• 350-modda. Soliq agenti tomonidan ushlab qolingan soliqni hisobga olish tartibi
  • -modda. Soliq hisobotini taqdim etish va soliq toʻlash tartibi




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet258/352
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #248757
    1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   352
    Bog'liq
    soliq kodeksi 2023

    349-modda. Soliq hisobotini taqdim etish va soliq toʻlash tartibi 
    (1-q.)
    Doimiy muassasalar orqali faoliyat yuritadigan norezidentlar soliq hisobotini soliq 
    hisobiga qoʻyilgan joydagi soliq organiga ushbu Kodeks 339-moddasining toʻrtinchi va beshinchi 
    qismlarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda taqdim etadi. 
    (2-q.)
    Doimiy muassasa orqali faoliyat yuritadigan norezidentlar soliq davrining yakunlariga 
    koʻra soliq hisobotini taqdim etish uchun nazarda tutilgan muddatlarda, soliq hisobiga qoʻyilgan 


    joydagi soliq organiga Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni ham 
    (ixtiyoriy shaklda) taqdim etadi. 
    (3-q.)
    Doimiy muassasaning faoliyati soliq davri tugaguniga qadar tugatilgan taqdirda, soliq 
    boʻyicha soliq hisoboti va Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot faoliyat 
    tugatilganidan keyin bir oydan kechiktirmay taqdim etilishi kerak. 
    (4-q.)
    Soliqni toʻlash ushbu Kodeksning 340-moddasida nazarda tutilgan tartibda umumiy 
    asoslarda amalga oshiriladi. 
    (5-q.)
    Norezident Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy muassasa orqali faoliyatini 
    tugatganda soliq bunday faoliyat tugaguniga qadar toʻlanadi. 
    350-modda. Soliq agenti tomonidan ushlab 
    qolingan soliqni hisobga olish tartibi 
    (1-q.)
    Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan doimiy muassasa belgilariga 
    javob beradigan faoliyatdan, doimiy muassasa sifatida soliq organida hisobga qoʻyishga qadar 
    olingan daromadlarga ushbu Kodeksning 50-bobida belgilangan tartibda soliq agentida soliq 
    solinishi lozim. Bunda soliq agenti tomonidan ushlab qolingan soliq norezident soliq organida 
    doimiy muassasa sifatida hisobga qoʻyilganidan keyin soliq majburiyatlarini qoplash hisobiga 
    hisobga olinishi lozim. 
    (2-q.)
    Mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hisobga olish soliq agenti tomonidan 
    soliq ushlab qolinganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Soliq hisobotini taqdim etish va soliq toʻlash tartibi

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish