2) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi
shartnomaga bunday guruh tarkibidan ishtirokchilar chiqib ketishi bilan bogʻliq oʻzgartishlar
shartnomaga tegishli oʻzgartishlar kiritish uchun holatlar yuzaga kelgan yildan (agar ushbu
qismning 3-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa) keyingi kalendar yilning birinchi
kunidan kuchga kiradi;
3) boshqa hollarda soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish
toʻgʻrisidagi shartnomaga oʻzgartishlar uning taraflari koʻrsatgan sanadan eʼtiboran, lekin tegishli
oʻzgartishlar soliq organi tomonidan roʻyxatga olingan sanadan keyin keladigan sanada kuchga
kiradi.
(10-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi
shartnomaga majburiy oʻzgartishlarni kiritishdan boʻyin tovlash shartnomaga tegishli majburiy
oʻzgartishlar kuchga kirishi kerak boʻlgan kalendar yilning birinchi kunidan eʼtiboran
shartnomaning amal qilishi tugatilishiga sabab boʻladi.