-modda. Oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxslar




Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/352
Sana19.01.2024
Hajmi2,93 Mb.
#141154
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039
Mustaqil ish, Mustaqil ish1, 2-11 Tarmoq texnologiyalari-2018, Murod fizika 5, 3D texnologiyalar sillabus 3 kurs 22-23, Amaliyot-2, ing1, umumta-lim-maktablarida-uyadosh-so-zlarni-o-qitish, Abdullayeva Ambarjon Artikbayevna , Reja Akustika Nutq organlari va ularning vazifalari Fonеtika va-azkurs.org, 1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja-fayllar.org, Tеmpеramеntning psixologik tavsifi Temperament turlari Temperame-fayllar.org, 1 Telekommunikasiyalarda servislarni ta’minlash va tarmoqni tashkil etish, Amaliyot hisoboti
37-modda. Oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxslar 
(1-q.)
Agar shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarning oʻziga xos xususiyatlari ushbu shaxslar 
tuzadigan bitimlarning shartlariga va (yoki) natijalariga va (yoki) ushbu shaxslar faoliyatining 
iqtisodiy natijalariga yoki oʻzlarini vakil qilgan shaxslarning faoliyatiga taʼsir koʻrsatsa, ushbu 
qismda koʻrsatilgan shaxslar soliq solish maqsadlarida oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxslar deb eʼtirof 
etiladi. 
(2-q.)
Shaxslarning oʻzaro bogʻliqligini eʼtirof etish uchun bir shaxsning boshqa shaxslar 
kapitalida ular oʻrtasida tuzilgan bitimga muvofiq ishtirok etishi tufayli yoxud bir shaxsning 
boshqa shaxslar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilashda boshqacha imkoniyati mavjud 
boʻlganda koʻrsatilishi mumkin boʻlgan taʼsir inobatga olinadi. Bunday taʼsir, u bitta shaxs 
tomonidan bevosita va mustaqil ravishda yoki shaxsning ushbu moddaga muvofiq oʻzaro bogʻliq 
deb eʼtirof etiladigan oʻzaro bogʻliq shaxslari bilan birgalikda koʻrsatilishi mumkinligidan yoki 
mumkin emasligidan qatʼi nazar, inobatga olinadi. 
(3-q.)
Ushbu Kodeksning maqsadlarida mazkur moddaning birinchi va ikkinchi qismlari 
inobatga olingan holda quyidagilar oʻzaro bogʻliq shaxslar deb eʼtirof etiladi: 
1) yuridik shaxslar, agar bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsda bevosita va (yoki) 
bilvosita ishtirok etsa va bunday ishtirokning ulushi 20 foizdan ortiqni tashkil etsa; 
2) jismoniy shaxs va yuridik shaxs, agar jismoniy shaxs ushbu yuridik shaxsda bevosita va 
(yoki) bilvosita ishtirok etsa hamda bunday ishtirokning ulushi 20 foizdan ortiqni tashkil etsa; 


3) yuridik shaxslar, agar ayni bir shaxs bevosita va (yoki) bilvosita ushbu yuridik shaxslarda 
ishtirok etsa va har bir yuridik shaxsdagi bunday ishtirokning ulushi 20 foizdan ortiqni tashkil etsa; 
4) yuridik shaxs va ushbu yuridik shaxsning yakka tartibdagi ijro etuvchi organi tayinloviga 
(sayloviga) koʻra yoki ushbu yuridik shaxsning kollegial ijro etuvchi organi yoki direktorlar 
kengashi (kuzatuv kengashi) tarkibi kamida 50 foizining tayinloviga (sayloviga) koʻra 
vakolatlarga ega boʻlgan shaxs (shu jumladan jismoniy shaxs). Jismoniy shaxs bilan bogʻliq holda, 
uning vakolatlarini belgilash chogʻida jismoniy shaxsning ushbu qismning 11-bandida 
koʻrsatilgan oʻzaro bogʻliq shaxslari bilan birgalikdagi vakolatlari ham inobatga olinadi; 
5) kollegial ijro etuvchi organ yoki direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) tarkibining 
kamida 50 foizi ayni bir shaxsning (shu jumladan jismoniy shaxsning) qaroriga koʻra tayinlangan 
yoki saylangan yuridik shaxslar. Jismoniy shaxs bilan bogʻliq holda esa, ushbu shaxsning 
qarorlarini belgilash chogʻida uning ushbu qismning 11-bandida koʻrsatilgan oʻzaro bogʻliq 
shaxslari bilan birgalikda qabul qilingan qarorlari ham inobatga olinadi; 
6) kollegial ijro etuvchi organ yoki direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) tarkibining 50 
foizdan ortigʻini ayni bir jismoniy shaxslar tashkil etadigan yuridik shaxslar. Bunda jismoniy 
shaxsning bevosita ishtiroki ushbu qismning 11-bandida koʻrsatilgan shaxs bilan oʻzaro bogʻliq 
shaxslarning ishtirokiga tenglashtiriladi; 
7) yuridik shaxs va uning yakka tartibdagi ijro etuvchi organi vakolatlarini amalga 
oshiruvchi shaxs; 
8) yakka tartibdagi ijro etuvchi organning vakolatlari ayni bir shaxs tomonidan amalga 
oshiriladigan yuridik shaxslar; 
9) yuridik shaxslar va (yoki) jismoniy shaxslar, agar ushbu shaxslarning biri boshqa shaxsda 
bevosita ishtirok etishini aks ettiruvchi ketma-ketlikda har bir ilgarigi shaxsning keyingi yuridik 
shaxsdagi bevosita ishtiroki 50 foizdan ortiqni tashkil etsa; 
10) jismoniy shaxslar, agar bir jismoniy shaxs boshqa jismoniy shaxsga lavozim mavqei 
boʻyicha boʻysunsa; 
11) jismoniy shaxs, uning eri (xotini), ota-onasi (shu jumladan uni farzandlikka olgan ota-
onasi), erining (xotinining) ota-onasi, farzandlari (shu jumladan u farzandlikka olgan farzandlar), 
toʻliq va toʻliq boʻlmagan qarindosh aka-ukalari va opa-singillari, shuningdek vasiysi (homiysi) 
va jismoniy shaxs homiyligidagi shaxs. 
(4-q.)
Jismoniy shaxsning va uning ushbu moddaning uchinchi qismi 11-bandida 
koʻrsatilgan oʻzaro bogʻliq shaxslarining yuridik shaxsda ishtirok etishining jami ulushi ushbu 
moddaning maqsadi uchun jismoniy shaxsning ushbu yuridik shaxsda ishtirok etishi ulushi deb 
eʼtirof etiladi. 
(5-q.)
Agar shaxslar tomonidan tuziladigan bitimlarning shartlariga va (yoki) natijalariga va 
(yoki) bu shaxslar faoliyatining iqtisodiy natijalariga bir yoki bir nechta boshqa shaxslar 
tomonidan ularning bozordagi ustun mavqei tufayli yoxud boshqa shunga oʻxshash holatlar tufayli 
taʼsir koʻrsatilsa, bunday taʼsir shaxslarni oʻzaro bogʻliq deb eʼtirof etish uchun asos boʻlmaydi. 
(6-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining Oʻzbekiston yuridik shaxslaridagi bevosita va (yoki) 
bilvosita ishtiroki bunday yuridik shaxslarni oʻzaro bogʻliq deb eʼtirof etish uchun oʻz-oʻzidan 
asos boʻlmaydi. Mazkur yuridik shaxslar ushbu moddada nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra 
oʻzaro bogʻliq deb eʼtirof etilishi mumkin. 
(7-q.)
Agar oʻzaro bogʻliq shaxslar oʻrtasidagi munosabatlar ushbu moddaning birinchi va 
ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan belgilarga ega boʻlsa, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda 
tutilmagan boshqa asoslar boʻyicha shaxslarni oʻzaro bogʻliq deb eʼtirof etish sud tomonidan 
amalga oshiriladi. 



Download 2,93 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   352




Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxslar

Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish