• 343-modda. Dividendlar tarzidagi daromadlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
  • -BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet254/352
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #248757
    1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   352
    Bog'liq
    soliq kodeksi 2023

    48-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 


    SOLIQ REZIDENTLARIGA TOʻLANADIGAN 
    DIVIDENDLAR VA FOIZLAR TARZIDAGI 
    DAROMADLARGA SOLIQ SOLISHNING 
    OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
    343-modda. Dividendlar tarzidagi daromadlarga 
    soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari 
    344-modda. Foiz tarzidagi daromadlarga soliq 
    solishning oʻziga xos xususiyatlari 
    345-modda. Soliq agentlari tomonidan dividendlar 
    va foizlardan soliqni hisoblab chiqarish, 
    ushlab qolish hamda toʻlash tartibi 
    346-modda. Soliq agentining javobgarligi 
    343-modda. Dividendlar tarzidagi daromadlarga 
    soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari 
    (1-q.)
    Agar ushbu Kodeksning 470-1-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
    boʻlsa, yuridik shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentiga toʻlanadigan 
    dividendlarga ushbu Kodeksning 345-moddasida nazarda tutilgan tartibda toʻlov manbaida soliq 
    solinadi va bunday daromadlarni oluvchi tomonidan soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi. 
    (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
    (2-q.)
    Agar dividendlar Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan yuridik shaxs 
    tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentiga toʻlansa, olingan dividendlarga nisbatan 
    toʻlanadigan soliq summasi uni oluvchi tomonidan olingan dividendlar summasidan va ushbu 
    Kodeks 337-moddasi birinchi qismining 11-bandida belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib, 
    mustaqil ravishda aniqlanadi. Bunda dividend oluvchilar ushbu moddaga muvofiq hisoblab 
    chiqarilgan soliq summasini daromad manbai joylashgan joy boʻyicha toʻlangan soliq summasiga 
    kamaytirishga, agar Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda 
    tutilmagan boʻlsa, haqli emas. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish