2) inventarga, xoʻjalik buyumlariga, amortizatsiya qilinadigan mol-mulk boʻlmagan boshqa
mol-mulkka;
3) soliq toʻlovchining texnologik,
transportga oid, boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga
sarflanadigan yoqilgʻi, energiyaning barcha turlari, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun energiyaning
barcha turlarini ishlab chiqish, shu jumladan soliq toʻlovchining oʻzi tomonidan ishlab chiqish,
shuningdek energiyani transformatsiya qilish va uzatish xarajatlari;
4) litsenziyalar uchun haq va ijara toʻlovlarini toʻlashga;
5) ushbu Kodeksning 371 - 374-moddalarida nazarda tutilgan xodimlar (shu jumladan chet
el tashkilotlarining jalb etilgan xodimlari) mehnatiga haq toʻlashga;
6) qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan xarajatlarga;
7) metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) operatsiyalari
doirasida toʻlangan soliqlar va yigʻimlarga haq toʻlashga;
8) chetdan jalb qilingan yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan bajarilgan ishlar va
xizmatlarga haq toʻlashga.
(7-q.)
Operatsion xarajatlar jumlasiga, xususan, quyidagilarga doir xarajatlar kirmaydi:
1)
amortizatsiyaga, shu jumladan investitsion chegirmaga (obyektning tugatish qiymati
chegirilgan holda);
2) marketing va reklama tadbirlariga;
3) ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga;
4) yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki shunga oʻxshash boshqa
organi) aʼzolari, maʼmuriy xodimlar va maslahatchilar mehnatiga haq toʻlashga;
5) soliq toʻlovchining aybi bilan yuzaga kelgan favqulodda holatlarni bartaraf etishga;
6) xodimlarning malakasini oshirishga,
mobil aloqa va internetga;
7) zaxiralarni tashkil etishga va sugʻurta qilishning ixtiyoriy turlariga;
8) moliyaviy faoliyat boʻyicha foizlarni yoki boshqa xarajatlarni, shu jumladan kapital
xarajatlar qiymatiga kiritilgan foizlarni toʻlashga.
(8-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi metallarni va uglevodorod
xomashyolarini qazib olish (ajratib olish) boʻyicha alohida investitsiya loyihalarini amalga
oshirish doirasida mazkur xarajatlar qilingan, soliq davrida chegirib tashlanishi lozim boʻlgan,
kapital va operatsion xarajatlar jumlasiga kiradigan xarajatlar roʻyxatini toʻldirishga haqli.
(9-q.)
Renta daromadini aniqlashda metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish
(ajratib olish) bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan, xususan moliya bozorlaridagi operatsiyalardan,
shu jumladan xedjirlash operatsiyalaridan olinadigan, shuningdek foizlar va dividendlar tarzidagi,
shu jumladan kapital xarajatlar qiymatiga kapitalizatsiya qilinadigan foizlar tarzidagi daromadlar
va xarajatlar hisobga olinmaydi.
(10-q.)
Renta daromadini aniqlash chogʻida uchinchi shaxslar tomonidan
amalga oshirilgan
xarajatlar ham hisobga olinmaydi, har qanday turdagi budjet subsidiyalari esa renta daromadiga
kiritiladi.
(11-q.)
Bir necha litsenziyalangan uchastkada metallarni yoki uglevodorod xomashyosini
qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi soliq toʻlovchi har bir bunday uchastkaga nisbatan
renta daromadini alohida aniqlashi shart. Bunda soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 80-moddasi
talablariga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri hisob usulidan foydalangan holda, ushbu moddaning
birinchi qismida koʻrsatilgan daromadlar va xarajatlarning alohida-alohida hisobini yuritishi shart.
(12-q.)
Bir necha litsenziyalangan uchastkada amalga oshirilayotgan metallarni yoki
uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) boʻyicha faoliyat, agar unda koʻrsatilgan
litsenziyalangan uchastkalarni oʻzlashtirishning texnologik shartlarida metallarni yoki
uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) va (yoki) ularni
keyinchalik qayta ishlash
uchun yagona texnologik loyiha nazarda tutilgan boʻlsa, litsenziyalangan bitta uchastkada amalga
oshirilayotgan faoliyatga tenglashtirilishi mumkin (bundan buyon matnda litsenziyalangan
uchastkalar guruhi deb yuritiladi). Bunda soliq toʻlovchi har bir litsenziyalangan uchastkada
amalga oshirilayotgan metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish)
boʻyicha faoliyatni bitta uchastkada amalga oshirilayotgan faoliyatga tenglashtirish toʻgʻrisidagi
qarorni unda litsenziyalangan uchastkalar roʻyxatini koʻrsatgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni
qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi bunday qarorni kelishishning qoʻshimcha shartlari va tartibini belgilashga
haqli. Qarorda koʻrsatilgan litsenziyalangan uchastkalar roʻyxati unga qoʻshimcha uchastkalarni
kiritish hisobiga kengaytirilishi mumkin emas.
(13-q.)
Soliq toʻlovchi ushbu moddaning oʻn ikkinchi qismida nazarda tutilgan qarorda
koʻrsatilgan, ilgari roʻyxatga kiritilgan, litsenziyalangan uchastkada
foydali qazilmalarni
(metallarni yoki uglevodorod xomashyosini) qazib olish va (yoki) texnogen mineral hosilalardan
foydalanish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomani (litsenziyani)
qaytargan, undan oʻzganing foydasiga voz kechgan yoki uni sotgan taqdirda, bunday uchastka
ushbu roʻyxatdan chiqarilishi lozim, bunday realizatsiya qilishdan olingan daromadlar esa uning
renta daromadini oshiradi.
(14-q.)
Agar aktivlarni yaratishga (olishga) sarflangan xarajatlar kapital xarajatlar tarkibida
hisobga olinib, ular keyinchalik boshqa shaxslarga realizatsiya qilinsa (berilsa) yoki ulardan qaysi
litsenziyalangan uchastka uchun yaratilgan (olingan) boʻlsa, oʻsha litsenziyalangan uchastka bilan
bir texnologik loyihaga kiritilmagan boshqa litsenziyalangan uchastkalarda foydalanilsa, bunday
realizatsiya qilishdan olingan daromadlar renta daromadini oshiradi.
(15-q.)
Soliq toʻlovchi renta daromadini har bir litsenziyalangan uchastkaga nisbatan
metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma
(litsenziya) olgan kundan eʼtiboran har bir soliq (hisobot) davri natijalari boʻyicha mustaqil
ravishda aniqlaydi.
(16-q.)
Renta daromadini aniqlash chogʻida tarixiy xarajatlar ushbu Kodeksning 454-4-
moddasida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida xarajatlar tarkibiga kiritiladi.
(17-q.)
Agar renta daromadini aniqlashda natija salbiy boʻlib qolsa, ushbu moddaning
birinchi qismida koʻrsatilgan xarajatlar va daromadlar oʻrtasidagi ijobiy
farq renta zarari deb
eʼtirof etiladi.