• Texnologik jarayon, uskuna va anjomlarga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari
  • O’zbekiston respublikasida go‘sht va go‘sht mahsulotlarini




    Download 341,6 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana24.05.2024
    Hajmi341,6 Kb.
    #253026
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mustaqil ish

    Umumiy qoidalar
    Ushbu sanitariya qoidalarida quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: 
    go‘sht — suyak to‘qimasi qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan holda mushak, yog‘, 
    biriktiruvchi to‘qimalarning majmuidan tashkil topgan tana go‘shti yoki tana go‘shtining bir 
    qismi ko‘rinishidagi so‘yish mahsuloti; 
    go‘sht mahsulotlari — qiymalangan, qaynatilgan, yarim dudlangan, qaynatilgan-
    dudlangan, pishloqli va dudlangan, o‘pka-jigarli va qonli kolbasalar, go‘shtli nonlar, 
    sosiskalar, sardelkalar, pashtetlar, shuningdek, cho‘chqa, qoramol, qo‘y, parranda va 
    boshqa so‘yiladigan hayvonlar go‘shtlardan tayyorlangan boshqa mahsulotlar.
    Go‘shtni qayta ishlash korxonalarining sanitariya himoya mintaqasi SanQvaN 
    0350-17-
    son “O‘zbekiston Respublikasi aholi turar-joy atmosfera havosini muhofaza qilish 
    sanitariya qoidalari va normalari”ning 6.1.8-bandiga muvofiq belgilanadi. 
    Go‘shtni qayta ishlash korxonalarining kirish va chiqish joylarida dezinfeksiyali 
    gilamchalar 
    to‘shalishi, 
    shuningdek 
    nobarqaror 
    epizootik 
    vaziyatlarda 
    esa 
    dezinfeksiyalovchi eritma bilan to‘ldirilgan maxsus dezinfeksiyali to‘siqlar ham tashkil 
    etilishi lozim.
    Texnologik jarayon, uskuna va anjomlarga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena 
    talablari 
    Go‘shtni qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish va saqlash joylariga 
    hasharotlar va kemiruvchilar kirishini oldini olish choralari (eshik panjaralari, maxsus 
    tuynuklar, ventilatsiya tizimi teshiklari yopiq holatda bo‘lishi) ko‘rilishi kerak.
    Go‘shtni qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish binolari qo‘l yuvish uchun 
    sovun, cho‘tka, dezinfeksiyalovchi eritma, bir martalik sochiq yoki boshqa quritish 
    moslamalari bilan jihozlanishi lozim. 
    Go‘shtni qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish binolaridagi javonlarning 
    sirtlari silliq, yoriqlar va boshqa nuqsonlarsiz bo‘lishi kerak. Xom ashyoni qabul qilish 
    stollarida ul
    arni erga tushib ketishini oldini oluvchi to‘siqlar bo‘lishi lozim. 
    Go‘shtni suyakdan ajratish va kesish uchun qattiq yog‘ochdan tayyorlangan 
    maxsus taxtakachlardan foydalanilishi lozim.


    Go‘shtni qayta ishlash korxonalarida kichik buyumlarni (pichoqlar, pichoq uchun 
    charx va boshqalar) sterilizatsiya jihozlarida sterilizatsiya qilish, katta inventarlarni esa 
    yuvish va dezinfeksiya qilish sovuq va issiq suvli vannalarda amalga oshirish lozim. 
    Go‘shtni qayta ishlash korxonalaridagi har bir turdagi mahsulot uchun quyida 
    ko‘rsatilgan alohida sovutish rejimiga rioya qilinishi kerak: 
    cho‘chqa go‘shti (mushaklarining qalinligi ham inobatga olinadi) — 10

    haroratga 
    yetguncha muzlatilishi, so‘ngra kamerada — 12

    haroratda 10 kun davomida yoki 
    — 13

    haroratda 4 
    kun ushlab turilishi lozim. Mushaklar harorati chanoq son bo‘g‘imida 7 — 10 
    sm chuqurlikda o‘lchanishi kerak. 
    Boshqa go‘sht mahsulotlari (mol, qo‘y, ot, parranda va boshqalar) — 12

    haroratda muzlatilishi yoki 
    — 6

    haroratdagi saqlash kameralarida kamida 24 soat ushlab 
    turilishi lozim. 
    Kolbasa yoki go‘sht konservalari ishlab chiqarishning texnologik jarayonida 
    uskunalardan ajralib chiqadigan issiqlik natijasida go‘sht mahsuloti buzilmasligi uchun muz 
    yordamida sovutib turilishi kerak. 
    Cho‘chqa go‘shtini qayta ishlashga mo‘ljallangan kuydiruvchi pechlarning ishchi 
    hududi havosidagi uglerod oksidining ruxsat etilgan maksimal miqdori 20 mg/m
    3
    bo‘lishi 
    lozim.
    Ishchi hududdagi pechlarning tashqi yuzalarning maksimal harorati +45

    bo‘lishi 
    kerak. Agar bu haroratni ta’minlash imkoni bo‘lmasa, u holda ishchi hudud 600 kkal/m
    2
    va 
    undan yuqori zichlikdagi issiqlik nurlanishiga ega bo‘lgan havo purkagich va mahalliy 
    ventilatsiya tizimi bilan ta’minlanishi lozim.
    Korxonalarda hayvonlar sub mahsulotlarining har bir turi (ichak-chovoq, kalla-
    poycha, jigar, suyak, ichki yog‘lar, teri va boshqalar) alohida joyda saqlanishi lozim. 
    Ish joylariga sovuq va issiq suv yetkazib berish, ishlov berish vaqtiga qat’iy rioya 
    qilish hamda chiqindilarni marki
    rovkalangan idishlarda yig‘ish talab etiladi. 
    Chorva mollarining sub mahsulotlari birlamchi qayta ishlash sexidan o‘tkazilib, suv 
    o‘tkazmaydigan konteynerlarga qiya qilib joylashtirilishi lozim. 
    Ichaklarni alohida qismlarga ajratish maxsus statsionar stolda yoki konveyerda 
    amalga oshirilishi lozim. 
    Yog‘ini eritish mo‘ljallangan suyaklar alohida xonada maydalanishi lozim. Ozuqa 
    yog‘larini ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa jarayonlar bitta xonada bajarilishi mumkin. 
    Yog‘ eritish sexlari har kuni tozalanishi, ishqoriy eritmalar bilan yuvilishi, yog‘ 
    uchun mo‘ljallangan barcha quvurlar bug‘ yordamida sterilizatsiya qilinishi lozim.
    Go‘shtni qayta ishlash korxonalarida xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni 
    tashish yo‘llari bir-biri bilan kesishmasligi uchun quyida ko‘rsatilgan ishlar alohida sexlarda 
    (yoki xonalarda) bajarilishi kerak: 
    go‘shtni tozalash (suv chiqarish uchun ariq o‘rnatilishi);
    qonli (liver) kolbasalarni ishlab chiqarishda hom ashyoni muzdan tozalash va 
    yuvish (muzdan tozalash ka
    merasida go‘sht eritilishi va go‘shtni tozalash xonasida 
    yuvilishi);
    kolbasa va ruletlar uchun ishlatiladigan qobiqlarni tayyorlash; 
    unni qabul qilish, saqlash va elakdan o‘tkazish; 
    ziravorlar, soya oqsili, sut kukuni va boshqa tarkibiy qismlarni tayyorlash va 
    qadoqlash; 
    tuz, ziravorlar, kraxmal, soya oqsili, quruq sut kukuni va boshqa tarkibiy qismlarni 
    vaqtincha saqlash (ishlab chiqarish korxonasida shkaflar, qutilarda saqlashga ruxsat 
    beriladi). 
    Kolbasalar va konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish alohida xonalarda yoki 
    alohida smenada amalga oshiriladi. Xom ashyoni qayta ishlagandan keyin binolar, 
    texnologik jihozlar, inventarlar, idishlar yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim. 


    Go‘shtni qayta ishlash korxonalarining sexlari va binolarida xavf-xatarni (infeksiya 
    tarqalishi, oziqa mahsulotlariga patogen mikroblarning tushishi) oldini olish maqsadida 
    quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim:
    idishlarni qayta yuvish, sterilizatsiya qilish va quritish uchun qurilmalar;
    yuvish uskunalari, issiq va sovuq s
    uvli qo‘l yuvish uchun rakovinalar;
    qo‘lni dezinfeksiyalovchi vositalar
    qo‘lni quritish vositalari; 
    asbob-anjomlarni sterilizatsiya qilish uchun sterilizatorlar; 
    yordamchi materiallarni, tozalash uskunalarini, yuvish va dezinfeksiyalash 
    vositalarini saqlash uchun shkaflar.
    Binolar va sexlarni dezinfeksiya qilishda foydalaniladigan eritmalar havo 
    almashinadigan xonada (joyda) tayyorlanishi kerak. 

    Download 341,6 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 341,6 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasida go‘sht va go‘sht mahsulotlarini

    Download 341,6 Kb.
    Pdf ko'rish