• 103-modda. Ortiqcha toʻlangan va ortiqcha undirilgan soliqlarni hisobga olish hamda qaytarish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
  • -BOB. ORTIQCHA TOʻLANGAN VA ORTIQCHA




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet72/352
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,93 Mb.
    #141154
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   352
    Bog'liq
    00000000858c3fb50185edf3c8360039

    12-BOB. ORTIQCHA TOʻLANGAN VA ORTIQCHA 
    UNDIRILGAN SOLIQLARNI HISOBGA 
    OLISH HAMDA QAYTARISH 
    103-modda. Ortiqcha toʻlangan va ortiqcha undirilgan soliqlarni 
    hisobga olish hamda qaytarish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar 
    104-modda. Ortiqcha toʻlangan soliqni hisobga 
    olish yoki qaytarish tartibi 
    105-modda. Ortiqcha undirilgan soliqni hisobga 
    olish yoki qaytarish tartibi 
    103-modda. Ortiqcha toʻlangan va ortiqcha undirilgan 
    soliqlarni hisobga olish hamda qaytarish 
    toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar 


    (1-q.)
    Soliq toʻlovchi tomonidan ortiqcha toʻlangan yoki undan ortiqcha undirilgan soliq 
    summasi soliq toʻlovchining qarzi boʻlmagan taqdirda shu soliq toʻlovchiga qaytarilishi yoxud 
    ushbu soliq boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobiga hisobga olinishi lozim. 
    (2-q.)
    Soliq toʻlovchida soliq qarzi mavjud boʻlgan taqdirda, ortiqcha toʻlangan yoki 
    ortiqcha undirilgan soliq summasi ushbu qarzni uzish hisobiga quyidagi ketma-ketlikda hisobga 
    olinishi lozim: 
    1) mazkur soliq turining penyasi boʻyicha qarz hisobiga; 
    2) boshqa soliqlar va ularning penyalari boʻyicha qarzni uzish hisobiga; 
    3) soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun jarimalarni toʻlash hisobiga. 
    (3-q.)
    Ortiqcha toʻlangan soliq summasi soliq toʻlovchining arizasiga koʻra soliq toʻlovchiga 
    toʻliq yoki qisman qaytarilishi mumkin. 
    (4-q.)
    Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismiga muvofiq va uchinchi qismini 
    hisobga olgan holda qaytarilishi lozim boʻlgan summani soliq toʻlovchiga qaytarish ushbu 
    Kodeksning 104 va 105-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
    (5-q.)
    Soliqlarning ortiqcha toʻlangani ehtimolidan dalolat beruvchi faktlar aniqlangan 
    taqdirda, soliq organining yoki soliq toʻlovchining taklifiga koʻra soliqlar, penyalar va jarimalar 
    boʻyicha hisob-kitoblarni birgalikda oʻzaro solishtirish oʻtkazilishi mumkin. 
    (6-q.)
    Soliqning ortiqcha toʻlangan summalarini hamda hisoblangan foizlarini hisobga olish 
    yoki qaytarish milliy valyutada amalga oshiriladi. 
    (7-q.)
    Ushbu bobda belgilangan qoidalar ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan boʻnak 
    va joriy toʻlovlar, yigʻimlar, penyalar va jarimalarning summalarini hisobga olishga yoki 
    qaytarishga nisbatan ham qoʻllaniladi hamda soliq agentlari va yigʻimlarni toʻlovchilarga nisbatan 
    ham tatbiq etiladi. 
    (8-q.)
    Ushbu bobda belgilangan qoidalar ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan 
    yigʻimlar, penyalar va jarimalar summalarini boshqa vakolatli organlar tomonidan hisobga olishga 
    yoki qaytarishga nisbatan ham qoʻllaniladi. 
    (9-q.)
    Ushbu bobda belgilangan qoidalar soliq organining qaroriga koʻra oʻrni qoplanishi 
    lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisobga olishga yoki qaytarishga nisbatan ham 
    qoʻllaniladi. 
    (10-q.)
    Ushbu bobda belgilangan qoidalar notoʻgʻri toʻlangan soliq summasini, shuningdek 
    penyalar va jarimalarni hisobga olishga yoki qaytarishga nisbatan ham qoʻllaniladi. 

    Download 2,93 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   352




    Download 2,93 Mb.
    Pdf ko'rish