|
Go‘shtni qayta ishlash korxonalarida xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaBog'liq Mustaqil ishGo‘shtni qayta ishlash korxonalarida xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va
shaxsiy gigiyena qoidalariga qo‘yiladigan talablar
61. Go‘shtni qayta ishlash korxonalari xodimlari Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan
o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida tibbiy
ko‘rik va tekshiruvlardan o‘tishlari lozim.
62. Go‘shtni qayta ishlash korxonalarining har bir xodimi shaxsiy gigiyena
qoidalariga rioya qilishi, ish joyida texnologik va sanitariya talablariga qat’iy rioya etishi
lozim.
63. Go‘shtni qayta ishlash korxonalari hududiga kirishda xodimlar quyidagi
sanitariya talablariga rioya qilishlari zarur:
ishlab chiqarish binosiga kirishdan oldin toza sanitariya kiyimlarni kiyish, bunda
sanitariya kiyimlari to‘liq yopiq holatda, sochlar ro‘mol yoki qalpoq bilan berkitilishi, maxsus
poyafzallarni kiyilishi;
hojatxonaga kirishdan oldin maxsus kiyim yechilishi.
64. Go‘shtni qayta ishlash korxonalari xodimlari quyidagi qo‘llarni yuvish va
dezinfeksiya qilish talablariga rioya qilishlari lozim:
ish boshlashdan oldin;
ishdagi har bir tanaffusdan keyin;
bir jarayondan ikk
inchisiga o‘tishda;
ifloslangan narsalar bilan aloqadan keyin;
hojatxonadan keyin ikki marta;
maxsus kiyim kiyishdan oldin va ish joyida (ish boshlashdan oldin).
65. Ish joyidagi gigiyena talablari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarish chiqindilarini maxsus konteynerlarga muntazam ravishda tashlash;
ish jihozlarini toza tutish;
ayni paytda foydalanilmayotgan buyumlar va asboblarni yig‘ishtirib qo‘yish.
Qadoqlash materiallari qadoqlash joyida, bir smenadagi ehtiyojdan ko‘p bo‘lmagan
miqdorda, qat’iy belgilangan tartibda maxsus tagliklarda saqlanishi kerak.
Tozalash inventarlarini (cho‘tkalar, shvabralar) polda yoki texnologik jihozlarda
qoldirish mumkin emas.
Ishlab chiqarish sexlari va maishiy xonalarda birinchi tibbiy yordam to‘plamlari
bo‘lishi kerak. Birinchi tibbiy yordam to‘plamlarida o‘tkir hidli dori-darmon vositalari
saqlanishi mumkin emas.
|
| |