-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning




Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/352
Sana19.01.2024
Hajmi2.93 Mb.
#141154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039
Mustaqil ish, Mustaqil ish1, 2-11 Tarmoq texnologiyalari-2018, Murod fizika 5, 3D texnologiyalar sillabus 3 kurs 22-23, Amaliyot-2, ing1, umumta-lim-maktablarida-uyadosh-so-zlarni-o-qitish, Abdullayeva Ambarjon Artikbayevna , Reja Akustika Nutq organlari va ularning vazifalari Fonеtika va-azkurs.org, 1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja-fayllar.org, Tеmpеramеntning psixologik tavsifi Temperament turlari Temperame-fayllar.org, 1 Telekommunikasiyalarda servislarni ta’minlash va tarmoqni tashkil etish, Amaliyot hisoboti
4-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning 
vaqt boʻyicha amal qilishi 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda nomi) 
(1-q.)
Soliq solish, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq 
majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(2-q.)
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻgʻrisidagi 
qonunchilik hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga 
kelgan munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni 
tahriridagi qism) 
(3-q.) 
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni bekor 
qiladigan yoki yengillashtiradigan soliq toʻgʻrisidagi qonunchiliklar orqaga qaytish kuchiga ega. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(4-q.)
Soliqlar va yigʻimlarni bekor qilishni, soliqlar va yigʻimlar stavkalarini kamaytirishni, 
soliq toʻlovchilarning majburiyatlarini bekor qilishni yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda 
yengillashtirishni nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, agar bu soliq 
toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa, orqaga qaytish 
kuchiga ega boʻlishi mumkin, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar 
mustasno. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(5-q.)
Yangi soliqlar va yigʻimlar belgilanishini nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi 
qonunchilik hujjatlari rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kamida uch oy oʻtgach amalga 
kiritiladi. Soliq imtiyozlarini bekor qilishni, yangi majburiyatlarni joriy etishni, soliq toʻgʻrisidagi 
qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni yoki soliq munosabatlari 
subyektlarining holatini boshqacha tarzda ogʻirlashtirishni nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi 
qonunchilik hujjatlari ham xuddi shunday tartibda amalga kiritiladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-
683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(6-q.)
Soliqlar va yigʻimlar stavkalarining oʻzgartirilishini nazarda tutuvchi soliq 
toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, agar ularda kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, ular 
rasman eʼlon qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan eʼtiboran amalga kiritiladi. 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(7-q.)
Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida koʻrsatilmagan soliq toʻgʻrisidagi 
qonunchilik hujjatlari, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasman 
eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni 
tahriridagi qism) 

Download 2.93 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   352




Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning

Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish