5) mazkur Kodeks 129-moddasining yettinchi qismiga muvofiq, chet el yuridik shaxsi soliq
organidan hisobdan chiqarilganda - doimiy muassasaning mol-mulki
yetarli emasligi va
qonunchilikda belgilangan miqdor va tartibda Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan
yuridik shaxs tomonidan toʻlash imkonsizligi sababli toʻlanmagan soliq qarzi boʻyicha undirilishi
umidsiz deb eʼtirof etilgan mazkur soliq qarzi shu chet el yuridik shaxsi ushbu Kodeks 129-
moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga koʻra soliq organida qaytadan hisobga
qoʻyilganda tiklanishi lozim.
(2-q.)
Quyidagilar soliq qarzini undirilishi umidsiz qarz deb eʼtirof etish va uni hisobdan
chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish vakolatiga ega organlardir:
1) yuridik shaxs joylashgan yerdagi yoki jismoniy shaxsning
yashash joyidagi soliq
organlari (ushbu qismning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) - mazkur
modda birinchi qismining 1-3-bandlarida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda;
2) soliq toʻlovchi yoki soliq agenti hisobda turgan joydagi soliq organlari (ushbu qismning
3-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) - ushbu modda birinchi qismining 4 va 5-
bandlarida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda;
3) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan
bojxona organlari - Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtilishi
munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan
soliqlar, penyalar va jarimalar boʻyicha.
(3-q.)
Undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi va ushbu
moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar roʻyxati Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(4-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtilishi
munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar boʻyicha tartib va hujjatlar roʻyxati Oʻzbekiston
Respublikasining Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.