toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno);
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-
son Qonuniga muvofiq kiritilgan band)
4) jismoniy shaxsning mulkiy holati (qonunchilikka muvofiq
undiruv qaratilishi mumkin
boʻlmagan mol-mulk hisobga olinmaganda) soliqni bir yoʻla toʻlash imkoniyatini istisno etishi;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
5) manfaatdor shaxs tomonidan tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish va (yoki)
realizatsiya qilish mavsumiy xususiyatga ega ekanligi;
6) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtilishi munosabati
bilan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlarni toʻlashni
kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish uchun asoslar mavjud ekanligi.
(OʻzR
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
(3-q.)
Ushbu modda ikkinchi qismining 1, 3-6-bandlarida koʻrsatilgan asoslar mavjud
boʻlganda, soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash
imkoniyati quyidagilarga
berilishi mumkin:
1) yuridik shaxsga - uning sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan summaga;
2) jismoniy shaxsga - uning mol-mulki qiymatidan oshmaydigan summaga, bundan
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan
mol-mulk mustasno.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
(4-q.)
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqni hisobga olish joyidagi soliq
organiga yozma, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti
orqali xabarnoma yuborib,
soliq auditi natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliqlar summalarini, shuningdek
moliyaviy sanksiyalarni tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish natijalari yuzasidan soliq organi
tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda
toʻlashga haqli.
(5-q.)
Agar soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati ushbu
modda ikkinchi qismining 1 yoki 2-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha berilgan boʻlsa, qarz
summasiga foizlar hisoblanmaydi. Agar soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash
ushbu modda ikkinchi
qismining 3-3-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha taqdim etilgan va soliq qarzi boʻyicha boʻlib-
boʻlib toʻlash kalendar yil davomida bir marta foydalanilgan boʻlsa, foizlar olti oy davomida ham
hisoblanmaydi.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism)
(6-q.)
Agar soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati ushbu
modda ikkinchi qismining 3, 3-1, 4, 5 va 6-bandlarida va (yoki) toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan
asoslarga koʻra berilgan boʻlsa, kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash davrida amalda boʻlgan
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng stavkadan
kelib chiqqan holda, ushbu modda ikkinchi qismining 3-2-bandi boʻyicha soliqlarni toʻlash
kechiktirilgan kundan eʼtiboran qarz summasiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida foizlar hisoblanadi.
Ushbu
moddaning ikkinchi qismi 3-2-bandida koʻrsatilgan asoslarga koʻra foizlar soliqlarni toʻlash
kechiktirish boʻyicha qarz summasiga nisbatan kechiktirish davrida amalda boʻlgan Oʻzbekiston
Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng stavkadan kelib
chiqqan holda hisoblanadi. Bunda, soliqlarni manfaatdor shaxs tomonidan toʻlashni
kechiktirishning amal qilish muddati soliq organiga xabarnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran
hisoblab chiqariladi, kechiktirilgan soliqlar summasi esa, muddati tugagan oyidan keyingi oyidan
boshlab kechiktirish muddati tugaganidan soʻng amal qilish muddati tugagan sanadan eʼtiboran
kechiktirilgan soliq summasi hisoblangan foizlar bilan birga teng ulushlarda oʻn ikki oy ichida
toʻlanadi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)