• 34-modda. Chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqariladigan joy
  • -modda. Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    33-modda. Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari 
    boʻlgan yuridik shaxslar. Oʻzbekiston Respublikasining 
    norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar 
    (1-q.)
    Quyidagi yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlaridir: 
    1) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; 
    2) Oʻzbekiston Respublikasining soliq solish masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalariga 
    muvofiq ushbu xalqaro shartnomalarni qoʻllash maqsadlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining 
    soliq rezidentlari deb eʼtirof etilgan chet el yuridik shaxslari
    3) haqiqatdagi boshqaruv joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan chet el yuridik shaxslari, 
    agar Oʻzbekiston Respublikasining soliq masalalari boʻyicha xalqaro shartnomasida boshqacha 
    qoida nazarda tutilmagan boʻlsa. 
    (2-q.)
    Ushbu moddaning birinchi qismi 3-bandining maqsadlari uchun chet el yuridik shaxsi 
    haqiqatda boshqariladigan joy ushbu Kodeksning 34-moddasi qoidalariga muvofiq belgilanadi. 
    (3-q.)
    Investitsiya fondining (pay fondining yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirish 
    boshqa shaklining) boshqaruvchi kompaniyasini Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb 
    eʼtirof etish ushbu investitsiya fondini (pay fondini yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga 
    oshirishning boshqa shaklini) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etish uchun 
    asos boʻlmaydi. Mazkur fondlar (jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shakllari) 
    boshqaruvchi sheriklar yoki boshqa shaxslar tomonidan boshqarilgan taqdirda ham shunday 
    qoidalar qoʻllaniladi. 
    (4-q.)
    Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari boʻlmagan yuridik shaxslar 
    Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari deb eʼtirof etiladi. 
    34-modda. Chet el yuridik shaxsi haqiqatda 
    boshqariladigan joy 


    (1-q.)
    Quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasiga rioya qilingan taqdirda, Oʻzbekiston 
    Respublikasi chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqariladigan joy deb eʼtirof etiladi: 
    1) uning ijro etuvchi organi (ijro etuvchi organlari) oʻz faoliyatini ushbu yuridik shaxsga 
    nisbatan muntazam ravishda Oʻzbekiston Respublikasidan turib amalga oshiradi. Bunda 
    Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatning boshqa davlatdagiga (davlatlardagiga) nisbatan 
    sezilarli darajada kam hajmda amalga oshirilishi faoliyatni muntazam ravishda amalga oshirish 
    deb eʼtirof etilmaydi; 
    2) uning asosiy (rahbar) mansabdor shaxslari (faoliyatni rejalashtirish va nazorat qilishga, 
    korxona faoliyatini boshqarishga va buning uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olishga vakolatli 
    boʻlgan shaxslari) ushbu yuridik shaxsni rahbarlik asosida boshqarishni asosan Oʻzbekiston 
    Respublikasida amalga oshiradi. Bunda rahbarlik asosida boshqarish jumlasiga, xususan, ushbu 
    chet el yuridik shaxsining joriy faoliyatiga doir boʻlgan, boshqaruvning ijro organlari vakolatlariga 
    kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish va boshqa harakatlarni amalga oshirish kiradi. 
    (2-q.)
    Oʻzbekiston Respublikasida quyidagi faoliyatni amalga oshirish Oʻzbekiston 
    Respublikasining chet el yuridik shaxsini haqiqatda boshqarish joyi sifatida eʼtirof etishga sabab 
    boʻlmaydi: 
    1) aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishining vakolatiga kiradigan masalalar 
    boʻyicha qarorlar tayyorlash va (yoki) qabul qilish; 
    2) direktorlar kengashining majlisini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish; 
    3) chet el yuridik shaxsining faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish doirasida alohida 
    funksiyalarni amalga oshirish. 
    (3-q.)
    Alohida funksiyalarni amalga oshirishga, xususan, strategik rejalashtirish, 
    budjetlashtirish, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hamda boshqaruv hisobotini tayyorlash va 
    tuzish, ushbu chet el yuridik shaxsining faoliyatini tahlil qilish, ichki audit hamda ichki nazorat, 
    shuningdek standartlar, uslubiyatlar va (yoki) siyosatlarni qabul qilish (maʼqullash) kiradi. 
    (4-q.)
    Chet el yuridik shaxsining faoliyatiga nisbatan quyidagi shartlarga bir vaqtning oʻzida 
    rioya etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi ushbu yuridik shaxs haqiqatda boshqariladigan 
    joy deb eʼtirof etilmaydi: 
    1) faoliyat oʻzi doimiy joylashgan yerdagi davlatda (uning hududida) oʻzining malakali 
    xodimlari va aktivlaridan foydalangan holda amalga oshirilganda; 
    2) faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi bilan soliq solish masalalariga doir amaldagi xalqaro 
    shartnomaga ega boʻlgan chet davlat hududida amalga oshirilganda. 
    (5-q.)
    Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shartlarning bajarilganligi hujjatlar 
    bilan tasdiqlanishi kerak. 
    (6-q.)
    Agar ushbu moddaning birinchi qismi 1-bandida va (yoki) 2-bandida belgilangan 
    shartlar bir vaqtning oʻzida ham Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan, ham biror-bir chet davlatga 
    nisbatan bajarilayotganligi hujjatlar bilan tasdiqlansa, agar chet el yuridik shaxsiga nisbatan 
    quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilayotgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi 
    chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqarilayotgan joy deb eʼtirof etiladi: 
    1) .buxgalteriya yoki boshqaruv hisobini yuritish (bundan konsolidatsiyalashgan moliyaviy 
    hamda boshqaruv hisobotlarini tayyorlash va tuzishga, shuningdek uning faoliyatini tahlil qilishga 
    doir harakatlar mustasno) Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan boʻlsa; 
    2) ish yuritish Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan boʻlsa; 
    3) xodimlarni operativ boshqarish Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan 
    boʻlsa. 



    Download 2,93 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish