-modda. Soliq organlarining majburiyatlari




Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/352
Sana19.01.2024
Hajmi2,93 Mb.
#141154
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039
Mustaqil ish, Mustaqil ish1, 2-11 Tarmoq texnologiyalari-2018, Murod fizika 5, 3D texnologiyalar sillabus 3 kurs 22-23, Amaliyot-2, ing1, umumta-lim-maktablarida-uyadosh-so-zlarni-o-qitish, Abdullayeva Ambarjon Artikbayevna , Reja Akustika Nutq organlari va ularning vazifalari Fonеtika va-azkurs.org, 1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja-fayllar.org, Tеmpеramеntning psixologik tavsifi Temperament turlari Temperame-fayllar.org, 1 Telekommunikasiyalarda servislarni ta’minlash va tarmoqni tashkil etish, Amaliyot hisoboti
27-modda. Soliq organlarining majburiyatlari 


(1-q.)
Soliq organlari: 
soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etishi; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni 
tahriridagi xatboshi) 
soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab 
chiqarilishi, toʻliq hamda oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
soliq toʻlovchilar, soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlar, hisoblangan 
va toʻlangan soliqlar toʻliq va oʻz vaqtida hisobga olinishini taʼminlashi; 
soliq tekshiruvlarini oʻtkazishda soliq toʻlovchilarga ularning huquqlari va majburiyatlari 
toʻgʻrisida maʼlumot berishi, shuningdek oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari toʻgʻrisida xabardor 
qilishi; 
soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qoʻmitasining rasmiy veb-saytida oʻz vaqtida eʼlon qilishi; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son 
Qonuni tahriridagi xatboshi) 
soliq toʻlovchilarga soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni ijro etishida yordam berishi, soliq 
toʻgʻrisidagi qonunchilik normalarini va soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibini tushuntirishi; 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
coliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi faktlarini tahlil qilishi va baholashi, soliqqa oid 
huquqbuzarliklarga olib keladigan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi takliflarni 
tegishli davlat organlariga kiritishi; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi 
xatboshi) 
huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi 
kurashishga doir uzoq muddatli va joriy dasturlarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi; 
soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa 
axborotni oʻrganishi; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan pul mablagʻlarining toʻliq 
va oʻz vaqtida tushishini nazorat qilishi; 
masalani hal etish soliq organlari vakolatlari doirasiga kirmaydigan hollarda soliq 
toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi faktlari boʻyicha materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi 
organlarga topshirishi; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
oʻz vakolatlari doirasida valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning 
belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilishi
soliq siriga rioya etishi va uning saqlanishini taʼminlashi; 
soliq toʻlovchining talabiga binoan soliqlarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyatining 
bajarilishi yuzasidan solishtirma dalolatnoma tuzishi; 
ushbu Kodeksga muvofiq soliq qarzi summasini soʻzsiz undirishi; 
yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarini 
hisobga olishi, ularga soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamini berishi hamda bu haqda 
statistika va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga rasmiy ravishda maʼlum qilishi; 
soliq toʻlovchining talabiga binoan uning soliq organlarida hisobga qoʻyilganligini 
tasdiqlovchi maʼlumotnomani berishi; 
soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining yozma tushuntirishlariga amal qilishi shart. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-
son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
(2-q.)
Soliq organlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham 
boʻlishi mumkin. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 

Download 2,93 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   352




Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Soliq organlarining majburiyatlari

Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish