• 18-modda. Maxsus soliq rejimlari
  • -modda. Soliqlarning va yigʻimlarning turlari




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039
    Mustaqil ish, Mustaqil ish1, 2-11 Tarmoq texnologiyalari-2018, Murod fizika 5, 3D texnologiyalar sillabus 3 kurs 22-23, Amaliyot-2, ing1, umumta-lim-maktablarida-uyadosh-so-zlarni-o-qitish, Abdullayeva Ambarjon Artikbayevna , Reja Akustika Nutq organlari va ularning vazifalari Fonеtika va-azkurs.org, 1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja-fayllar.org, Tеmpеramеntning psixologik tavsifi Temperament turlari Temperame-fayllar.org, 1 Telekommunikasiyalarda servislarni ta’minlash va tarmoqni tashkil etish, Amaliyot hisoboti
    17-modda. Soliqlarning va yigʻimlarning turlari 
    (1-q.)
    Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi: 
    1) qoʻshilgan qiymat soligʻi; 
    2) aksiz soligʻi; 
    3) foyda soligʻi; 
    4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi; 
    5) yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq
    5-1) foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻi; 
    (OʻzR 29.12.2021-y. 
    OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 
    6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
    7) mol-mulk soligʻi; 
    8) yer soligʻi; 
    9) ijtimoiy soliq. 
    (2-q.) 
    Oʻzbekiston Respublikasi hududida yigʻimlar belgilanishi mumkin. Yigʻimlarni joriy 
    etish, hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida 
    belgilanadi. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
    (3-q.) 
    Chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga 
    kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimni hamda alkogol mahsulotlarini 
    realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi ushbu Kodeks 


    bilan tartibga solinadi. 
    (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi 
    tahririga qarang) 
    (4-q.)
    Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji toʻgʻrisidagi 
    qonunchilikda belgilanadi. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
    18-modda. Maxsus soliq rejimlari 
    (1-q.)
    Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida 
    quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi: 
    1) aylanmadan olinadigan soliq; 
    2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi
    3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarga soliq 
    solishning alohida tartibi; 
    4) Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning alohida tartibi. 
    (OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
    (2-q.)
    Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarga soliq 
    solishning alohida tartibi qonunchilikda yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan 
    investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bogʻliq holda muayyan 
    muddat uchun belgilanadi. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
    (3-q.)
    Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni toʻlashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq 
    stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qoʻllashni nazarda tutishi mumkin. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Soliqlarning va yigʻimlarning turlari

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish