-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi




Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/352
Sana21.05.2024
Hajmi2,93 Mb.
#248757
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   352
Bog'liq
soliq kodeksi 2023

61-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda matni) 
(1-q.)
Soliq toʻlovchilarning xoʻjalik faoliyati boʻyicha jami moliyaviy natijasini hisobga 
olgan holda foyda soligʻini (bundan buyon matnda soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhi boʻyicha foyda soligʻi deb yuritiladi) hisoblab chiqarish va toʻlash maqsadida, ushbu 
Kodeksda nazarda tutilgan tartib hamda shartlarda tegishli shartnoma asosidagi ixtiyoriy 
birlashmasi soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisida tuzilgan 
amaldagi shartnomaning tarafi boʻlgan va ushbu Kodeksda bunday guruh ishtirokchilari uchun 
nazarda tutilgan barcha shartlarni qanoatlantiradigan yuridik shaxs soliq toʻlovchilarning 
konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi deb eʼtirof etiladi. 
(3-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomaga muvofiq zimmasiga soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha 
foyda soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash majburiyati yuklatilgan ishtirokchi soliq toʻlovchilar 
konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi deb eʼtirof etiladi. 
(4-q.)
Koʻrsatilgan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlashga oid huquqiy munosabatlarda
foyda soligʻini toʻlovchilar kabi, soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul 
ishtirokchisi shunday huquqlarni amalga oshiradi va majburiyatlarni zimmasiga oladi. 
(5-q.)
Ushbu Kodeksga va Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligiga muvofiq 
tuzilgan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnoma soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul ishtirokchisining vakolatlarini 
tasdiqlovchi hujjatdir. 

Download 2,93 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   352




Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi

Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish