|
topshiriq. Relyatsion ma’lumotlar bazasini yaratish
|
bet | 2/7 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 439 Kb. | | #139799 |
Bog'liq amaliy-ish8.2 topshiriq. Relyatsion ma’lumotlar bazasini yaratish
Dekanat nomli ma’lumotlar bazasini yarating.
Studentlar nomli jadvalni strukturasini yarating.
Predmetlar nomli jadvalni strukturasini yarating.
O‘qituvchilar nomli jadvalni strukturasini yarating.
Baholar nomli jadvalni strukturasini yarating.
Jadvallar aro bog’lanish o‘rnating
Ishni bajarish texnologiyasi:
1. Ma’lumotlar bazasini yaratish uchun quyidagicha ish bajaring:
Access, ni ishga tushiring va Novaya baza dannix punktini tanlab OK knopkasini bosing;
Faylga Dekanat deb nom bering va sozdat knopkasini bosing.
2. Studentlar nomli jadvalni strukturasini yaratish uchun:
Tablitsi ob’yektini ochib > Sozdat buyrug’ini bering ;
Novaya tablitsa oynasida Konstruktor punktini tanlab OK knopkasini bosing va maydonlarni tiplarini ko‘rsating;( 8.4 rasm)
8.4 rasm Konstruktor rejimida Studentlar nomli jadvalning strukturasi
Kalitli maydon sifatida Studentni_kodi maydonini tanlang va jadvalga Studentlar nomini berib saqlang , jadvalni yoping;
3.Qolgan jadvallarni xam shunday yo‘l bilan yarating va saqlang;
4.Jadvallar orasida bog’lanish yaratish uchun Servis>Sxema dannix buyrug’ini bering
So‘ngra Svyazi> Dobavit, hamma jadvallarni chiqarib bo‘lib Zakrit knopkasini bosing. (8.5 rasm)
8.5 rasm Sxema dannix dialog oynasi
Kalitli maydonlar orasida bog’lanish o‘rnatish uchun ,birinchi jadvaldagi maydonni nomini ustiga sichqonchaning kursoirni qo‘yib, chap tugmani bosgan holda ikkinchi jadvaldagi shunday nomli maydonni ustiga keltirib qo‘ying va dialogga javob bering: (8.6 rasm)
8.6 rasm Maydonlar aro bog’lanish o‘rnatish dialog oynasi
Shunday yo‘l bilan qolgan jadvallar orasida ham bog’lanish o‘rnatib quyidagi natijani olamiz: (8.7 rasm)
8.7 rasm Dekanat nomli relyatsion ma’lumotlar bazasi
|
| |