• 272-modda. Toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi
  • 273-modda. Soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi
  • -modda. Majburiyatlarni hisobdan chiqarishda




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet198/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    271-modda. Majburiyatlarni hisobdan chiqarishda 
    hisobga olish uchun qabul qilingan soliq 


    summalariga tuzatish kiritish 
    (1-q.) 
    Tovarlarni (xizmatlarni) olishda ilgari hisobga olish uchun qabul qilingan soliq 
    summasi, agar bunday tovarlarga (xizmatlarga) haq toʻlash boʻyicha majburiyat ushbu 
    Kodeksning 313-moddasiga muvofiq bunday tuzatish amalga oshirilgan soliq davrida hisobdan 
    chiqariladi, bundan ushbu Kodeksning 266-moddasi birinchi qismi 3 va 4-bandlariga muvofiq 
    hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalari mustasno. 
    (2-q.)
    Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tuzatish kiritish amalga oshirilgan 
    tovarlar (xizmatlar) uchun haq toʻlangan taqdirda, haq toʻlash amalga oshirilgan soliq davridagi 
    tegishli soliq summasiga soliq toʻlovchi hisobga olish uchun qabul qilinadigan soliq summasini 
    koʻpaytirish tomonga teskari tuzatish kiritish huquqiga ega. 
    272-modda. Toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi 
    (1-q.)
    Budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi har bir soliq davri yakunlari 
    boʻyicha, ushbu Kodeksning 265-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, ushbu bobga muvofiq 
    hisobga olinishi va tuzatish kiritilishi lozim boʻlgan summalar hisobga olingan holda hisoblab 
    chiqariladi. 
    (2-q.)
    Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chogʻidagi soliq summasi 
    bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq budjetga toʻlanadi. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-
    son Qonuni tahriridagi qism) 
    (3-q.)
    Agar ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, budjetga 
    toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi salbiy boʻlsa, soliq toʻlovchi mazkur summaning oʻrnini 
    ushbu Kodeksning 274-moddasida belgilangan tartibda qoplash huquqiga ega boʻladi.
    273-modda. Soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi 
     
    (1-q.)
    Soliq toʻlovchilar, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq 
    hisobotini oʻzlari soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga oʻtgan soliq davridan keyingi 
    oyning yigirmanchi kunidan kechiktirilmagan muddatda taqdim etishlari shart. 
    (2-q.)
    Ushbu Kodeksning 272-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqni toʻlash agar 
    ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq hisobida turilgan joy boʻyicha 
    har bir soliq davrining yakunlariga koʻra, soliq hisoboti taqdim etishlari muddatidan kechiktirmay 
    amalga oshiriladi. 
    (3-q.)
    Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chogʻida soliq ushbu boʻlim 
    qoidalari hisobga olingan holda, bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda va 
    muddatlarda budjetga toʻlanadi. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
    (4-q.)
    Soliq agentlari soliqni oʻzi soliq hisobida turgan joy boʻyicha toʻlaydi. Soliq 
    toʻlovchilar boʻlmagan soliq agentlari oʻzi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga tegishli 
    soliq hisobotini ushbu Kodeksning 255 va 256-moddalariga muvofiq toʻlash amalga oshirilgan 
    oʻtgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etishi shart. 


    (5-q.)
    Soliq hisobotiga soliq toʻlovchining xaridlar reestrida va sotuvlar reestrida 
    koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi. 
    (6-q.)
    Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar, shuningdek vositachilik 
    (topshiriq) va transport ekspeditsiyasi shartnomalari asosida boshqa shaxsning manfaatlarni 
    koʻzlab tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar olingan va taqdim etilgan hisobvaraq-
    fakturalar daftarlaridagi maʼlumotlarni ham belgilangan shakl boʻyicha taqdim etishi shart. Agar 
    bunday shaxslar soliq toʻlovchilar boʻlmasa, ular soliq hisobotiga faqat soliq agenti sifatida 
    operatsiyalarni yoki vositachilik (topshiriq) shartnomasi asosida komitentning (ishonch 
    bildiruvchining), transport ekspeditsiyasi shartnomasi asosida yukni oluvchining (yukni 
    joʻnatuvchining) manfaatlarini koʻzlab vositachilik operatsiyalarini amalga oshirish chogʻida 
    olingan hamda taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish daftarlarida aks ettiriladigan 
    maʼlumotlarni kiritadi.
    (7-q.)
    Xaridlar va sotuvlar reestrlarini, shuningdek kelib tushgan va taqdim etilgan 
    hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish daftarlarini yuritish shakllari va tartibi Oʻzbekiston 
    Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Majburiyatlarni hisobdan chiqarishda

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish