• 32-modda. Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari
  • -modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    31-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar 
    (1-q.)
    Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda 
    tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi. 
    (2-q.)
    Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi, biroq 
    yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtmagan jismoniy shaxslarga soliq solish va ularga 
    nisbatan javobgarlik choralarini qoʻllash maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaraladi. 
    32-modda. Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari 
    (1-q.)
    Quyidagilar yuridik shaxslardir: 
    1) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxslar 
    (Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari); 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni 
    tahriridagi band) 


    2) chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan, fuqarolik huquqiy layoqatiga 
    ega boʻlgan chet el yuridik shaxslari (shu jumladan kompaniyalar va boshqa korporativ 
    tuzilmalar); 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
    3) xalqaro tashkilotlar. 
    (2-q.)
    Yuridik shaxsning hududiy jihatdan alohida boʻlgan, turgan yeri boʻyicha doimiy ish 
    joylari jihozlangan har qanday boʻlinmasi Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsining alohida 
    boʻlinmasidir. 
    (3-q.)
    Yuridik shaxsning alohida boʻlinmasini eʼtirof etish, unga qanday vakolatlar 
    berilganligidan va uning tashkil etilishi boʻyicha yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida yoki boshqa 
    tashkiliy-boshqaruv hujjatlarida aks ettirilganligi yoki aks ettirilmaganligidan qatʼi nazar, amalga 
    oshiriladi. 
    (4-q.)
    Agar ish joyi bir oydan ortiq muddatga yaratilgan boʻlsa, u doimiy hisoblanadi. 
    (5-q.)
    Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi alohida boʻlinmasining joylashgan yeri 
    ushbu yuridik shaxs mazkur alohida boʻlinma orqali faoliyat olib boradigan joydir. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish