• 24-modda. Soliq toʻlovchining vakillari
  • Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining




    Download 2.93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2.93 Mb.
    #141154
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039
    Mustaqil ish, Mustaqil ish1, 2-11 Tarmoq texnologiyalari-2018, Murod fizika 5, 3D texnologiyalar sillabus 3 kurs 22-23, Amaliyot-2, ing1, umumta-lim-maktablarida-uyadosh-so-zlarni-o-qitish, Abdullayeva Ambarjon Artikbayevna , Reja Akustika Nutq organlari va ularning vazifalari Fonеtika va-azkurs.org, 1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja-fayllar.org, Tеmpеramеntning psixologik tavsifi Temperament turlari Temperame-fayllar.org, 1 Telekommunikasiyalarda servislarni ta’minlash va tarmoqni tashkil etish, Amaliyot hisoboti
    23-modda. Soliq agentlari 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda matni) 


    (1-q.)
    Ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga soliqlarni hisoblab chiqarish, soliq toʻlovchidan 
    ushlab qolish va budjet tizimiga oʻtkazish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq agentlari deb 
    eʼtirof etiladi. 
    (2-q.) 
    Soliq agentlari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 
    soliq toʻlovchilar kabi huquqlarga ega boʻladi. 
    (3-q.)
    Soliq agentlari: 
    soliqlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda budjet tizimiga 
    oʻtkazishi; 
    soliq organlariga soliqni ushlab qolish imkoniyati yoʻqligi va soliq toʻlovchining soliq qarzi 
    summasi toʻgʻrisida bunday holatlar soliq agentiga maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran bir oy ichida 
    yozma ravishda yoki elektron shaklda xabar qilishi; 
    hisoblangan va toʻlangan daromadlarning, hisoblab chiqarilgan, ushlab qolingan va budjet 
    tizimiga oʻtkazilgan soliqlarning hisobini har bir soliq toʻlovchi boʻyicha alohida yuritishi
    soliqlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, ushlab qolinishi va oʻtkazilishi ustidan nazoratni 
    amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etishi; 
    soliq hisobotlarining hamda soliqlarni hisoblab chiqarish, ushlab qolish va oʻtkazish uchun 
    zarur boʻlgan boshqa hujjatlarning ushbu Kodeksning 88-moddasida nazar tutilgan daʼvo muddati 
    mobaynida but saqlanishini taʼminlashi shart. 
    (4-q.)
    Soliq agentlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham 
    boʻlishi mumkin. 
    24-modda. Soliq toʻlovchining vakillari 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda matni) 
    (1-q.)
    Soliq toʻlovchi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 
    soliq munosabatlarida qonuniy yoki vakolatli vakil orqali ishtirok etishga haqli. 
    (2-q.)
    Vakilning vakolatlari ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilikka muvofiq hujjatlar 
    bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. 
    (3-q.)
    Yuridik shaxs boʻlgan soliq toʻlovchining qonuniy vakili deb ushbu yuridik shaxsga 
    qonun yoki uning taʼsis hujjatlari asosida vakillik qilishga vakolatli shaxslar eʼtirof etiladi. 
    (4-q.) 
    Jismoniy shaxs boʻlgan soliq toʻlovchining qonuniy vakili deb fuqarolik 
    qonunchilikka muvofiq uning vakillari sifatida faoliyat olib boradigan shaxslar eʼtirof etiladi. 
    (5-q.)
    Yuridik shaxs qonuniy vakillarining mazkur yuridik shaxsning soliq munosabatlarida 
    ishtirok etishi munosabati bilan sodir etilgan harakatlari (harakatsizligi) ushbu yuridik shaxsning 
    harakati (harakatsizligi) hisoblanadi. 
    (6-q.)
    Soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan tartibda soliq organlari, bojxona organlari va 
    soliq munosabatlarining boshqa ishtirokchilari bilan munosabatlarda oʻz manfaatlarini ifodalash 
    vakolati berilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki boshqa shaxslar soliq toʻlovchining 
    vakolatli vakillari boʻlishi mumkin. 
    (7-q.)
    Yuridik shaxs boʻlgan soliq toʻlovchining vakolatli vakili, agar ushbu Kodeksda 
    boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻz vakolatlarini tuzilgan shartnoma yoki fuqarolik 
    qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan ishonchnoma asosida amalga oshiradi. 


    (8-q.)
    Jismoniy shaxs boʻlgan soliq toʻlovchining vakolatli vakili oʻz vakolatlarini fuqarolik 
    qonunchilikka muvofiq notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida amalga oshiradi. 
    (9-q.)
    Soliq, moliya, bojxona va boshqa davlat organlarining mansabdor shaxslari soliq 
    toʻlovchining vakolatli vakillari boʻla olmaydi. 
    (10-q.)
    Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi qonun 
    asosida soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi barcha ishtirokchilarining vakolatli vakili 
    hisoblanadi. 
    (11-q.)
    Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi shartnoma 
    qoidalaridan qatʼi nazar, ushbu guruhning masʼul ishtirokchisi quyidagilar bilan bogʻliq huquqiy 
    munosabatlarda mazkur konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalashga 
    haqli: 
    soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi shartnomani soliq 
    organlarida roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek ushbu shartnomaga oʻzgartirish kiritish, 
    shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror va uni tugatish bilan bogʻliq 
    huquqiy munosabatlarda
    soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisidan soliq toʻlovchilarning 
    konsolidatsiyalashgan guruhi uchun foyda soligʻi boʻyicha qarzlarni majburiy undirish bilan 
    bogʻliq huquqiy munosabatlarda; 
    soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshirilgan harakatlar (harakatsizlik) 
    xususiyati boʻyicha ular soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi boʻlgan 
    yuridik shaxsning huquqlariga bevosita taʼsir qilsa. 
    (12-q.)
    Amal qilish muddati tugashi bilan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan 
    guruhini tuzish toʻgʻrisidagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yoki tugatilganda 
    ushbu guruhning masʼul ishtirokchisi boʻlgan shaxs ushbu moddaning oʻninchi va oʻn birinchi 
    qismlarida nazarda tutilgan vakolatlarini saqlab qoladi. 
    (13-q.)
    Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi boʻlgan 
    shaxslar mazkur guruh ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalash boʻyicha ushbu Kodeks bilan 
    oʻzlariga berilgan vakolatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma yoki 
    berilgan ishonchnoma asosida uchinchi shaxslarga berishga haqlidir. 

    Download 2.93 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   352




    Download 2.93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining

    Download 2.93 Mb.
    Pdf ko'rish