O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasiga muvofiq 2017-yil kimyo sanoati sohasida qator o'zgarishlar amalga oshirildi




Download 1,56 Mb.
bet5/11
Sana02.06.2024
Hajmi1,56 Mb.
#259343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi ramka

1-rasm. Cl- va ClO- ionlarining zaryadsizlanish potensiyali

Shuning uchun xlornovat natriyning kam konsentratsiyasida ham anodda Cl va ClO ionlari birgalikda razryadlanadi.


Natriy gidroksid olishning laboratoriya usullar.
Laboratoriya sharoitida natriy gidroksidi juda kam miqdorda olinadi. Fao metall gidroksidlarini laboratoriya sharoitda ko'p miqdorda olish juda xavfl hisoblanadi. Laboratoriya sharoitida ishqoriy metall gidroksidlarini olishning ikki xi usulidan foydalaniladi. Birinchisi va nisbatan qimmatga tushadigan usul, bu ishqoriy metallarni to'g'ridan-to'g'ri suv bilan reaksiyaga kirishishi va natijada ishqor hosi bo'lishidir. Bu usuldan NaOH, KOH, LiOH, Ca(OH)2 larni olishda foydalanish mumkin.
Bu reaksiya natriy, kaliy, litiy kabi faol metallardan foydalanishda yetar darajada juda xavfli hisoblanadi. Bu reaksiyalarda ko'p miqdordagi ishqori metallardan foydalanish mumkin emas, chunki ular sachrashi va hatto portlash mumkin. Laboratoriya sharoitida natriy gidroksidi olishning qulay va sodda usu topildi. Chunki u kimyo va sanoatda barcha gidroksidlar ichida eng ko'p ishlatiladiga moddadir. Quyidagi rasmda ishqoriy metall gidroksidlari olishning elektroli qurilmasi keltirilgan:

Eritmalar ustiga kelib tushadigan grafit anodlarning oxirini eritgan parafin bilan to'yintirish kerak, chunki elektrolit kapillyarlar orqali yuqoriga ko'tarilmasligi va mis bilan kontakt buzilmasligi kerak. Mis simlarini grafit anodi bilan kontakti anodga mahkam o'rnatilgan mis qalpoqchalari bilan amalga oshiriladi. Katod sifatida temir yoki po'lat to'r xizmat qiladi. U o'zining yuqori qismi bilan shisha kolokolga shunday kirishi kerakki, vodorod anodlar oralig'iga tushmasligi kerak. Oldindan suv bilan namlangan asbest juda kam miqdordagi silikat yelimi bilan birgalikda temir to'r tashqarisiga (qatlam qalinligi 5-10mm) surtiladi. Asbest qurigandan so'ng diafragma mustahkamligi saqlanib qolishi uchun yengilgina kuydiriladi. Kerakli tezlik va miqdorda elektrolit berish kran o'rnatilgan ajratish voronkasi orqali amalga oshiriladi. [7]


Xlor va vodoroddan sintetik xlorid kislotasi ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Shu maqsadda ular silikogel bilan to'ldirilgan troynik ko'rinishidagi gorelkaga beriladi. Elektrolizyordan tomib turgan eritma sopol idishlarda bug'latiladi. Osh tuzi eritmasini idishga quyishdan to uni bug'latish jarayoni tugaguncha harorat 500°C gacha oshirib boriladi. So'ngra ishqor eritmasi sovutiladi, maydalanadi va yopiq shisha idishlarda saqlanadi. 5°C gacha bo'lgan haroratda mutlaqo toza 35% li texnik natriy ishqor eritmasini olish mumkin. Bunda
NaOH+ 2H2O va NaOH+ 4H₂O
Bunday qurilmalar yordamida natriy va litiy gidroksidilarini olish mumkin.
Shuni e'tiborga olish kerakki, bunday qurilmada ishqor olishda xavfsizlik qoidlariga alohida e'tibor qilish kerak bo'ladi, chunki elektroliz mahsulotlaridan biri sifatida xlor ham ajraladi.
Ba'zan natriy gidroksidi olishda eski usul - so'ndirilgan ohakni soda eritmasi bilan qaynatish usullaridan ham foydalanib turiladi:
Reaksiya tugagandan so'ng kalsiy karbonatli eritma bug'latilib, natriy gidroksidi qotishmasi olinadi. Ko'pincha laboratoriyada tez-tez kimyoviy reaksiyalar olib borishda suvda erimaydigan mis, rux, kobolt, kadmiy, nikel gidroksidiga o'xshash gidroksidlar olish kerak bo'ladi. Ularni olish uchun bu metallarni eruvchan tuzlarini natriy gidroksidi bilan reaksiyaga kiritish kerak bo'ladi. Bu ta'sirlashuv reaksiyalari o'z xarakteriga ko'ra o'rin almashinish reaksiyalariga

mansubdir. Mis gidroksidi (ko'k rangli) va nikel gidroksidi (yashil-ko'k rangli) cho'kmaga tushadi. Eritmani filtrlash va cho'kmani yuvishdan so'ng undan kimyoviy jarayonlarda foydalanish mumkin. Shu tarzda mis (II) gidroksidi, rux, kobolt, kadmiy, simob, qalay, qo'rg'oshin, marganets, titan, xrom va boshqa ko'pgina metall gidroksidlari olinadi.





Download 1,56 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1,56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasiga muvofiq 2017-yil kimyo sanoati sohasida qator o'zgarishlar amalga oshirildi

Download 1,56 Mb.