• 94-modda. Jismoniy shaxs vafot etgan yoki u vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda soliq majburiyatini bajarish
  • -modda. Mol-mulkni ishonchli boshqaruvga berishda




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    93-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqaruvga berishda 
    soliq majburiyatini bajarish 
    (1-q.)
    Ishonchli boshqaruvchi ishonchli boshqaruv shartnomasi tuzilgan sanadan eʼtiboran 
    ishonchli boshqarish shartnomasi boʻyicha soliq majburiyatlarini bajaradi. 
    (2-q.)
    Ishonchli boshqaruvni taʼsis etuvchi (naf oluvchi), mol-mulk ishonchli boshqaruvga 
    topshirilishi munosabati bilan oʻzida yuzaga keladigan soliq majburiyatlarini, agar soliq 
    majburiyatlarini bajarish (qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha majburiyatlardan tashqari) ishonchli 
    boshqaruvchiga yuklatilmagan boʻlsa yoxud mol-mulk Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti 
    boʻlgan ishonchli boshqaruvchiga ishonchli boshqarishga topshirilgan taqdirda, mustaqil ravishda 
    bajaradi. 
    (3-q.)
    Ishonchli boshqaruvchi soliq solish obyektlarining va (yoki) soliq solish bilan bogʻliq 
    obyektlarning hisobini ishonchli boshqaruvni taʼsis etuvchining (naf oluvchining) manfaatlarida 
    amalga oshiriladigan ishonchli boshqaruv faoliyati boʻyicha va boshqa faoliyat boʻyicha alohida-
    alohida yuritishi shart. 
    (4-q.)
    Agar ishonchli boshqaruvni taʼsis etuvchi (naf oluvchi) uchun soliq majburiyatini 
    bajarish, shuningdek soliq hisobotini va moliyaviy hisobotni tuzish hamda taqdim etish boʻyicha 
    majburiyatni bajarish ishonchli boshqaruvchiga yuklatilgan boʻlsa, bunday soliq majburiyatini 
    bajarish ishonchli boshqaruvchi hisoblanuvchi shaxs nomidan ushbu Kodeksning Maxsus qismida 
    belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    (5-q.)
    Agar ishonchli boshqaruvchi soliqlarni hisoblash va toʻlash boʻyicha ushbu moddada 
    nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmagan yoki toʻliq hajmda bajarmagan boʻlsa, ularni bajarish 
    majburiyati ishonchli boshqaruvni taʼsis etuvchiga (naf oluvchiga) yuklatiladi. 
    94-modda. Jismoniy shaxs vafot etgan yoki u vafot etgan 
    deb eʼlon qilingan taqdirda soliq majburiyatini bajarish 


    (1-q.)
    Soliq qarzi mavjud boʻlgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, soliq toʻgʻrisidagi 
    qonunchilikni lozim darajada bajarmaganlik uchun unga hisoblangan penyalar va jarimalar 
    summasi undirilishi umidsiz summalar deb eʼtirof etiladi. Ushbu jismoniy shaxsning soliqlar 
    boʻyicha uzilmay qolgan qarzi vafot etgan shaxsning meros qilib olinadigan mol-mulkini meros 
    qilib olish tartibida qabul qilib olgan uning merosxoʻri (merosxoʻrlari) tomonidan meros qilib 
    olinadigan mol-mulkning qiymati doirasida va uning (ularning) merosdagi ulushiga mutanosib 
    ravishda, ushbu moddaning qoidalarini inobatga olgan holda uziladi. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-
    683-son Qonuni tahriridagi qism) 
    (2-q.)
    Agar vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar boʻyicha soliq qarzi meros qilib 
    olinadigan mol-mulk qiymatidan ortiq boʻlsa, soliq qarzining meros qilib olinadigan mol-mulk 
    qiymatidan ortiq summasi undirilishi umidsiz summa deb eʼtirof etiladi. Mazkur norma merosxoʻr 
    (merosxoʻrlar) tomonidan meros qilib olinadigan mol-mulkning qiymati hujjatlar bilan 
    tasdiqlangan hollarda qoʻllaniladi. 
    (3-q.)
    Merosxoʻr boʻlmaganda yoki merosxoʻr (merosxoʻrlar) meros olish huquqidan voz 
    kechganda, vafot etgan jismoniy shaxsning soliq qarzi undirilishi umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi. 
    Umidsiz soliq qarzi soliq organlari tomonidan hisobdan chiqarilishi lozim. 
    (4-q.)
    Soliq qarzi boʻlgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, mazkur jismoniy shaxs 
    hisobga qoʻyilgan joydagi va (yoki) uning mol-mulki turgan joydagi soliq organi vafot etgan 
    shaxsning merosxoʻri (merosxoʻrlari) toʻgʻrisida axborot olingan paytdan eʼtiboran bir oy ichida 
    unga (ularga) soliq qarzi mavjudligi toʻgʻrisida xabar qilishi shart. 
    (5-q.)
    Vafot etgan jismoniy shaxsning merosxoʻri (merosxoʻrlari) mazkur jismoniy 
    shaxsning soliqlar boʻyicha qolgan qarzini meros qabul qilib olingan kundan eʼtiboran bir yildan 
    kechiktirmay uzishi shart. 
    (6-q.)
    Soliq organining qaroriga binoan uzish muddati, agar soliq qarzi mavjudligi 
    toʻgʻrisidagi xabarni merosxoʻr (merosxoʻrlar) toʻlash muddati oʻtishiga olti oydan kam vaqt 
    qolganida olgan boʻlsa, uzaytirilishi mumkin. 
    (7-q.)
    Vafot etgan jismoniy shaxsning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va 
    ijtimoiy soliqni toʻlash boʻyicha qarzi umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi. 
    (8-q.)
    Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar fuqarolik qonunchiligida belgilangan 
    tartibda vafot etgan deb eʼlon qilingan jismoniy shaxsning soliq qarziga nisbatan ham qoʻllaniladi. 
    (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Mol-mulkni ishonchli boshqaruvga berishda

    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish