O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasiga muvofiq 2017-yil kimyo sanoati sohasida qator o'zgarishlar amalga oshirildi




Download 1,56 Mb.
bet1/11
Sana02.06.2024
Hajmi1,56 Mb.
#259343
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi ramka







Mundarija

Kirish...............................................................................................................2


I. NAZARIY QISM.........................................................................................5
1.1. Ishqorlarning qo'llanishi…………………………………………………5
1.2. Ishqorning fizik kimyoviy xossalari……………………………………..7
1.3.Natriy gidroksid ishlab chiqarish usullari………………………………..10
II. TEXNOLOGIK HISOBLAR......................................................................18
2.1. Xom ashyo va tayyor mahsulot tavsifi......................................................18
2.2. NaOH ishlab chiqarishning texnologik yozuvi.........................................23
2.3. Asosiy apparat haqida umumiy ma'lumot.................................................25
2.4. Moddiy balans hisobi................................................................................27
2.5. Issiqlik balansi hisobi................................................................................28
III. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI………………………………..…34 3.1.Texnika xavfsizligi.....................................................................................36 3.2.Atrof muhit muhofazasi..............................................................................40
Xulosa..........................................................................................................43
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati………………………………………..44


KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017- yilning 28-dekabr kuni kimyo sanoati korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy holati va sohani rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.


O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasiga muvofiq 2017-yil kimyo sanoati sohasida qator o'zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi "O'zkimyosanoat” AJ boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga asosan mazkur aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi a'zolari to'liq yangidan tayinlanib, kimyo sanoati tarmoqlari va boshqaruv apparati tuzilmalari qaytadan shakllantirildi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 23-avgustdagi qarori asosida 2017-2021- yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Unda umumiy qiymati 3,1 milliard dollarga teng 43 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, sanoat mahsulotlari hajmini 2,4 marta, eksportni 2,7 barobar oshirish, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushini 42,5 foizga yetkazish hamda 43 ta yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni o'zlashtirish, 3,2 mingdan ziyod yangi ish o'rinlari yaratish ko'zda tutilgan. Tarmoqning eksport-import faoliyatini tartibga solish, tashqi savdo jarayonlari shaffofligini ta'minlash, eng asosiysi, tashqi bozorlarda kimyo mahsulotlarini sotish hajmini va geografiyasini kengaytirish, raqobatbardoshligi va jozibadorligini yanada oshirishni ta'minlash maqsadida "O'zkimyoimpeks" ga asos solindi. [1]
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga mosligini ta'minlash masalasi barcha korxonalarda ham hal etilgan, deb bo'lmaydi. Bu kamchilik, ayniqsa, biz uchun o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lgan yengil sanoat, farmatsevtika va qurilish materiallari sanoati kabi iste'mol tovarlari ishlab chiqariladigan tarmoqlarga tegishlidir.
Mamlakatimizda yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish borasida ham ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjud. Biz ishlab chiqarishni yangilash va modernizatsiya qilish uchun katta mablag, sarflaymiz, ko'p miqdordagi xorijiy investitsiyalarni jalb etamiz
Mamlakatimiz korxonalarida qishloq xo'jaligi xomashyosini qayta ishlash darajasini tanqidiy tahlil qilish va uni rivojlantirish bo'yicha mavjud resurs va imkoniyatlarni aniqlash hamda sanoatning qayta ishlash tarmoqlarini jadal rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan istemol tovarlari turlarini ko'paytirish va sifatini yaxshilash, buning uchun qo'shimcha imtiyozlarni ko'zda tutadigan maxsus qaror qabul qilish kerak.
Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida yillik xlor ishlab chiqarish 25 mln tonnadan ortadi. Uni ishlab chiqarish uchun 70 mlyard kvt- soatdan ortiq elektr energiya sarflanadi. Elektrokimyoviy ishlab chiqarish sanoatda xlor ishlab chiqarish hajmi bo'yicha eng yirik ishlab chiqarishlardan biri shisoblanadi.
Xlor ishlab chiqarish sanoatda 1785-yildan boshlangan. Birinchi bilib xlorni osh tuziga va pirolyuzitga sulfat kislota tasir ettirib olingan. Keyinchalik Veldon usulida soda ishlab chiqarishdagi chiqindi shisoblangan xlorid kislotadan olgan. 1870- yilda Dikon usulida 400-500°C mis katalizatori ishtirokida gaz sholatidagi vodorod xloridni shavo kislorodi bilan oksidlab olishga asoslangan. Shu usulda xlorni kuchli suyultirilgan azot bilan sham olish mumkin.
Elektrokimyoviy usulda xlor olish osh tuzi suvli eritmasini elektroliziga asoslangan. Umumiy ko'rinishda reaksiya quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
2 NaCl + 2H2O- Cl₂+ NaOH + H₂
Elektroliz natijasida xlordan tashqari NaOH (kaustik soda) va vodorod sham hosil bo'ladi. Bu mashsulotlar sham kimyo va boshqa sanoat soshalari uchun qimmatbaho xom ashyo shisoblanadi.
Zamonaviy sanoatda elektrolitik usulda xlor va kaustik soda ishlab chiqarish ikki xil elektroliz usulining qo'llanilishiga asoslangan: a) qattiq katodli (diafragmali) b) simobli katod bilan. Bu usullar katodda boradigan reaksiyalarning har xil borishi bilan farqlanadi. Qattiq katodda elektroliz jarayonida vodorod ionlarining ajralishi bilib o'tadi va elektrolitda ishqor hosil bo'ladi.
Simobli katodda natriy ionlari hosil bilib natijada natriy amalgamasi hosil bo'ladi, uni elektrolizdan chiqarib suv bilan parchalaydi: shu vaqtda vodorod ajralib chiqib ishqor hosil bo'ladi. Parchalanishdan hosil bilgan simob amalgamasi elektrolizyorga qaytariladi.
Simob katodli usul bilan ancha toza holdagi kaustik soda olish imkoniyati bor, lekin soda narxi qattiq katod usulda olingan soda narxidan yuqori turadi. Oxirgi yillarda yuqori darajadagi toza kaustik sodaga bilgan talab yuqori bilganligi uchun simobli katod usulida elektrolizni olib borish keng rivoj topmoqda. Dunyo miqyosida 1990-yilda 75% dan ortiq xlorni elektrolitik usulda olish shu usulda olib borilgan. Yaponiya va g'arbiy Yevropada asosan hamma olingan xlor shu usulda olinadi. AQSH va MDH da diafragmali usulda olingan.



Download 1,56 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1,56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasiga muvofiq 2017-yil kimyo sanoati sohasida qator o'zgarishlar amalga oshirildi

Download 1,56 Mb.