O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida




Download 18.45 Kb.
Sana26.04.2024
Hajmi18.45 Kb.
#207504
Bog'liq
1-Multimedia aloqa tarmoqlari.
1-Laboratoriy ishi, autoref-razrabotka-metoda-i-instrumentalnykh-sredstv-vizualnogo-modelirovaniya-i-dokumentirovaniya-s, Batura Matlingvistika i avtomat. obrabotka tekstov, Laboratoriya ishi, 7-laboratoriya, 1-mustaqil ish komp, Kalendar reja differensial tenglama 2020-2021, Dasturiy ta\'minot loyihalarni boshqarish ishchi dastur 2021 2022 (4), 1-Laboratoriya ishi Falonchiyev Falonchi 12-variant, Laboratoriya ishi Satrlar bilan ishlash, fan-olimpiadasining-yangi-nizomi-2021-sentabr-562, yul xarita, Kiberxavfsizlik 6-amaliy ish, 3-amaliy ish, 3-4-amaliy ishlar hisob

Multimedia aloqa tarmoqlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” PF-4947-sonli Farmoni tasdiqlandi. Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqazo etmoqda [1].
Bugungi kunda telekommunikatsiya va iqtisodiyot sohasida, axborot tarmoqlari oldida turgan vazifalar va maqsadlar tubdan o‘zgardi. O‘zbekistonda makro iqtisodiyot va moliyaviy barqarorlik o‘rnatildi, iqtisodiyotning samarador yetakchisi sifatida olingan telekommunikatsiya sohasida takomillashtirish va texnik jixatdan qayta qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu sohani yanada rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan barcha shart–sharoitlar yaratilgan. Jahon axborot – telekommunikatsiya maydonida integratsiyalash ishlari amalga oshirilmoqda.
Respublikada global axborot tizimlari va texnologiyalarining keng qamrovli milliy axborot tizimiga kirishni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan va bu esa o‘z navbatida XXI asrda mamlakatning o‘sishida hal qiluvchi vazifa hisoblanadi.
“O‘zbektelekom” AK Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va zamonaviy xizmatlarni joriy etish bo‘yicha qator katta investitsiya loyihalarini amalga oshirdi. Iqtisodiyotimiz va jamiyatimiz hayotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining alohida va muhim o‘rin tutishini hisobga olib, 2013 yilda 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishni kompleks dasturi qabul qilindi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida juda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. So‘nggi yillar mobaynida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi natijasida, mamlakatimiz aloqa sohasida yuqori natijalarga erishilmoqda. Telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalash, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, yangi raqamli texnika vositalarini o‘rnatish, ularni optimallashtirish ishlari natijasida, jahon axborot integratsiyalashuvi jarayoniga O‘zbekistonning jadal suratda qo‘shilishi ko‘zga tashlanmoqda.
Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlanishi uch omilga asosan aniqlanadi: trafikni o‘sishi, jamiyatni yangi xizmatlarga bo‘lgan talabini oshishi va texnologiyalar sohasida yutuqlarga erishish. Bu omillar mustaqil hisoblanmaydi, biroq ularning har biri elektr aloqani rivojlanish g‘oyasini aniqlaydi. Qurilmalarni yetkazib beruvchilar orasidagi raqobat va texnologik yutuqlar qurilmalarning narxini tushishiga olib keldi, bu esa o‘z navbatida trafikni o‘sishi va yangi xizmatlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.
XX – asrning 90-yillari boshidan telekommunikatsiya raqamlashtirish yo‘nalishi bo‘yicha rivojlandi. Bu nafaqat axborotlarni uzatishda, balki taqsimlash, saqlash va qayta ishlashda ham tejamkor usullarni ta’minlovchi bosh yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoldi. Raqamli telekommunikatsiya tarmoqlarini jadallik bilan rivojlanishini, analog uzatish tizimlari bilan solishtirganda bir qancha afzalliklari bilan farq qiladi, masalan: yuqori shovqinbardoshliligi, aloqa liniyasining uzunligiga uzatish sifatining kuchsiz bog‘lanishi, aloqa kanallarining elektrik parametrlarini mo‘tadilligi, diskret xabarlarni uzatishda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini qo‘llashning samaradorligi va boshqalar.
Bir vaqtning o‘zida aloqa xizmatlarining soni oshishi bilan, oddiy telefon xizmatidan tortib to integral raqamli aloqa tarmoqlarini ta’minlovchi multimedia xizmatlarigacha ularning sifati o‘zgardi. Ko‘pgina mutaxassislar, telekommunikatsiya texnologiyalarining keyingi evolyutsiyasi, axborotlarni uzatish tezligini oshirish, tarmoqni intellektuallashtirish va foydalanuvchilarning mobilligini ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha ketadi deb ta’kidlashmoqda.
1999 yilda “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning asosiy maqsadi telekommunikatsiyalarni yaratish, ishlatish va rivojlantirish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
- telekommunikatsiyalar – signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa turlarini o‘tkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlardan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlash;
- telekommunikatsiyalar tarmog‘i – uzatishning bir yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil, ma’lumotlar uzatish va xujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translyatsiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui;
- telekommunikatsiya vositalari – elektromagnit yoki optik signallarni kommutatsiyalash, shakllantirish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash, hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi texnik qurilmalar, asbob-uskunalar, inshootlar va tizimlar;
- telekommunikatsiya inshootlari – telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarining ishlashi hamda ulardan foydalanishni ta’minlovchi binolar, qurilmalar, telekommunikatsiya liniyalari, moslamalar, tayanchlar, machtalar va boshqa inshootlar;
- oxirgi (terminal) qurilmalar – telekommunikatsiya tarmoqlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi hamda telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatiladigan yoki qabul qilinadigan signallarni hosil qilish, o‘zgartirish, qayta ishlashga mo‘ljallangan foydalanuvchilarning texnik vositalari (telefon, faksimil, radio-teleqabulqilgichlar va boshqa qurilmalar);
- tarmoqlararo ulanishlar – foydalanuvchilar orasida axborotlarni uzatish va qabul qilishni ta’minlovchi, telekommunikatsiyaning turli operatorlarini telekommunikatsiya tarmoqlari orasida texnologik o‘zaro ta’sirlashishi;
- telekommunikatsiya operatori – mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiya tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning ishlashi, rivojlanishini ta’minlovchi va telekommunikatsiya xizmatlarini ta’minlovchi yuridik shaxs;
- telekommunikatsiya xizmatlari provayderi – foydalanuvchilarga operatorlar tarmog‘i orqali tijorat asosida telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
- telekommunikatsiya xizmatlari – telekommunikatsiya tarmog‘i orqali turli axborotlarni va signallarni uzatish, qabul qilish, qayta ishlash bo‘yicha operator va provayderning faoliyat mahsuli;
- raqamlash tizimi – operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilarning oxirgi (terminal) qurilmalari orasida raqamlarni berish (raqam kombinatsiyasi yoki belgi) va taqsimlash tartibi;
- raqamlash rejasi - operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilarning oxirgi qurilmalari o‘rtasidagi aniq raqamlarning berilishi;
- telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanuvchi (keyinchalik-foydalanuvchi) – telekommunikatsiyalar xizmatlarining iste’molchisi hisoblangan yuridik yoki jismoniy shaxs;
- universal xizmatlar – umum foydalanish telekommunikatsiya tarmoqlari orqali barcha foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan belgilangan sifatdagi majburiy xizmatlar to‘plami (foydalanuvchilarning bu tarmoqdan foydalanishini ta’minlash, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari, telegrammalar jo‘natish va boshqalar).
Axborot uzatish tezligining yuqoriligi tasvirlar, televizion tasvirlar, multimediali ilovalarda turli ko‘rinishdagi axborotlar integratsiyasi, lokal, shahar va mahalliy tarmoqlarning aloqasini tashkil etish uchun zarur.
Telekommunikatsiya tarmog‘i, tarmoqning moslashuvchanligi va ishonchliligini oshirish, global tarmoqlarni boshqarishni ancha osonlashtirish imkonini beruvchi intellektuallikka ega bo‘lishi kerak. Tarmoqlarning intellektualligi tufayli xizmatlardan foydalanuvchi passiv foydalanuvchidan faol mijozga aylanadi, ya’ni mijoz zarur bo‘lgan xizmatga buyurtma bergan holda, o‘zi tarmoqni faol boshqarishi mumkin.
Foydalanuvchining terminal qurilmasi mobil bo‘lishi kerak. Elektron qurilmalarni kichiklashtirish sohasidagi muvoffaqiyatlar, ularning narhini pasayishi, oxirgi mobil qurilmalarni keng tarqalishiga zamin yaratadi. Bu har qanday joyda va har qanday vaqtda har bir talabgorga aloqa xizmatlarini taqdim etishni haqiqiy masalasi hisoblanadi.
Hozirgi kunda dunyoning axborot telekommunikatsiya infratuzilmasi orqali uzatiladigan axborot hajmi har 2-3 yilda ikki martaga oshib bormoqda.
Kelajakdagi aloqa tarmoqlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- multiservislik deganda, transport texnologiyalariga xizmatlarni yetkazuvchi texnologiyalarning bog‘liq emasligi tushuniladi;
- keng polosalilik deganda, odatda foydalanuvchi talablariga bog‘liq holda keng diapazonda axborotni uzatish tezligini mos holda va dinamik o‘zgarish imkoni tushuniladi;
- multimedialik deganda, tarmoqni haqiqiy vaqtda va murakkab ulanish konfiguratsiyasini qo‘llagan holda, ko‘p komponentli axborot (ovoz, video, audio)larni shu komponentlar uchun zarur bo‘lgan sinxronizatsiya bilan uzatish qobiliyati tushuniladi;
- intellektuallik deganda, foydalanuvchi yoki xizmatlarni ta’minlovchi tomondagi chaqiriq yoki ulanish xizmatlarini boshqarish imkoni tushuniladi;
- invariantlik ulanish deganda, qo‘llanilayotgan texnologiyalarga bog‘liq bo‘lmagan holda xizmatlarga ulanishni ta’minlash imkoni tushuniladi;
- ko‘p operatorlik deganda, xizmatlarni taqdim etishda va ularning ma’suliyatini faoliyat sohasiga mos holda taqsimlashda bir nechta operatorlarning qatnashishi tushuniladi.
XXI asrda dunyo hamjamiyati o‘zining, global axborot jamiyati (GAJ) deb nomlangan yangi rivojlanish erasiga o‘tdi. GAJ ning asosiy fazilati shundan iboratki, unda bilim va axborot tashqi ishlab chiqarish rolini egallaydi, ya’ni jamiyat mavjudligining material asosi bo‘lib qoladi. Yuqori texnologiyalarni qo‘llash mahsuslashtirilgan yangi soha, birinchi navbatda infokommunikatsiya muhitida dasturiy mahsulotlarni samarali taqsimlash amalga oshadi. GAJ ning boshqa xarakterli xususiyati, telekommunikatsiya xizmatlarining juda yuqori darajada o‘sishidir. Masalan faqatgina telefon, tele va radio eshittirish xizmatlaridan foydalanishning o‘zi bir yilda 800 milliard dollarni, infokommunikatsiya xizmatlari bozori (internet, lokal kompyuter tarmoqlari, harakatdagi aloqa tarmoqlari va b.q.) bilan birga esa 1,5 trln. dollarga yetdi va kengayish hali davom etmoqda.
Dunyo telekommunikatsiya tarmog‘iga har yili 200 mlrd. dollarlik telekommunikatsiya qurilmalari o‘rnatiladi. Yuqorida qayd etib o‘tilgan barcha ma’lumotlarni samarali uzatish va taqsimlash uchun GAJ tuzilishida butun dunyo aloqa tarmog‘i (World Wide Communication Network) yaratildi va rivojlanmoqda. Bu tarmoq, yer yuzidagi o‘zaro bog‘langan barcha milliy aloqa tarmoqlarining majmuasidan iborat. Barcha zamonaviy aloqa tarmoqlarining texnik asosini, ishlab chiqaruvchidan foydalanuvchiga axborotlarni standart yoki me’yorlashtirilgan raqamli oqimlar ko‘rinishida yuqori sifat va buzilishsiz uzatishga mo‘ljallangan axborotli transport tarmoqlari tashkil etadi.
Bugungi kunda global axborot jamiyatida turli xil xizmatlar, ya’ni videotelefoniya, videokonferens aloqa, teleeshittirish, radioeshittirish va ovozli eshittirish, yuqori tezlikda raqamli ma’lumotlar almashish, katta hajmdagi fayllarni uzatish, yuqori tezlikli telesignalizatsiya va telenazorat, yuqori sifatli tasvirlarni uzatish, axborot-ma’lumot tizimlari, masofadan o‘qitish kabi xizmatlarni o‘z ichiga olgan zamonaviy va istiqbolli telekommunikatsiya xizmatlari doirasi kengaymoqda. Foydalanuvchilar turli xizmatlarga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Telekommunikatsiya tizimlarini kelgusi rivoji va raqobatbardoshligi, aloqa operatorlarini abonent tarmoqlarini modernizatsiya qilishdagi tanlagan yechimlariga bog‘liqdir.
Bugungi kunda mavjud bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi ma’lumotlarni uzatishga mo‘ljallangan milliy tarmoqlar quyidagilarni amalga oshiradi:

  • har tamonlama axborot uzatishga bo‘lgan talablarni qondirish maqsadida elektron axborotlarni almashtirishni amalga oshirish;

  • Respublikaning yagona axborotli muhiti asosidagi transport- kommunikatsiyasini va uning jahon axborot hamjamiyatiga kirishini ta’minlash;

  • Respublikaning ma’lumotlarni uzatuvchi operatorlarini (provayder) dunyoning markazlashtirilgan tarmog‘iga ulash, shu jumladan INTERNET ga;

  • davlat va boshqaruv organlarini markazlashtirilgan elektron xizmat almashish bilan ta’minlash uchun sharoit yaratishdan iborat.

Yuqorida ta’kidlanganlarni inobatga olganda, zamonaviy davr jamiyatni axborotlashtirish jarayonini keskin rivojlanishga olib kirmoqda. Bu jarayon axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalanuvchilarni telekommunikatsiya tarmoqlariga yuqori tezlik bilan (keng polosali) ulanishga undaydi. Bunday talab Internetdan foydalanuvchilarning keskin oshib borishi va multimedia, videokonferensiya, elektron raqamli imzodan foydalanish, elektron tijorat, elektron xujjat aylanish va boshqa bir qancha zamonaviy xizmatlarni hayotga kirib kelishidan chiqib kelyapti.
Download 18.45 Kb.




Download 18.45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida

Download 18.45 Kb.