari;
|
hududiy miqyosi bo‘yicha: mintaqaviy (hududiy), mahalliy hokimiyatlar;
|
davlat faoliyati ko‘rinishi bo‘yicha: fuqarolik, harbiy, huquq-tartibot, maxsus ixtisoslashgan hokimiyatlar;
|
tashkiliy-huquqiy me’yorlarga bo‘yicha: jamoaviy, yakkatartibdagi hokimiyatlar;
|
ta’lim tartibi bo‘yicha: qonuniy va noqonuniy hokimiyatlar;
|
davlat boshqaruv vazifalarini amalga oshirish shakl va usullari bo‘yicha: siyosiy, ma’muriy, xazinani boshqaruvchi, kuch ishlatuvchi, iqtisodiy, moliyaviy, jazo, nazorat-kuzatuv, maslahat, muvofiqlashtiruvchi hokimiyatlar;
|
yuklatilgan vakolatlarni bajarish xususiyatlari bo‘yicha: hokimiyat-boshqaruv, yordamchi hokimiyatlar;
|
qaror qabul qilish shakli bo‘yicha: kollegial, yakka-tartibdagi hokimiyatlar.
|
Muayyan darajadagi idoralarning tuzilishi va turi davlat qurilish shakliga bog‘liq ravishda va boshqaruv shakliga muvofiq o‘rnatiladi.
Davlat organi tuzilmasi deganda uning ichki qurilishi, uni tashkil etuvchi bo‘g‘in va tarkibiy bo‘linmalarning joylashuv tartibi, ularning o‘zaro munosabatlari, bajariladigan vaziflarga bo‘ysunishi hamda ushbu organning umumiy vakolati va tasarrufidagi soha yoki hududdan kelib chiqadigan vakolatlari hajmi tushuniladi
1. Demokratiya, plyuralizm va ko‘ppartiyaviylik tamoyillari asosida, shuningdek, tashqi siyosiy muassasalar va shunga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimi asosida yangi siyosiy tizim rivojining huquqiy va institutsional negizini yaratish.
2. Demokratiya tamoyillarini mustahkamlash, xalq hokimiyatini ta’minlovchi tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni rivojlantirish.
3. Milliy davlatchilik asoslarini o‘rnatish (hokimiyatni qonunchilik, ijro va sud hokimiyatlariga ajratish). Prezidentlik hokimiyatini mustahkamlash va rivojlantirish. Huquqiy davlat negizlarini shakllantirish.
4. Respublikada barcha fuqarolar teng huquqliligi va milliy yakdillik asosida milliy tafakkurning rivojlanishini ta’minlash.
5. Yakka mafkura hukmronligidan voz kechish.
6. Ko‘ppartiyaviylik tizimini shakllantirish.
7. Ijtimoiy-siyosiy qurilishlarni rivojlantirish va ularning tamoyillari, qonun-qoidalarini xohish-irodani erkin izhor etish, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, shuningdek, ularning jamiyatni va davlatni boshqarishda teng ishtirok etishlari, asosiy davlat organlarining saylab qo‘yilishi, ularning o‘z saylovchilari oldida hisobdorligi, saylovoldi muassasalarida tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat organlarining hisobdorligini va hokazolarni o‘zlashtirish.
8. Boshqaruv vazifalarini belgilashda jamoatchilik boshqaruv organlariga ustuvorlik beriladigan fuqarolik jamiyati asoslarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish.
9. Fuqarolarning siyosiy jarayonlarda, xususan, siyosiy partiyalar, birlashmalar, kasaba uyushmalari, yoshlar tashkilotlari va hokazolarda ishtirok etishlari uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish. Partiya fraksiyalarining Oliy Majlisdagi faoliyatlarini qonuniylashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi nomidan ish ko‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir. Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi. Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi.
Birinchidan, O‘zbekistonning hozirgi bosqichdagi iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarining kirib kelayotgan islohot modeliga bo‘lgan ishonchning tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.
Ikkinchidan, O‘zbekiston islohotlashtirish bosqichi, yangilanish jarayonlarini davom ettirib, dunyo hamjamiyatining teng huquqli hamda faol a’zosi bo‘ldi. Bugungi kunda respublika o‘z ovoziga ega bo‘lib, uning taklif va mulohozalari dunyo hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Uchinchidan, dunyodagi ko‘pgina yetakchi davlatlar bilan rasmiy diplomatik aloqalar o‘rnatilgan. O‘zbekiston 129 mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan.
To‘rtinchidan, O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha umumjahon deklaratsiyasi va xalqaro demokratik institutlarning asosiy xujjatlarini qo‘llab-quvvatladi va qabul qildi.
Beshinchidan, MDHdagi bir qancha davlatlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy va iqtisodiy islohotlarning samaradorligini e’tirof etib bizning tajribamizni o‘rganmoqda.
Oliy Majlisga birinchi saylovlar 1994 yil 25 dekabrda ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida o‘tdi. 250 ta deputatlik mandati uchun 634 nafar nomzod kurash boshladi, shundan 139 saylov okrugida uchtadan
nomzod, 106 okrugda — 2 tadan nomzod kurash olib borgan bo‘lsa, faqat 5 ta okrugdangina 1 tadan nomzod ko‘rsatilgan edi. Saylovchilar o‘zlarining eng yaxshi vakillarini saylashlari uchun barcha saylov huquqlari muhayyo qilingan edi. Saylovlarda 10 million 526 ming 654 nafar saylovchi, ya’ni umumiy saylov huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning 93,6 foizi ishtirok qildi.
Saylangan deputatlar 15 millatga mansub bo‘lib, shulardan 208 nafari yoki 83,2 foizi oliy davlat vakillik organlariga birinchi bor saylanishi edi. Oliy Majlisga xotin-qizlardan 15 nafari saylangan, har yettinchi deputat ilmiy daraja yoki unvonga ega edi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
REFERAT
Mavzu: Davlat apparati tushunchasi, davlat apparatini tashkil etish va faoliyatini amalga oshirish tamoyillari
|