-modda. Soliqni toʻlash muddatini oʻzgartirishni




Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/352
Sana19.01.2024
Hajmi2,93 Mb.
#141154
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   352
Bog'liq
00000000858c3fb50185edf3c8360039

98-modda. Soliqni toʻlash muddatini oʻzgartirishni 
istisno etadigan holatlar 


(1-q.)
Agar manfaatdor shaxsga nisbatan quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi 
bajarilayotgan boʻlsa, soliqni toʻlash muddati oʻzgartirilishi mumkin emas: 
1) agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq 
toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi bilan bogʻliq jinoyat alomatlari boʻyicha jinoiy ish 
qoʻzgʻatilgan boʻlsa; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
2) ushbu shaxs bunday oʻzgartirishdan soliq solinishi lozim boʻlgan oʻz pul mablagʻlarini 
yoki boshqa mol-mulkini yashirish uchun foydalanishini yoki ushbu shaxs doimiy yashash uchun 
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketishini taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar 
mavjud boʻlsa; 
3) ushbu shaxs soliqni toʻlash muddatini oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza bergan kundan oldingi 
uch yil mobaynida ushbu Kodeksning 99-moddasida koʻrsatilgan organ tomonidan soliq toʻlash 
muddatini tegishli oʻzgartirish shartlari buzilganligi munosabati bilan ilgari berilgan kechiktirish 
yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan 
boʻlsa; 
4) bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa; 
5) shaxs ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 3-2-bandi boʻyicha yuqori 
darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan boʻlsa. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son 
Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 
(2-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shartlar ushbu Kodeks 99-
moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
(3-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, 
soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin emas, qabul qilingan 
qaror esa bekor qilinishi lozim. 
(4-q.)
Qabul qilingan qaror bekor qilingani toʻgʻrisida manfaatdor shaxs va ushbu shaxs 
hisobda turgan joydagi soliq organi uch kunlik muddatda yozma shaklda xabardor qilinadi. 
Manfaatdor shaxs bunday qaror ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilishga 
haqli. 
(5-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻiga nisbatan 
soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish amalga oshirilmaydi. 

Download 2,93 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   352




Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Soliqni toʻlash muddatini oʻzgartirishni

Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish