meyoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shartsharoitlar yaratildi. Buning uchun davlat
tomonidan qo„shimcha ravishda 65 milliard so„m mablag„ sarf qilindi.
Birinchi bosqich – 2001–2005-yillarni o„z ichiga Ta‟lim tizimi O„zbekiston
Respublikasining «Ta‟lim to„g„risida»gi qonuni asosida maktabgacha ta‟lim, umumiy
o„rta, o„rta maxsus ta‟lim, oliy ta‟lim, oliy ta‟limdan keyingi ta‟lim, malaka oshirish va
kadrlarni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta‟lim shakllaridan iborat. Xalq ta‟limi
vazirligi OTM, Maktabgacha ta‟lim muassasalari, Malaka oshirish institutlari Umumiy
ta‟lim maktablari Maktabdan tashqari ta‟lim muassasalari, milliy dastur keng miqyosda
joriy etildi.
Ikkinchi bosqich – 2005-yildan bugungi kungacha. Bu bosqichda Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi natijasida erishilgan natijalar, to„plangan
tajribalar
umumlashtirilib, shu asosda yurtimizda ta‟lim tizimi takomillashtirilib borildi.
2009 - yildan boshlab, yurtimizda to„liq 12 yillik majburiy ta‟lim joriy etildi. “Ta‟lim
to„g„risida” gi qonun asosidagi ta‟lim shakllari yillik umumiy o„rta ta‟lim savodxonlik
asoslarini, umumiy o„rta ta‟lim olish uchun zarur bo„lgan bilim va ko„nikmalarni
shakllantirishga qaratilgan. Bolalar birinchi sinfga 6-7 yoshdan qabul qilinadi. Umumiy
o„rta ta‟lim kerakli bilimlar hajmiga asos soladi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik
qobiliyatlari va amaliy tajriba ko„nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki kasbiy yo„nalish va
navbatdagi ta‟lim bosqichini tanlashga zamin yaratadi. Birinchi Prezident
I.A.Karimovning 2004-yildagi farmoni asosida 2004–2009-yillarda maktab ta‟limini
rivojlantirish davlat umummilliy dasturi qabul qilindi. Dastur doirasida yangi maktablar
qurildi, boshqalari kapital ta‟mirlandi; aniq va tabiiy fanlardan o„quv
laboratoriyalar
zarur uskunalar bilan jihozlandi. Umumiy o„rta, umuman, ta‟limning barcha
bosqichlarida yangi o„quv dasturlari, davlat ta‟lim standartlari yaratildi. Maktab
darsliklari tamomila yangilandi hamda fan va amaliyot yutuqlari bilan boyitish bo„yicha
takomillashtirib borildi. Multimedia o„quv adabiyotlari ham yaratilishi yo„lga qo„yildi.
Respublikada 10 mingga yaqin maktablar ishlab turibdi. Ularning moddiy-texnika
ta‟minoti ham davlat hisobidan amalga oshiriladi. O„rta-maxsus, kasb-hunar ta‟lim
tizimining tashkil etilishi. O„zbekiston Respublikasining «Ta‟lim to„g„risida»gi qonuniga
muvofiq umumiy O„z R ta‟lim turlari:
Oliy ta‟lim
O„rta maxsus kasb hunar ta‟limi
Umumiy o„rta ta‟lim
Maktabgacha ta‟lim
Maktabdan tashqari ta‟lim
Oliy ta‟limdan keyingi ta‟lim
Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
Bu yangi ta‟lim tizimiga bosqichma-bosqich o„tildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 1-
bosqichi (1997–2001) doirasida amalga oshirildi. Shu davr mobaynida 300 ga yaqin
yangi turdagi ta‟lim muassasalari ochildi. Oliy o„quv yurtlari qoshida 46 ta litsey tashkil
etildi, 800 ga yaqin o„quvchi chet ellarda ta‟lim oldi, ko„pgina o„qituvchilar xorijiy
davlatlarning ilg„or tajribalarini o„rganish maqsadida chet mamlakatlarga borib qaytdi.
O„rta maxsus ta‟lim
sohasida viloyatlarda, joylarda biznes maktabi, kichik va o„rta
maktab uchun kasb-hunar kurslarining ochilishi, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib
chiqqan holda, yangi mutaxassislik (fermer, soliq va bojxona xodimi, audit va hokazo)
lar kiritildi.Unga binoan, yurtimizda 1997-yildan boshlab hozirga qadar 1400 dan ortiq
kasb-hunar kolleji, 200 ga yaqin akademik litsey bunyod etildi. Ular sohalar bo„yicha
mutasaddi tashkilotlar va oliy ta‟lim muassasalariga ham biriktirilishi tufayli bu
bosqichda o„quv jarayoni
samarali tashkil etilib, kollej bitiruvchilarini ish bilan
ta‟minlanishiga e‟tibor qaratilganiga qaramay, bu borada qoniqarli natijaga erishilmadi.
2017-yilgi islohotlar.
2017-yil umumta‟lim va o„rta maxsus kasb-hunar ta‟limi tizimida tub islohotlar yili
bo„ldi. Xalq qabulxonalari va Prezidentning virtual qabulxonasiga tushgan taklif va
mulohazalar, shuningdek, respublika maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari
o„rtasida o„tkazilgan so„rovnoma natijalaridan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoev
tashabbusi bilan 9+3, ya‟ni 12-yillik majburiy ta‟limdan 11-yillik ta‟limga qaytildi. 2017-
yilning o„zida 10-sinf o„quvchilari uchun 9 mln. nusxa darsliklar chop etildi va 10
mingga yaqin umumta‟lim maktabida 11-yillik ta‟limga o„tilgan holda o„qitish tizimi
yo„lga qo„yildi. 1998-2016 yillarda O„zbekistonda bunyod etilgan o„rta maxsus, kasb-
hunar ta‟limi muassasalari. 11 yillik ta‟limga o„tish bo„yicha so„rovnoma
natijasi
otaonalarning 70 foizidan ortiq qismi 11 yillik ta‟lim qayta tashkil etilishi tarafdori
ekanini ko„rsatdi. 143 ta 1412 ta 28 ta Kasb-hunar kollejining fi liallari Kasb-hunar
kolleji Akademik litsey 75 Maktabgacha ta‟lim tizimi uzluksiz ta‟limning birlamchi, eng
asosiy bo„g„inidir. Maktabgacha taʼlim, 6–7 yoshgacha oilada, bolalar bog„chasida va
boshqa taʼlim muassasalarida olib boriladi.
Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko„ra, inson o„z umri davomida oladigan
barcha axborot va ma‟lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo„lgan davrda oladi. Shu bois,
bolalarning sog„lom va bilimli, yetuk kadrlar bo„lib voyaga yetishida bog„cha tarbiyasi
juda muhim o„rin tutadi. Maktabgacha ta‟lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-
texnika
bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta‟lim muassasalari tarmog„ini
kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta‟minlash maqsadida O„zbekiston
Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017-yil 30-sentabrda «Maktabgacha ta‟lim tizimini
boshqarishni takomillashtirish to„g„risida»gi farmonni imzoladi. Unga ko„ra,
Maktabgacha ta‟lim vazirligi tashkil etildi. Yangi vazirlik tizimiga Qoraqalpog„iston
maktabgacha ta‟lim vazirligi, Toshkent shahri maktabgacha ta‟lim bosh boshqarmasi,
viloyatlarning maktabgacha ta‟lim boshqarmalari va ularning shahar va tumanlardagi
bo„limlari kiradi.