• 19-modda. Soliq munosabatlarining subyektlari va hujjatlar almashish tartibi
  • Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039
    Mustaqil ish, Mustaqil ish1, 2-11 Tarmoq texnologiyalari-2018, Murod fizika 5, 3D texnologiyalar sillabus 3 kurs 22-23, Amaliyot-2, ing1, umumta-lim-maktablarida-uyadosh-so-zlarni-o-qitish, Abdullayeva Ambarjon Artikbayevna , Reja Akustika Nutq organlari va ularning vazifalari Fonеtika va-azkurs.org, 1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja-fayllar.org, Tеmpеramеntning psixologik tavsifi Temperament turlari Temperame-fayllar.org, 1 Telekommunikasiyalarda servislarni ta’minlash va tarmoqni tashkil etish, Amaliyot hisoboti
    3-BOB. SOLIQ MUNOSABATLARINING 
    SUBYEKTLARI, ULARNING HUQUQLARI 
    VA MAJBURIYATLARI 
    19-modda. Soliq munosabatlarining subyektlari 
    va hujjatlar almashish tartibi 
    20-modda. Soliq toʻlovchilar 
    21-modda. Soliq toʻlovchilarning huquqlari 
    22-modda. Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari 
    23-modda. Soliq agentlari 
    24-modda. Soliq toʻlovchining vakillari 
    25-modda. Vakolatli organlar 
    26-modda. Soliq organlarining huquqlari 
    27-modda. Soliq organlarining majburiyatlari 
    28-modda. Bojxona organlarining, yigʻimlarni undirishga 
    doir vazifalarni amalga oshiruvchi davlat organlarining 
    hamda tashkilotlarning huquq va majburiyatlari 
    29-modda. Soliq siri 
    19-modda. Soliq munosabatlarining subyektlari 
    va hujjatlar almashish tartibi 
    (1-q.)
    Soliq toʻlovchilar, soliq agentlari va vakolatli organlar soliq munosabatlarining 
    subyektlaridir. 


    (2-q.)
    Soliq organlari, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, hujjatlarni elektron hujjat 
    tarzida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuboradi. Yuborilgan hujjatlar soliq toʻlovchi 
    tomonidan oʻqib chiqilganidan keyin, lekin ushbu hujjat joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch kundan 
    kechiktirmay olingan deb hisoblanadi. 
    (3-q.)
    Agar soliq toʻlovchida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, hujjatlar 
    buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi va ular joʻnatilganidan soʻng besh kundan keyin 
    olingan deb hisoblanadi. 
    (4-q.) 
    Hujjatlar soliq toʻlovchiga yoki uning vakiliga shaxsan mazkur hujjatlar olingan sana 
    koʻrsatilgan holda imzo qoʻydirib topshirilishi mumkin. 
    (5-q.) 
    Soliq toʻlovchilar, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq organlariga 
    hujjatlarni mazkur moddaning ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilganiga oʻxshash tartibda 
    yuboradi. Bunda ushbu hujjatlar soliq organlariga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali 
    yuborilganda - joʻnatilgan kun, pochta orqali yuborilganda besh kundan keyin olingan deb 
    hisoblanadi.
    (6-q.)
    Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hujjatlarning, elektron hujjat aylanishini taʼminlash 
    uchun zarur boʻlgan hujjatlarning shakllari, mazkur hujjatlarning shakllarini toʻldirish tartibi, 
    bunday hujjatlarni qogʻozda yoki telekommunikatsiya kanallari orqali elektron shaklda yoxud 
    soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborish hamda olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi 
    Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish