Qonunchilikda notijorat tashkilot uchun belgilangan shaklda roʻyxatdan oʻtkazilgan,
quyidagi shartlarga muvofiq boʻlgan yuridik shaxs ushbu Kodeks maqsadida notijorat tashkilot
deb eʼtirof etiladi, agar:
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
daromad olish maqsadiga ega boʻlmasa;
daromadlarni yoki mol-mulkni ishtirokchilari (aʼzolari) oʻrtasida taqsimlamasa.
59-modda. Ijtimoiy sohada faoliyatn
amalga oshiruvchi yuridik shaxslar
(1-q.)
Ushbu Kodeks maqsadida quyidagi sohalarda faoliyat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar
ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar jumlasiga kiradi:
1) tegishli litsenziya asosida tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar
(bundan kosmetologiya xizmatlari mustasno). Tibbiy xizmatlar jumlasiga, ushbu bandni qoʻllash
maqsadida,
quyidagilar kiradi, xususan, tibbiy yordam xizmatlari va sanitariya xizmatlari
koʻrsatish:
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
a) tashxis qoʻyish, profilaktika va davolash
xizmatlari;
b) stomatologik xizmatlar, shu jumladan tish protezlarini oʻrnatish xizmatlari;
2) taʼlimga oid xizmatlar, shu jumladan testlar va imtihonlar oʻtkazishni tashkil etish;
3) ilm-fan sohasidagi vakolatli organ tomonidan akkreditatsiya qilingan ilmiy va (yoki)
ilmiy-texnikaviy faoliyat subyektlari tomonidan fan sohasida amalga oshiriladigan faoliyat (shu
jumladan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, muallif tomonidan ilmiy-intellektual mulkdan foydalanish,
jumladan uni realizatsiya qilish);
4) jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xizmatlar. Bunday xizmatlarga, xususan, quyidagilar
kiradi:
a) sport inshootlarida, maktablarda, sogʻlomlashtirish yoʻnalishidagi
klublarda jismoniy
tarbiya va sport mashgʻulotlarini sport turlari boʻyicha oʻquv guruhlari hamda jamoalarida
oʻtkazish xizmatlari, umumjismoniy tayyorgarlik xizmatlari;
b) sport
musobaqalari yoki bayramlarini, sport-tomosha tadbirlarini oʻtkazish xizmatlari,
shuningdek ushbu tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish uchun sport inshootlarini
ijaraga berish;
v) sport-texnika asbob-uskunalarini, trenajyorlarni, anjomlarni, sport kiyim-boshlarini berib
turish boʻyicha xizmatlar;
5) bolalarni, keksalarni va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish hamda
ularning ijtimoiy taʼminoti sohasidagi xizmatlar.
(2-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan
shaxslar, ularning tegishli faoliyat
turlaridan olingan daromadlari tekin olingan mol-mulk tarzidagi daromadlar hisobga olingan holda
jami yillik daromadining kamida 90 foizini tashkil etishi sharti bilan, ijtimoiy sohada faoliyatni
amalga oshiruvchi shaxslar deb eʼtirof etiladi.
(3-q.)
Aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga va realizatsiya qilishga doir
faoliyatdan daromadlar oluvchi, shuningdek foydali qazilmalarni qazib
olishni amalga oshiruvchi
yuridik shaxslar ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar jumlasiga kirmaydi.