5) qimmatli qogʻozlar bozorining banklar boʻlmagan professional ishtirokchilari, bundan
ushbu konsolidatsiyalashgan guruhga kiruvchi boshqa barcha yuridik shaxslar qimmatli qogʻozlar
bozorining banklar deb hisoblanmaydigan professional ishtirokchilari boʻlgan hol mustasno;
6) foyda soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etilmaydigan yuridik shaxslar;
7) kliring tashkilotlari;
8) mikrokredit tashkilotlari.
(10-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi, faqat basharti ushbu moddada
nazarda tutilgan talablarni qanoatlantiradigan barcha yuridik shaxslar ushbu konsolidatsiyalashgan
guruhning ishtirokchilari boʻlsa, tashkil etilishi mumkin.
(11-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining tarkibi unga faqat
bunday talablarni qanoatlantiradigan ishtirokchilarning qoʻshib olinishi yoxud undan bunday
talablarni qanoatlantirmay qoʻygan ishtirokchilarning chiqarilishi hisobiga oʻzgarishi mumkin.
Mazkur talabni buzgan holda tashkil etilgan yoxud bu talabga muvofiq boʻlmay qolgan soliq
toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi gʻayriqonuniy ravishda tashkil etilgan yoxud ushbu
talab buzilgan sanadan eʼtiboran amal qilishi tugatilgan deb eʼtirof etiladi.
(12-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi kamida ikki kalendar yil
muddatga tashkil etiladi.