• 49-BOB. FAOLIYATINI DOIMIY MUASSASA ORQALI AMALGA OSHIRAYOTGAN NOREZIDENTLARNING DAROMADLARIGA SOLIQ SOLISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
  • 347-modda. Soliq solinadigan daromadni aniqlash
  • -modda. Soliq agentining javobgarligi




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet256/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    346-modda. Soliq agentining javobgarligi 
    Soliq summasi toʻlov manbaida ushlab qolinmagan taqdirda, soliq agenti soliqning ushlab 
    qolinmagan summasini va u bilan bogʻliq penya summasini qonun hujjatlariga muvofiq budjetga 
    kiritishi shart. 
    49-BOB. FAOLIYATINI DOIMIY MUASSASA ORQALI 
    AMALGA OSHIRAYOTGAN NOREZIDENTLARNING 
    DAROMADLARIGA SOLIQ SOLISHNING 
    OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI 


    347-modda. Soliq solinadigan daromadni aniqlash 
    348-modda. Chegirib tashlanadigan xarajatlarni aniqlash 
    349-modda. Soliq hisobotini taqdim etish va soliq toʻlash tartibi 
    350-modda. Soliq agenti tomonidan ushlab qolingan 
    soliqni hisobga olish tartibi 
    347-modda. Soliq solinadigan daromadni aniqlash 
    (1-q.)
    Faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezidentning 
    daromadlaridan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash ushbu bobda nazarda tutilgan oʻziga xos 
    xususiyatlarni hisobga olgan holda, ushbu Kodeksning 43 - 47-boblarida belgilangan tartibda 
    mazkur norezident tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
    (2-q.)
    Bajarilishi mazkur bobda nazarda tutilgan, faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga 
    oshirayotgan norezident boʻlgan soliq toʻlovchining majburiyatlari uning doimiy muassasasiga 
    yuklatilishi mumkin. Bunda doimiy muassasa soliq toʻlovchining barcha huquqlariga ega boʻladi. 
    (3-q.)
    Doimiy muassasaning jami daromadini bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan 
    bogʻliq boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan 
    eʼtiboran olingan daromadlarning quyidagi turlari tashkil etadi: 
    1) norezident tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatini oʻzining doimiy 
    muassasasi orqali amalga oshirish natijasida olingan daromadlar;
    2) norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi mulkiga egalik qilish, 
    undan foydalanish va (yoki) uni tasarruf qilishdan olgan daromadlari; 
    3) norezidentning daromadlari, shu jumladan uning boshqa davlatlardagi tuzilmaviy 
    boʻlinmalarining Oʻzbekiston Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan 
    mazkur yuridik shaxsning doimiy muassasasi orqali amalga oshiriladigan faoliyatga aynan 
    oʻxshash yoki bir xil faoliyatni amalga oshirishdan oladigan daromadlari; 
    4) ushbu Kodeksning 351-moddasida koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasidagi 
    manbalardan olingan doimiy muassasaga tegishli boshqa daromadlar
    5) bunday doimiy muassasa faoliyati bilan bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasi hududidan 
    tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar. 
    (4-q.)
    Agar norezident Oʻzbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida ham 
    oʻzining Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi bilan birgalikda bajariladigan bitta 
    loyiha yoki aloqador loyihalar doirasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, agar 
    norezident xuddi shunday yoki aynan oʻxshash faoliyat bilan xuddi shunday yoki aynan oʻxshash 
    sharoitlardagi faoliyatda band boʻlgan yakka va alohida shaxs boʻlganida hamda oʻzi doimiy 
    muassasasi boʻlgan norezidentdan mustaqil ravishda faoliyat koʻrsatganida olishi mumkin boʻlgan 
    daromad bunday doimiy muassasaning daromadi deb hisoblanadi. 
    (5-q.)
    Agar norezidentning doimiy muassasasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida 
    ishlab chiqarilgan tovarlarni (xizmatlarni) norezidentning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan 
    tashqarida joylashgan boshqa tarkibiy boʻlinmasi realizatsiya qilsa, agar u xuddi shunday yoki 
    aynan oʻxshash faoliyat bilan xuddi shunday yoki aynan oʻxshash sharoitlardagi faoliyatda band 
    boʻlgan yakka va alohida shaxs boʻlganida hamda oʻzi doimiy muassasasi boʻlgan norezidentdan 
    mustaqil ravishda faoliyat koʻrsatganida olishi mumkin boʻlgan daromad bunday doimiy 
    muassasaning daromadi deb eʼtirof etiladi. 
    (6-q.)
    Agar norezident Oʻzbekiston Respublikasida uchinchi shaxslarning manfaatlarini 
    koʻzlab, doimiy muassasa shakllanishiga olib keladigan tayyorgarlik va (yoki) yordamchi turdagi 


    faoliyatni amalga oshirsa va bunda shunday faoliyatga nisbatan haq olish nazarda tutilmagan 
    boʻlsa, soliq solinadigan baza ushbu doimiy muassasaning bunday faoliyat bilan bogʻliq xarajatlari 
    summasining 20 foizi miqdorida belgilanadi. 
    (7-q.)
    Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi 
    norezidenti doimiy muassasasining shunday norezidentning bosh ofisi yoki boshqa tuzilmaviy 
    boʻlinmalari oldidagi majburiyatlari boʻyicha yuzaga keladigan kursga oid farqlar Oʻzbekiston 
    Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi daromadlari (xarajatlari) jumlasiga kiritilmaydi. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
    (8-q.)
    Agar norezidentning Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyati doimiy muassasa 
    shakllanishiga olib keladigan bittadan ortiq muassasasi boʻlsa, soliq solinadigan baza va soliq 
    summasi har bir muassasa uchun alohida hisoblanadi. 
    (9-q.)
    Faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentning soliqni 
    toʻlangandan keyin oʻz tasarrufida qoladigan sof foydasi dividendlarga tenglashtiriladi va unga 
    ushbu Kodeks 353-moddasining 1-bandida belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq solinishi 
    lozim. 
    (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
    (10-q.)
    Ushbu modda toʻqqizinchi qismining qoidalarini qoʻllash maqsadlarida doimiy 
    muassasa orqali faoliyatini amalga oshiruvchi norezident dividendlar tarzidagi daromadlar 
    boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq 
    stavkasini ushbu Kodeksning 357-moddasida koʻrsatilgan tartibda qoʻllashga haqli. Agar 
    Oʻzbekiston Respublikasining soliq solish masalalari boʻyicha xalqaro shartnomasida dividendlar 
    tarzidagi daromadlar boʻyicha bir nechta pasaytirilgan soliq stavkalari nazarda tutilgan boʻlsa, 
    ularning eng kami qoʻllaniladi. 
    (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq kiritilgan 
    qism) 
    OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq oʻninchi va oʻn birinchi qismlari oʻn 
    birinchi va oʻn ikkinchi qismlar deb hisoblansin 
    (11-q.)
    Sof foyda deganda jami daromad va doimiy muassasa faoliyati bilan bogʻliq 
    xarajatlar oʻrtasidagi farq tushuniladi. Bunda joriy soliq davri uchun sof foyda ayni bir doimiy 
    muassasa doirasida avvalgi soliq davrlarida olingan zararning (zararlarning) umumiy summasiga, 
    basharti ilgari bunday zarar (zararlar) sof foydani aniqlashda hisobga olinmagan boʻlsa, 
    kamaytiriladi. 
    (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
    (12-q.)
    Sof foydadan olinadigan soliqning hisoblab chiqarilgan summasi soliq hisobotini 
    taqdim etish muddatidan kechiktirmay budjetga toʻlanadi. 
    (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son 
    Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish