(9-q.)
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti faollashtirilganidan keyin to uning amal qilishi
toʻxtatib turilguniga qadar soliq organlari barcha hujjatlarni soliq toʻlovchiga faqat uning shaxsiy
kabineti orqali yuboradi. Soliq toʻlovchi hujjatlarni soliq organlariga xuddi shunday tartibda
yuboradi.
(10-q.)
Soliq organlari tomonidan hujjat va soliq toʻlovchiga soliq toʻlovchining shaxsiy
kabineti orqali yuborilishi chogʻida u koʻrsatgan mobil telefon raqamiga tegishli SMS-xabar
yuboriladi.
(11-q.)
Agar soliq organi tomonidan elektron hujjat soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga
yuborilganda soliq toʻlovchi shaxsiy kabinetining amal qilishi toʻxtatib turilganligi yoki elektron
raqamli imzo kalitining sertifikati tugatilganligi toʻgʻrisida maʼlumot olingan boʻlsa, mazkur hujjat
soliq toʻlovchiga ushbu maʼlumotlar olingan kundan eʼtiboran uch kun ichida qogʻozda yuboriladi.
(12-q.)
Ushbu Kodeksning 129-moddasi yettinchi va oʻn uchinchi qismlariga muvofiq soliq
organida hisobda turgan chet el yuridik shaxsi tomonidan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan
soliq organidan hujjatlarni (axborotni) olish hamda ushbu Kodeksning 282-moddasida
koʻrsatilgan xizmatlarni elektron shaklda koʻrsatishga taalluqli maʼlumotlarni soliq organiga
taqdim etish uchun foydalaniladi.
(13-q.)
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish imkoniyati chet el yuridik
shaxslariga ular soliq organlarida ushbu Kodeksning 129-moddasi yettinchi qismida nazarda
tutilgan tartibda hisobga qoʻyilgan kundan eʼtiboran beriladi. Bunday chet el yuridik shaxsi soliq
organida hisobdan chiqarilgan taqdirda soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish
huquqi soliq organlari soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan munosabatlardagi
oʻz vakolatlarini amalga oshirishi chogʻida foydalanadigan hujjatlarni olish uchun saqlanib qoladi.