• 156-modda. Soliq auditi natijalarini rasmiylashtirish
  • Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet113/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    18-BOB. SOLIQ TEKSHIRUVLARINING VA 
    SOLIQ NAZORATI BOSHQA CHORALARINING 
    HUQUQIY OQIBATLARI 
    156-modda. Soliq auditi natijalarini rasmiylashtirish 
    157-modda. Soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi 
    ishlarni koʻrib chiqish tartibi 
    158-modda. Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi 
    materiallarini koʻrib chiqish tartibi 
    159-modda. Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi 
    materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha 
    qaror qabul qilish 
    160-modda. Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi 
    materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha 
    qarorning kuchga kirishi 
    161-modda. Taʼminlash choralari 
    162-modda. Soliq organlari qarorlarini ijro 
    etishning oʻziga xos xususiyatlari 
    163-modda. Shikoyat qilinganda soliq organlari 
    qarorlarini ijro etish 
    164-modda. Soliq organlarining qarorlarini ijro etish 
    165-modda. Soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi 
    ishlar boʻyicha ish yuritish 
    166-modda. Soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi 
    materiallar boʻyicha qaror qabul qilish 
    167-modda. Moliyaviy sanksiyani undirish toʻgʻrisidagi ariza 
    168-modda. Moliyaviy sanksiyalarni undirish toʻgʻrisidagi 
    ishlarni koʻrib chiqish va qarorlarni ijro etish 
    156-modda. Soliq auditi natijalarini 
    rasmiylashtirish 


    (1-q.)
    Soliq auditi natijalariga koʻra soliq organlarining ushbu tekshiruvni oʻtkazgan 
    vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan soliq auditi dalolatnomasi tuzilishi kerak. 
    (2-q.)
    Soliq auditi dalolatnomasida quyidagilar koʻrsatiladi: 
    1) soliq auditi dalolatnomasini tuzish sanasi - ushbu tekshiruvni oʻtkazgan shaxslar 
    tomonidan dalolatnoma imzolangan sana; 
    2) tekshirilayotgan shaxsning toʻliq va qisqartirilgan nomi yoki familiyasi, ismi, otasining 
    ismi. Yuridik shaxs uning alohida boʻlinmasi joylashgan yerda tekshirilgan taqdirda yuridik 
    shaxsning nomidan tashqari tekshirilayotgan alohida boʻlinmaning toʻliq va qisqartirilgan nomi 
    hamda uning joylashgan yeri koʻrsatiladi; 
    3) oʻzlari vakili boʻlgan soliq organining nomi koʻrsatilgan holda soliq auditini oʻtkazgan 
    shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning lavozimlari
    4) soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) soliq auditi oʻtkazish toʻgʻrisidagi 
    buyrugʻi sanasi va raqami; 
    5) soliq auditi davomida tekshirilayotgan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati; 
    6) soliq auditi oʻtkazilgan davr; 
    7) soliq auditi qaysi soliqqa nisbatan oʻtkazilgan boʻlsa, oʻsha soliqning nomi; 
    8) soliq auditi boshlangan va tugagan sana; 
    9) yuridik shaxs joylashgan yerning yoki jismoniy shaxs yashash joyining manzili; 
    10) soliq auditini amalga oshirish chogʻida oʻtkazilgan soliq nazorati tadbirlari toʻgʻrisidagi 
    maʼlumotlar; 
    11) soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning tegishli normasiga havola qilgan holda soliqqa oid 
    huquqbuzarlikning (u mavjud boʻlgan taqdirda) batafsil tavsifi; 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-
    son Qonuni tahriridagi band) 
    12) soliq auditi natijalari boʻyicha xulosalar va takliflar. 
    (3-q.)
    Agar oʻtkazilgan soliq auditi natijalariga koʻra soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning 
    buzilishlari aniqlanmagan boʻlsa, bu haqda soliq auditi dalolatnomasida qayd etiladi. 
    (OʻzR 
    21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
    (4-q.)
    Soliq auditi dalolatnomasiga tekshiruv davomida aniqlangan soliq toʻgʻrisidagi 
    qonunchilikning buzilishlari faktlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. 
    OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
    (5-q.)
    Soliq auditi dalolatnomasi shaklini va uni tuzishga doir talablarni Oʻzbekiston 
    Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilaydi. 
    (6-q.)
    Soliq auditi dalolatnomasi kamida uch nusxada tuziladi. 
    (7-q.)
    Soliq auditi dalolatnomasining barcha nusxalari soliq organining soliq auditini 
    oʻtkazgan mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi. Soliq auditi dalolatnomasining bir nusxasi 
    soliq toʻlovchiga tekshiruv tugaganidan keyin uch kun ichida topshiriladi. Soliq toʻlovchi 
    dalolatnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani koʻrsatgan holda soliq auditi dalolatnomasini 
    olganligiga imzo qoʻyishi shart. Soliq auditi dalolatnomasining soliq organida qolgan nusxalari 
    soliq auditi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi. 
    (8-q.)
    Soliq toʻlovchining soliq auditi dalolatnomasidagi imzosi uning soliq auditi 
    natijalariga roziligini bildirmaydi. 
    (9-q.)
    Soliq toʻlovchi (uning vakili) soliq auditi dalolatnomasini olishdan bosh tortgan 
    taqdirda, soliq organining mansabdor shaxsi bu haqda soliq auditi dalolatnomasiga tegishli yozuv 
    kiritadi. Bunday holda soliq auditi dalolatnomasining bir nusxasi soliq toʻlovchiga yuridik shaxs 


    (alohida boʻlinma) joylashgan yer boʻyicha yoki jismoniy shaxsning yashash joyi boʻyicha pochta 
    orqali buyurtma xat bilan yuboriladi. 
    (10-q.)
    Soliq auditi dalolatnomasi pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan taqdirda 
    buyurtma xat yuborilgan sanadan boshlab hisoblaganda beshinchi kun ushbu dalolatnoma 
    topshirilgan sana deb hisoblanadi. 
    (11-q.)
    Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga 
    oshirmaydigan chet el yuridik shaxsiga (bundan xalqaro tashkilot yoki diplomatik vakolatxona 
    mustasno) soliq auditi dalolatnomasi pochta orqali Oʻzbekiston Respublikasi soliq 
    toʻlovchilarining yagona reestridagi manzil boʻyicha buyurtma xat bilan yuboriladi. Buyurtma xat 
    yuborilgan sanadan boshlab hisoblaganda yigirmanchi kun ushbu dalolatnoma topshirilgan sana 
    deb hisoblanadi. 
    (12-q.)
    Oʻziga nisbatan soliq auditi oʻtkazilgan shaxs (uning vakili) soliq tekshiruvi 
    dalolatnomasida bayon etilgan faktlarga va (yoki) tekshiruvchilarning xulosalari hamda 
    takliflariga rozi boʻlmagan taqdirda, soliq auditi dalolatnomasini olgan kundan eʼtiboran oʻn kun 
    ichida tegishli soliq organiga mazkur dalolatnoma boʻyicha umuman yoki uning ayrim holatlari 
    yuzasidan yozma eʼtirozlarini taqdim etishga haqli. 
    (13-q.)
    Soliq toʻlovchi oʻz eʼtirozlarining asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning 
    tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini) yozma eʼtirozlarga ilova qilishga yoki kelishilgan muddatda 
    soliq organiga topshirishga haqli. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish