Международныйнаучныйжурнал
№
5
(100),
часть
2
«
Научный
импульс
»
Декабрь
, 2022
1756
“Pul-kredit siyosati” atamasi odatda davlatning Markaziy banki yoki Markaziy bankga
mos keladigan funksiyalarni bajaradigan tuzilma faoliyati doirasida ko’rib chiqiladi. AQShlik,
yaponiyalik va yevropalik iqtisodchi olimlar tomonidan nashr etilgan darsliklar, chop etilgan
ilmiy maqolalarda “monetar siyosat” (monetary policy) tushunchasidan foydalaniladi.
Masalan, taniqli iqtisodchi olim, AQSh FZT Prezidenti Bemanke (2003) o‘zining ilmiy-
tadqiqot ishlarida va ilmiy maqolalarida faqat “monetar siyosat”
tushunchasidan
foydalangan Miller va D.Van-Xuzning(2009) fikriga ko‘ra, monetar siyosatning quyidagi ikki
strategik maqsadini aytib o’tdi:
tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishning yuqori va barqaror darajasini ta’minlash;
inflyatsiyaning past va barqaror darajada bo’lishiga erishish.
Yana bir guruh iqtisodchi olimlar e’tirof etadilarki, Markaziy bankning monetar siyosat
yordamida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishning yuqori va barqaror darajasini
ta’minlashi ishsizlik darajasini pasaytirish imkonini berib, bu esa,
Hukumat iqtisodiy
siyosatining strategik maqsadilaridan biri bo‘lgan ishsizlikning past va barqaror darjasini
ta’minlash maqsadiga mos keladi.
Namozov (2018) monetar siyosatning strategik maqsadlari sifatida moliyaviy va
iqtisodiy
barqarorlik, iqtisodiy o‘sish va to’lov balansida barqarorligini ko‘rsatadi deb
ta’kidlaydi. Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo‘lib, o‘z ichiga markaziy (emission) bank
va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi. Markaziy bank
boshchiligida hamda keng tarmoqli mustaqil tijoratda va xususiy banklar ikki bosqichli bank
tizimini yaratish asosiy yo‘nalishlardan hisoblanadi. Davlat banki mamlakat pul-kredit
tizimini markazlashtirilgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona
pul-kredit siyosatini
amalga oshiradi.
Mamlakatimizning pul-kredit sohasiga oid bir qancha qonun hujjatlari qabul qilingan,
ularning bazilarini ko’rib chiqamiz. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki
to‘g‘risidagi qonunda (Qonun-582-son,2019) Markaziy bank monetar siyosatining strategik
maqsadi sifatida milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash ekanligi aytib o’tilgan. Biroq,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (PF-5296, 2018) 9-yanvardagi “O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari
to‘g‘risida”gi farmonida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
faoliyatining strategik
maqsadlari qilib, quyidagilar belgilanib olingan:
narxlar barqarorligini doim ta’minlab borish;
bank tizimi barqarorligi asosida rivojlanishini ta’minlash borish;
to‘lov tizimi barqarorligi asosida rivojlanishini ta’minlash kabilardir.