• O’rta muddatli istiqbolda O’zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish kontseptsiyasini
  • O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida




    Download 195.15 Kb.
    bet30/45
    Sana26.03.2019
    Hajmi195.15 Kb.
    #4567
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45
    3.2. Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish

    132.

    Mineral-xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash bo’yicha umumiy qiymati qariyb 40 mlrd. dollarga teng bo’lgan
    649 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirishni ko’zda tutuvchi tarmoq dasturlarini o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash.

    2017 yilda umumiy qiymati 1,0 mlrd. dollarlik 145 ta ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirish, shu jumladan:

    meva-sabzavot va go’sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash sohasida 147 mln. dollarlik 63 ta loyiha;

    rangli va qimmatbaho metallarni chuqur qayta ishlash bo’yicha 217 mln. dollarlik 6 ta loyiha;

    kimyoviy xom ashyolarni chuqur qayta ishlash bo’yicha 25 mln. dollarlik 2 ta loyiha;

    uglevodorod xom ashyolarini qayta ishlashni chuqurlashtirish bo’yicha 342 mln. dollarlik 6 ta loyiha;

    tayyor charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo’yicha 6 mln. dollarlik 9 ta loyiha;

    farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirishga yo’naltirilgan 24 mln.dollarlik 7 ta loyiha;

    qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo’yicha 151 mln. dollarlik 29 ta loyiha;

    tayyor to’qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish bo’yicha 178 mln. dollarlik 15 ta loyiha.



    Yil davomida

    O’zbekoziqovqatxolding, OTMK, O’zmetkombinat, O’zkimyosanoat, O’zbekneftgaz, O’zbekcharmpoyabzali, O’zfarmsanoat, O’zqurilishmateriallari, O’zbekengilsanoat,
    Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

    116 827 000,
    shu jumladan, 2017 yilda 3 003 000

    Korxonalarning mablag’lari, O’zTTJ, tijorat banklari krediti, xorijiy investitsiya va kreditlar

    2017 yilda ko’zda tutilgan quvvatlarning tarmoq jadvallari o’z vaqtida kechikmasdan foydalanishga topshirish bo’yicha loyiha ishlarining tarmoq dasturlari.

    Kelgusi 5 yilda respublikada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning YaIMdagi ulushi — 33,6 foizdan 36 foizga, qayta ishlovchi tarmoqlarning sanoatdagi ulushi — 80 foizdan 85 foizga o’sadi.

    2017 yilda 75 dan ortiq yangi turdagi raqobatdosh tayyor mahsulotlar o’zlashtiriladi.


    133.

    Ko’mir qazib olish sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobiga ko’mir qazib olishni yiliga 7,8 mln. tonnaga oshirish imkonini beruvchi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish.

    2017-2020 yillar

    O’zbekko’mir,

    O’zbekenergo,

    Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV,

    Moliya vazirligi,


    vazirlik va idoralar

    Loyihaga asosan

    O’zbekko’mir mablag’lari va tijorat banklari kreditlari

    Chora-tadbirlarni amalga oshirish.

    Aholining energiya ta’minoti yaxshilanadi.



    134.

    Zargarlik sohasini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish.

    2017 yil III chorak

    Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi,

    Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, TIAIS vazirligi, Markaziy bank, Davlat raqobat qo’mitasi, DSQ, DBQ



    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

    Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

    qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va ulardan ishlab chiqilgan mahsulotlar aylanmasini soddalashtirish, milliy zargarlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan sharoitlarni yaratish hamda tayyor mahsulotlarni eksport qilish;

    xorijlik buyurtmachilarning qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan O’zbekiston Respublikasi hududida zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqish uchun tolling operatsiyalarining huquqiy mexanizmlarini joriy etish;

    qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni import qilishning litsenziyalanishini bekor qilish;

    mahalliy oltindan ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarining eksportga chiqarish hajmi bo’yicha belgilangan minimal normani (95%) qisqartirish.



    135.

    Quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish:

    Ishlab chiqish:
    2017 yil

    I chorak


    Davlat raqobat qo’mitasi,
    Mehnat vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
    va Toshkent shahar hokimliklari

    -

    -

    Kompleks chora-tadbirlar.

    Korxonalarning rentabellik darajasi oshadi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish va ishchilar sonini ko’paytirishga olib keladi.



    iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi 4400 dan ortiq korxonalarning rentabellik darajasini oshirish va moliyaviy sog’lomlashtirish;

    ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish asosida ishchilar sonini ko’paytirish.



    Amalga oshirish:

    2017-2018 yillar



    136.

    2017 yilda sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini o’rtacha 8 foizga qisqartirish va raqobatdoshligini oshirishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Shu jumladan, ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilash hamda modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish, texnologik jarayonlarni optimallashtirish.

    Yil davomida

    Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo’mitasi, O’zdavenergonazorat, O’zneftegazinspektsiya, vazirlik va idoralar

    602 000,0

    Korxonalarning mablag’lari va tijorat banklar kreditlari

    Mahalliy mahsulotlarning, birinchi navbatda, tashqi bozorlarda raqobatdoshligini va tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

    137.

    Iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobat muhitini yaratish hamda mahsulotlar va xizmatlar bozorida bosqichma-bosqich monopoliyani qisqartirish.

    2017 yil III chorak

    Davlat raqobat qo’mitasi,

    Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,


    Adliya vazirligi,

    Savdo-sanoat palatasi



    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Unda quyidagilar aks etadi:

    korxonalarning birlashishi va qo’shib olinishida monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish talablarini birxillashtirish;

    raqobatni cheklovchi kelishuvlar, bitimlar va kelishilgan harakatlarga qarshi kurash mexanizmlarini takomillashtirish;

    ustun mavqega ega bo’lgan korxonalarning aktsiya va ulushlarini sotib olishda tadbirkorlik sub’ektlarining hujjatlarini ko’rib chiqish tartibini soddalashtirish;

    manfaatlar to’qnashuvini bartaraf etish maqsadida shu’ba korxona tomonidan ta’sischining ustav fondidan ulush sotib olishini va shu’ba korxona vakillarining ta’sischi kuzatuvchilar kengashida a’zoligini taqiqlash.


    138.

    O’rta muddatli istiqbolda O’zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish kontseptsiyasini, shuningdek 2017 — 2021 yillarda Kontseptsiyani amalga oshirishga doir aniq chora-tadbirlar Dasturini ishlab chiqish.

    2017 yil I chorak

    Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, TIAISV, TIV, DBQ, vazirlik va idoralar

    -

    -

    Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

    Turizm sohasining tezkor rivojlanishi, uning iqtisodiyotdagi ulushining ortishi, turistik xizmatlar sifatining oshishiga olib keladi.



    139.



    Download 195.15 Kb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45




    Download 195.15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida

    Download 195.15 Kb.