• 69-modda. Soliqlarning elementlari
  • 70-modda. Soliq solish obyekti
  • 71-modda. Soliq bazasi
  • 72-modda. Soliq stavkasi
  • Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/352
    Sana21.05.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #248757
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   352
    Bog'liq
    soliq kodeksi 2023

    6-BOB. SOLIQLARNING ELEMENTLARI 
    69-modda. Soliqlarning elementlari 
    70-modda. Soliq solish obyekti 
    71-modda. Soliq bazasi 
    72-modda. Soliq stavkasi 
    73-modda. Soliq davri 
    74-modda. Soliqlar va yigʻimlarni 
    hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi 
    75-modda. Soliq imtiyozlari 
    69-modda. Soliqlarning elementlari 
    (1-q.)
    Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda soliqning barcha elementlari aniqlab qoʻyilgan 
    taqdirdagina ushbu soliq belgilangan deb hisoblanadi. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son 
    Qonuni tahriridagi qism) 
    (2-q.)
    Bunday soliq elementlariga quyidagilar kiradi: 
    1) soliq solish obyekti
    2) soliq bazasi; 
    3) soliq stavkasi
    4) soliq davri; 
    5) soliqni hisoblab chiqarish tartibi
    6) soliq hisobotini taqdim etish tartibi; 
    7) soliqni toʻlash tartibi. 
    (3-q.)
    Soliqni belgilashda soliq imtiyozlari va ularning qoʻllanilishi uchun asoslar nazarda 
    tutilishi mumkin. 
    70-modda. Soliq solish obyekti 
    (1-q.)
    Soliq solish obyekti mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki qiymat, miqdoriy yoki 
    fizik xususiyatga ega boʻlgan boshqa holat boʻlib, u mavjud boʻlganda soliq toʻgʻrisidagi 
    qonunchilik soliq toʻlovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-
    683-son Qonuni tahriridagi qism) 
    (2-q.)
    Har bir soliq ushbu Kodeksning Maxsus qismiga muvofiq belgilanadigan mustaqil 
    soliq solish obyektiga ega boʻladi. 
    71-modda. Soliq bazasi 
    (1-q.)
    Soliq bazasi soliq solish obyektining qiymat, fizik yoki boshqa xususiyatini ifodalaydi. 


    (2-q.)
    Har bir soliq uchun soliq bazasi va uni aniqlash tartibi ushbu Kodeks bilan belgilanadi. 
    72-modda. Soliq stavkasi 
    (1-q.)
    Soliq stavkasi soliq bazasining oʻlchov birligiga nisbatan hisoblanadigan soliqning 
    foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorini ifodalaydi. 
    (2-q.)
    Soliq stavkalari ushbu Kodeks bilan belgilanadi. Aksiz soligʻining stavkalari
    mahsulot narxi dinamikasidan va uni realizatsiya qilish, shu jumladan import qilish hajmidan kelib 
    chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan yil davomida qayta koʻrib 
    chiqilishi mumkin. 
    (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi 
    tahririga qarang) 
    OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son
    Qonuniga 
    muvofiq uchinchi qism chiqarib tashlangan 
    (3-q.) Aksiz soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va qatʼiy 
    belgilangan summada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari Oʻzbekiston 
    Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuni bilan belgilanadi. Aksiz soligʻining 
    stavkalari, mahsulot narxi dinamikasidan va realizatsiya qilish hajmidan kelib chiqib, Oʻzbekiston 
    Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan yil davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish