Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi soliqning hisob-kitobini
quyidagilarni realizatsiya qilish chogʻida mustaqil ravishda yoki vakolatli shaxs orqali taqdim
etishi shart:
1) Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav
kapitalidagi) aksiyalarni, ulushni (payni) realizatsiya qilishda - mazkur yuridik shaxs roʻyxatdan
oʻtkazilgan
joydagi soliq organiga;
2) Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan koʻchmas mulkni realizatsiya qilishda -
koʻchmas mulk turgan joydagi soliq organiga;
3) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan mol-mulk majmuasi tarzidagi korxonani
realizatsiya qilishda - mazkur korxona roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi soliq organiga;
4) qonunchilikka muvofiq tashkil etilgan payli investitsiya fondlarining investitsiya
paylarini realizatsiya qilishda - ishonchli boshqaruvchi roʻyxatdan oʻtkazilgan
joydagi soliq
organiga.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
(6-q.)
Norezidentning mol-mulkni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari boʻyicha soliq
hisoboti norezident daromadni oladigan valyutada tuziladi. Soliq hisobotiga mol-mulk oldi-sotdi
shartnomasining koʻchirma nusxasi hamda sotuvchi tomonidan taqdim etilgan, mol-mulkni olish
qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning (mavjud boʻlgan taqdirda) koʻchirma nusxalari ilova qilinadi.
Agar mol-mulkni sotib olish qiymati soliq hisoboti tuziladigan valyutada ifodalanmagan boʻlsa,
mazkur qiymat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining mol-mulkni sotib olish sanasidagi
kursi boʻyicha soliq hisoboti tuzilayotgan valyutaga qayta hisoblab chiqariladi. Soliq organlari
soliq hisob-kitobi taqdim etilgan sanadan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida soliq agenti yoki uning
vakolatli shaxsi nomiga soliq summasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining soliq
hisobotini taqdim etish sanasidagi kursi boʻyicha milliy valyutadagi soliq summasini koʻrsatgan
holda toʻlov xabarnomasini yoxud norezident tomonidan realizatsiya qilingan mol-mulkdan
olingan soliq boʻyicha qarzdorlik yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani yozib beradi.
(7-q.)
Soliq sotib olingan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi roʻyxatdan oʻtkazilguniga
(rasmiylashtirilguniga) qadar budjetga toʻlanishi lozim.
(8-q.)
Soliq organi soliq toʻlanganligi faktini tasdiqlovchi hujjat
taqdim etilgan sanadan
eʼtiboran bir ish kuni ichida soliq agentiga yoki uning vakolatli shaxsiga soliq toʻlanganligi yoxud
soliq boʻyicha qarzdorlik yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beradi, maʼlumotnoma olingan mol-
mulkka boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazuvchi (rasmiylashtiruvchi) organga taqdim
etiladi.
(9-q.)
Olinadigan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazuvchi
(rasmiylashtiruvchi) organlar soliq organining maʼlumotnomasi taqdim etilgan taqdirdagina mulk
huquqini roʻyxatdan oʻtkazishni (rasmiylashtirishni) amalga oshiradi.
(10-q.)
Ushbu modda uchinchi - toʻqqizinchi qismlarining qoidalari aksiyalarni va
investitsiya paylarini Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlarining birjadagi va birjadan
tashqari uyushgan bozorlarida realizatsiya qilish chogʻida qoʻllanilmaydi.
(11-q.)
Aksiyalar va investitsiya paylari qimmatli qogʻozlarning birjadagi va birjadan
tashqari uyushgan bozorida realizatsiya qilinganda Oʻzbekiston
Respublikasining qimmatli
qogʻozlari bozoridagi hisob-kitob - kliring palatasi soliq agenti deb eʼtirof etiladi.
(12-q.)
Soliq agenti aksiyalarning va investitsiya paylarining tuzilgan oldi-sotdi bitimlari
boʻyicha savdolar yakunlari reestri asosida hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish vaqtida
realizatsiya qilingan aksiyalar (investitsiya paylari) qiymatidan va ushbu Kodeksning 353-
moddasida belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda sotuvchining pul mablagʻlaridan
soliqni ushlab qoladi.
(13-q.)
Soliq summasi pul mablagʻlarini aksiyalar va investitsiya paylari qiymatini toʻlash
hisobiga bir vaqtning oʻzida sotuvchining hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkazilgan holda toʻlov
valyutasida budjetga toʻlanadi. Soliq agenti aksiyalar va investitsiya paylari sotuvchisining
talabiga koʻra bitim va ushlab qolingan soliq summasi haqida maʼlumotnoma berishi shart.
(14-q.)
Soliq agenti soliq hisobotini taqdim etish muddatlarida oʻzi soliq hisobiga qoʻyilgan
joydagi soliq organiga soliq ushlab qolingan aksiyalar va investitsiya paylarining oldi-sotdisiga
doir bitimlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan
tasdiqlanadigan shakl boʻyicha reestrini taqdim etadi.
(15-q.)
Aksiyalar va investitsiya paylarini sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud
boʻlgan taqdirda, sotuvchi soliq agenti soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga ortiqcha
toʻlangan soliqni qaytarish toʻgʻrisida ariza taqdim etish huquqiga ega.
Arizaga aksiyalarni va
investitsiya paylarini realizatsiya qilish va sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning
koʻchirma nusxalari hamda soliq agenti tomonidan berilgan bitim va ushlab qolingan soliq
summasi haqidagi maʼlumotnomaning koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.
(16-q.)
Norezidentlarning daromadlari boʻyicha ortiqcha toʻlangan soliq summasini
qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.