-modda. Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari




Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/352
Sana19.01.2024
Hajmi2,93 Mb.
#141154
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039
Mustaqil ish, Mustaqil ish1, 2-11 Tarmoq texnologiyalari-2018, Murod fizika 5, 3D texnologiyalar sillabus 3 kurs 22-23, Amaliyot-2, ing1, umumta-lim-maktablarida-uyadosh-so-zlarni-o-qitish, Abdullayeva Ambarjon Artikbayevna , Reja Akustika Nutq organlari va ularning vazifalari Fonеtika va-azkurs.org, 1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja-fayllar.org, Tеmpеramеntning psixologik tavsifi Temperament turlari Temperame-fayllar.org, 1 Telekommunikasiyalarda servislarni ta’minlash va tarmoqni tashkil etish, Amaliyot hisoboti
22-modda. Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari 
(1-q.)
Soliq toʻlovchilar: 


belgilangan soliqlar va yigʻimlarni oʻz vaqtida hamda toʻliq hajmda hisoblab chiqarishi va 
toʻlashi; 
hujjatlarni koʻrib chiqish yoki tushuntirishlar berish zaruriyati toʻgʻrisida chaqiruv xatini 
olganida soliq organiga kelishi; 
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni, cheklarni 
yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berishi
soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga soliqlarni 
hisoblab chiqarish va toʻlash uchun asos boʻlib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek elektron 
manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini taʼminlashi; 
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarishi, koʻrsatilgan 
organlarning va ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilmasligi
agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq hisobotlarining va 
soliqlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlarning tegishli 
soliqlarni toʻlash uchun belgilangan kalendar yildan keyingi besh yil mobaynida but saqlanishini 
taʼminlashi; 
oʻzi soliq boʻyicha hisobga olingan joydagi soliq organlarini Oʻzbekiston Respublikasi 
yuridik shaxslaridagi va chet el yuridik shaxslaridagi ishtiroki toʻgʻrisida, agar ustav fondidagi 
(ustav kapitalidagi) ulushi 10 foizdan ortiq boʻlsa, xabardor etishi shart. 
(2-q.)
Yuridik shaxs boʻlgan soliq toʻlovchilar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda 
tutilgan majburiyatlardan tashqari, oʻzlari hisobga olingan joydagi soliq organlariga oʻzlarining 
barcha alohida boʻlinmalari toʻgʻrisida va alohida boʻlinmalarga oid ilgari xabar qilingan 
maʼlumotlaridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida alohida boʻlinma tashkil etilgan yoki mazkur 
maʼlumotlar oʻzgartirilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida xabar qilishi shart. 
(3-q.)
Ushbu Kodeks bilan zimmasiga soliq hisobotini elektron shaklda taqdim etish 
majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq organlari tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonunchiligi bilan 
tartibga solinadigan munosabatlardagi oʻz vakolatlarini amalga oshirish chogʻida foydalaniladigan 
hujjatlarning soliq organidan telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari orqali elektron shaklda 
olinishini taʼminlashi kerak. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(4-q.)
Ushbu Kodeksga muvofiq soliq solish obyekti deb eʼtirof etiladigan koʻchmas mulkka 
ega boʻlgan chet el yuridik shaxslari ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, 
koʻchmas mulk obyekti turgan joydagi soliq organiga ushbu chet el yuridik shaxsining 
ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda 
xabar qilishi shart. Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari koʻrsatilgan 
holatlarda oʻz muassislari, benefitsiarlari va boshqaruvchilari haqidagi maʼlumotlarni xabar qilishi 
kerak. Chet el yuridik shaxsida (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasida) ushbu 
qismda koʻrsatilgan bir nechta mol-mulk obyekti mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu shaxs tanloviga 
koʻra, xabar mol-mulk obyektlarining biri turgan yerdagi soliq organiga taqdim etiladi. 
(5-q.) 
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtilishi 
munosabati bilan soliqlar toʻlaydigan soliq toʻlovchilar zimmasida Oʻzbekiston Respublikasining 
bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlar ham boʻladi. 
(6-q.)
Soliq toʻlovchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar 
ham boʻlishi mumkin. 

Download 2,93 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   352




Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari

Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish