Amaliy ish
Mavzu: Ms Access dasturida information sistema yaratish
Maqsad: Ma’lumotlar bazasining boshqaruv tizimi yaratish malakasini hosil qilish
Annotatsiya
Ushbu amaliy ish topshiriqlari access dasturida ma’lumotlar bazasining boshqaruv tizimi yaratishni o‘rgatishga qaratilgan.Hayotiy misol olib,shu predmet sohasi bo‘yicha elektron baza yaratishning hamma etaplari Ms Access 2003 dasturida batafsil ko‘rsatiladi. Topshiriqlarni ketma-ket bajarish natijasida information sistema yaratish malakasi hosil bo‘ladi.
Amaliy ish
Mavzu: Ms Access dasturida information sistema yaratish
Maqsad: Ma’lumotlar bazasining boshqaruv tizimi yaratish malakasini hosil qilish
8. Amaliy ish topshiriqlari
8.1.topshiriq
Dekanat nomli ma’lumotlar bazasini infologik va logik modelini tuzing
1. Relyatsion ma’lumotlar bazasini infologik modelini ishlab chiqing.
2. Relyatsion ma’lumotlar bazasini logik modelini ishlab chiqing
Ishni bajarish texnologiyasi:
1. Ma’lumotlar bazasini infologik modelini ishlab chiqish uchun uchta ob’yektni ajratib olamiz: Studentlar, Predmetlar va O‘qituvchilar. Bu ob’yektlarni atributlarini qavsni ichida keltiramiz: Studentlar (Studentni kodi, familiyasi, ismi, sharifi, gruppa nomi, tug’ilgan yili, stipendiya, baholari), Predmetlar (Predmet kodi, predmet nomi), O‘qituvchilar (O‘qituvchini kodi, familiyasi,ismi,sharifi,tug’ilgan yili, telefon, ish xaqi). Bu obyektlar orasidagi bog’lanish tipi 1 rasmda keltirilgan: (k:k – ko‘pga –ko‘p, 1:k – birga –ko‘p).
8.1 rasm. Ob’yektlar orasidagi bog’lanish tipi
Kopga-kop bog’lanish ma’lumotlar bazasini boshqarishni qiyinlashtiradi. Boglanish uchun qo‘shimcha obyekt kiritamiz.U holda 2 rasmda ko‘rsatilganidek infologik model vujudga keladi.
8.2 rasm dekanat nomli ma’lumotlar bazasini infologik modeli.
2. Relyatsion ma’lumotlar bazasida ob’yektlar orasidagi munosabatni jadvallar ko‘rinishida ifodalanadi. Jadvallar bir-biri bilan umumiy maydonlar orqali bog’lanadi. 3 rasmda ma’lumotlar bazasini logik modeli tasvirlangan. Qalin harflarda kalitli maydon aks etgan.
8 .3 rasm Dekanat nomli ma’lumotlar bazasini logik modeli
|