• 345-modda. Soliq agentlari tomonidan dividendlar va foizlardan soliqni hisoblab chiqarish, ushlab qolish hamda toʻlash tartibi
  • -modda. Foiz tarzidagi daromadlarga




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet255/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    344-modda. Foiz tarzidagi daromadlarga 
    soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari 
    (1-q.)
    Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, 
    Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentiga toʻlanadigan foizlar ushbu daromadlarni oluvchining 
    soliq bazasida hisobga olinadi va unga ushbu boʻlimda nazarda tutilgan tartibda soliq solinadi. 
    (2-q.)
    Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan notijorat va 
    budjet tashkilotlariga mablagʻlarni depozitga joylashtirishidan toʻlanadigan foizlarga toʻlov 
    manbaida ushbu Kodeks 337-moddasi birinchi qismining 12-bandida belgilangan miqdordagi 
    soliq stavkasi boʻyicha soliq solinadi va bunday daromadlar oluvchilarning soliq bazasini 
    aniqlashda chegirib tashlanadi. 
    (OʻzR 09.11.2020-y. OʻRQ-646-son Qonuni tahriridagi qism) 
    345-modda. Soliq agentlari tomonidan dividendlar 
    va foizlardan soliqni hisoblab chiqarish
    ushlab qolish hamda toʻlash tartibi 


    (1-q.)
    Dividendlar va foizlar tarzida daromadlar toʻlovchi yuridik shaxslar ushbu Kodeks 
    343-moddasining birinchi va 344-moddasining ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda soliq 
    agentlari deb eʼtirof etiladi. 
    (2-q.)
    Soliq agenti Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladigan yuridik 
    va (yoki) jismoniy shaxslarga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromadlarga nisbatan 
    har bir soliq toʻlovchi boʻyicha alohida soliq summasini ushbu Kodeks 337-moddasining birinchi 
    qismi 11-bandida yoki 381-moddasida nazarda tutilgan soliq stavkalari boʻyicha koʻrsatilgan 
    daromadlarni ushbu moddada belgilangan tartibda har bir toʻlovga tatbiqan belgilaydi. 
    (3-q.)
    Dividendlar oluvchi soliq toʻlovchining daromadlaridan ushlab qolinadigan soliq 
    summasini aniqlashda soliq bazasi har bir oluvchiga nisbatan soliq agenti tomonidan shu oluvchiga 
    toʻgʻri keladigan soliq solinadigan dividendlar jami summasining ulushi sifatida aniqlanadi. 
    Dividendlarning soliq solinishi lozim boʻlgan bunday jami summasi yuridik shaxs tomonidan 
    barcha oluvchilarning foydasiga taqsimlanishi lozim boʻlgan, ushbu yuridik shaxs tomonidan joriy 
    hisobot (soliq) davrida va oʻtgan hisobotda (soliq davrlarida) olingan dividendlarni dividendlarni 
    oluvchilar foydasiga taqsimlash sanasidagi dividendlar umumiy summasiga kamaytirilgan 
    dividendlarning umumiy summasi sifatida aniqlanadi. Bunda taqsimlanadigan dividendlarning 
    umumiy summasini ushbu yuridik shaxs tomonidan olingan dividendlar summasiga kamaytirish, 
    basharti ushbu olingan dividendlar summasi avval ushbu yuridik shaxsning dividendlar tarzida 
    olingan daromadlariga nisbatan soliq bazasini aniqlashda hisobga olinmagan boʻlsa, amalga 
    oshiriladi.
    (4-q.)
    Soliq agenti ushbu Kodeks 344-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan foiz 
    tarzidagi daromadlarga nisbatan soliq summasini, ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan 
    tartibga aynan oʻxshash tartibda aniqlaydi.
    (5-q.)
    Dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisoboti oʻzining 
    soliq hisobiga olingan joyidagi soliq organiga dividendlar va foizlar hisoblangan oydan keyingi 
    oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay soliq agentlari tomonidan taqdim etiladi. 
    (6-q.)
    Soliq summasi dividendlarni va foizlarni toʻlash muddatidan kechiktirmay budjetga 
    toʻlanadi. 
    (7-q.) 
    Soliq agenti dividendlar va foizlarni oluvchining talabiga koʻra, ushbu shaxsga soliq 
    davri uchun daromad summasi va ushlab qolingan soliqning umumiy summasi toʻgʻrisida 
    Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
    tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi maʼlumotnoma taqdim etishi shart. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish