-modda. Oʻzbekiston Respublikasining soliq




Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/352
Sana19.01.2024
Hajmi2.93 Mb.
#141154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039
Mustaqil ish, Mustaqil ish1, 2-11 Tarmoq texnologiyalari-2018, Murod fizika 5, 3D texnologiyalar sillabus 3 kurs 22-23, Amaliyot-2, ing1, umumta-lim-maktablarida-uyadosh-so-zlarni-o-qitish, Abdullayeva Ambarjon Artikbayevna , Reja Akustika Nutq organlari va ularning vazifalari Fonеtika va-azkurs.org, 1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja-fayllar.org, Tеmpеramеntning psixologik tavsifi Temperament turlari Temperame-fayllar.org, 1 Telekommunikasiyalarda servislarni ta’minlash va tarmoqni tashkil etish, Amaliyot hisoboti
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining soliq 
solishga oid xalqaro shartnomalarining 
qoʻllanilishi 
(1-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining soliq solish masalalariga oid xalqaro shartnomalarini 
va xalqaro soliq huquqining umumiy normalarini qoʻllash ushbu moddada belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi. 
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi tomonlardan biri boʻlgan, ikkiyoqlama soliq solishning 
oldini olish va soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashni bartaraf etish masalalarini tartibga soladigan 
xalqaro shartnoma qoidalari shunday shartnomani tuzgan bir yoki ikkala davlatning soliq 
rezidentlariga nisbatan qoʻllaniladi. 


(3-q.)
Ushbu moddaning ikkinchi qismi qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomasi tuzilgan davlatning soliq rezidentiga nisbatan, agar soliq rezidenti ushbu xalqaro 
shartnoma qoidalaridan mazkur xalqaro shartnoma tuzilgan davlatning soliq rezidenti boʻlmagan 
boshqa shaxs manfaatlarini koʻzlab foydalansa, tatbiq etilmaydi. 
(4-q.)
Ushbu moddaning beshinchi - oʻn ikkinchi qismlari qoidalari Oʻzbekiston 
Respublikasi xalqaro shartnomasiga muvofiq toʻlov manbaidan daromad olish uchun haqiqiy 
huquqqa ega boʻlgan shaxsni aniqlash uchun qoʻllaniladi. 
(5-q.)
Yuridik shaxs tomonidan toʻlanadigan daromadlardan mustaqil ravishda foydalanish 
va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan shaxs yoxud uning manfaatlarini koʻzlab 
bunday daromadlarni tasarruf etishga vakolatli boʻlgan oʻzga shaxs ushbu daromadlarga nisbatan 
haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxs deb topiladi. Bunda bu huquq ushbu yuridik shaxsda bevosita 
va (yoki) bilvosita ishtirok etish yoki uning ustidan nazorat boʻlganligi yoxud boshqa holatlar 
tufayli yuzaga kelganligi ahamiyatga ega emas. 
(6-q.)
Yuridik shaxs tashkil etmagan tuzilmaning daromadlariga nisbatan haqiqiy huquqqa 
ega boʻlgan shaxs xuddi shunday tartibda aniqlanadi. 
(7-q.)
Daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxsni aniqlashda ushbu 
moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan bajariladigan vazifalar, shuningdek 
ular qabul qiladigan tavakkalchiliklar inobatga olinadi. 
(8-q.)
Agar Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlarni tasarruf 
etishga nisbatan chet ellik shaxs cheklangan vakolatlarga ega boʻlsa, hech qanday boshqa 
vazifalarni bajarmasa va hech qanday tavakkalchilikni oʻz zimmasiga olmasa, bunday 
daromadlarni bevosita yoki bilvosita boshqa shaxsga toʻlagan (toʻliq yoki qisman) holda, ushbu 
boshqa shaxsning manfaatlarini koʻzlab mazkur daromadlarga nisbatan vositachilik vazifalarini 
amalga oshirsa, bu chet ellik shaxs Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan 
daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega deb eʼtirof etilmaydi. 
(9-q.)
Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlarni bunday daromadlarga 
nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlmagan chet ellik shaxsga toʻlash chogʻida, agar toʻlov manbaiga 
bunday daromadlarga (ularning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega shaxs maʼlum boʻlsa, 
toʻlanayotgan daromadga soliq solish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
1) agar toʻlanayotgan daromadlarga (ularning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega 
boʻlgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti boʻlsa, toʻlanayotgan daromadga 
(uning bir qismiga) soliq solishi, Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlariga nisbatan ushbu 
Kodeks qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda toʻlanayotgan daromadlarga (ularning bir 
qismiga) taalluqli soliq, agar toʻlov manbai oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organini xabardor 
qilgan boʻlsa, toʻlov manbai tomonidan ushlab qolinmaydi. Bunday xabardor qilish tartibi 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi
(OʻzR 29.12.2021-y. 
OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi band) 
2) agar toʻlanayotgan daromadlarga (ularning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega 
boʻlgan shaxs soliq solish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bilan amaldagi xalqaro 
shartnoma mavjud boʻlgan davlatning (hududning) soliq rezidenti boʻlsa, toʻlanayotgan 
daromadlarga (ularning bir qismiga) soliq solishga nisbatan mazkur xalqaro shartnoma qoidalari 
qoʻllaniladi. 
(10-q.) 
Koʻrsatilgan qoidalar, basharti daromadlar toʻlanadigan va bu daromadlarga nisbatan 
haqiqiy huquqqa ega boʻlmagan shaxsning doimiy turgan joyi soliq solish masalalari boʻyicha 


Oʻzbekiston Respublikasi bilan amaldagi xalqaro shartnomaga ega boʻlgan davlat (hudud) boʻlsa, 
qoʻllaniladi. 
(11-q.)
Agar daromadlar toʻlanadigan va bu daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega 
boʻlmagan shaxsning doimiy turgan joyi soliq solish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston 
Respublikasi bilan amaldagi xalqaro shartnomaga ega boʻlmagan davlat (hudud) boʻlsa, soliq 
toʻlov manbaida mazkur Kodeks bilan belgilangan soliq stavkalari boʻyicha ushlab qolinadi. Agar 
bunday daromadlar ushbu daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlmagan va bu 
daromadlarga (ularning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxs qaysi davlat 
(hudud) rezidenti ekanligi oʻziga maʼlum boʻlmagan shaxsga toʻlansa, toʻlov manbaidagi soliq 
ham soliq stavkalari boʻyicha ushlab qolinadi. 
(12-q.)
Xalqaro shartnomada Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan belgilangan vakolatli 
organ Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalariga muvofiq chet davlatning 
vakolatli organidan chet davlat soliq toʻlovchisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida 
bajarilmagan soliq majburiyatlarini bajarishiga koʻmaklashish toʻgʻrisida soʻrashga haqli. 

Download 2.93 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   352




Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Oʻzbekiston Respublikasining soliq

Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish