• Yagona soliq to‘lovi hamda umumbelgilangan soliq to`lovlari
  • Y agona ijtimoiy to`lov
  • YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR BO‘YICHA IMTIYOZLAR




    Download 7,41 Mb.
    bet121/171
    Sana15.05.2024
    Hajmi7,41 Mb.
    #234352
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   171
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pe

    YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR BO‘YICHA IMTIYOZLAR
    T/r Yakka tartibdagi tadbirkorlar toyifasi Imtiyoz turi Imtiyoz qo‘llanishi uchun asos 1. Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat'iy belgilangan soliq va yagona ijtimoiy to`lovni to‘lash ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi. Soliq kodeksining 375-moddasi 2. Kasbhunar kollejlari bitiruvchilari bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin o‘n ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan taqdirda, davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan e’tiboran qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan olti oy muddatga ozod etiladi. Soliq kodeksining 375-moddasi 3. “Hunarmand” uyushmasining a'zolari bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar “Hunarmand” uyushmasining a'zolari hunarmandchilik faoliyati mahsulotlari (tovar, ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotishda qat'iy belgilangan soliqdan ozod etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi PF-5242-sonli Farmoni 4. Qishloq tumanlarida faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar Qishloq tumanlarida, (bundan aholi soni 5 ming kishidan ko‘p bo‘lgan aholi punktlari mustasno) sartaroshxona, yakka tartibdagi buyurtmalar bo‘yicha kiyim tikish, poyabzal ta'mirlash faoliyatni, jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgacha barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3856-sonli qarori 5. Xodimlarni yollagan holda faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar Yakka tartibdagi tadbirkorlar har bir yollangan xodimga to‘lanadigan qat'iy belgilangan soliqni to‘lashdan ozod etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3856-sonli qarori 6. Mikrokredit olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2021 yil 1 yanvarga qadar belgilangan 18 ta faoliyat turlari bo‘yicha yangi ro‘yxatga olingan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik sub'ektlari mikrokreditlarni rasmiylashtirishda 6 oy muddatga qat'iy belgilangan soliq to‘lovidan ozod etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 martdagi PQ-2844-sonli qarori T/r Yakka tartibdagi tadbirkorlar toyifasi Imtiyoz turi Imtiyoz qo‘llanishi uchun asos 7. Kontsert-tomosha faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun litsenziya olgan shaxslar. Kontsert-tomosha faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun davlat boji to‘lovchi jismoniy shaxslar mazkur faoliyat turi bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan ozod etiladi. Soliq kodeksining 390-moddasi 8. I va II guruh nogironlari bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar Faoliyat turi va uni amalga oshirish joyidan qat'iy nazar I va II guruh nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bir oyda eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida qat'iy belgilangan soliq stavkasi o‘rnatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-sonli Farmoni 9. Maktabgacha ta'lim nodavlat muassasasini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar Maktabgacha ta'lim nodavlat muassasasi o‘z faoliyatini amalsha oshira boshlaganidan keyin 10 yil mobaynida barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-son qarori 10. Mo‘ynoq tumanida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar Mo‘ynoq tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2027 yilning 1 yanvariga qadar qat'iy soliqni to‘lashdan ozod etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 fevraldagi PQ-2803-sonli qarori 11. Jizzax viloyati faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar Jizzax viloyatining Arnasoy, Baxmal, Forish, Zafarobod, Zarbdor, Yangiobod tumanlarida, shuningdek viloyatning boshqa tumanlari qishloq aholi punktlarida maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar 2021 yilning 1 yanvariga qadar soliqlarni to‘lashdan ozod etilgan. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 maydagi 332-sonli qarori 12. Navoiy viloyati faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex tumanlari, Nurota tumanidagi Dehibaland, Sentob, Temirkovuk, Qizilcha, Gum va Cho‘ya aholi punktlari hamda Zarafshon shahri hududida ro‘yxatga olingan va faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qat'iy belgilangan soliq to‘lashdan 2028 yilning 1 yanvariga qadar ozod etilgan. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 29 сентябрдаги ПҚ-3301-сонли қарори 13. Yoshga doir pensioner hamda I va II guruh nogironlari bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega hamda I va II guruh nogironlari bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yagona ijtimoiy to`lovning miqdori uning belgilangan miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Soliq kodeksining 311-moddasi T/r Yakka tartibdagi tadbirkorlar toyifasi Imtiyoz turi Imtiyoz qo‘llanishi uchun asos 14. “Hunarmand” uyushmasining a'zolari bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi “Hunarmand” uyushmasining a'zolari yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan ozod etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi PF-5242-sonli Farmoni 15. “Hunarmand” uyushmasining a'zolari bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar Qishloq joylarda ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan "Hunarmand" uyushmasining a'zolari tomonidan yagona ijtimoiy to`lov ular o‘z faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida oyiga eng kam ish haqining 50 foizi
    Yagona soliq to‘lovi hamda umumbelgilangan soliq to`lovlari

    Kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan tushumi 100 million so‘mdan oshgan, biroq bir milliard so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tkaziladi.
    Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan tushumi bir milliard so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari hamda tovar cheklari kitobchasi yuritiladi.
    Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan tushumi kalendar yil davomida bir milliard so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlar va majburiy to‘lovlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to‘laydi hamda buxgalteriya hisobini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritadi.
    Y agona ijtimoiy to`lov

    Yagona ijtimoiy to`lov soliq to‘lovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar, majburiy tartibda quyidagicha to‘lanadi:
    1) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - oyiga eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda; 2) yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan - oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;
    3) yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oilа a’zolari tomonidan:

    • yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi tomonidan - oyiga eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda;

    • oilaning boshqa a’zolari tomonidan (o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno) - oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;

    1. qishloq joylarda ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandchilik sub'ektlari - "Hunarmand" uyushmasining a'zolari tomonidan - o‘z faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;

    2. "Usta-shogird" maktabi o‘quvchilari tomonidan ularning 25 yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan ish davrida - yiliga eng kam oylik ish haqining 2,5 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda. Belgilangan miqdordagi yagona ijtimoiy to‘lovning to‘lanishi mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.

    Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik sub'ektlari - "Hunarmand" uyushmasining a'zolari yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan ozod etiladi.
    Yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar, shuningdek
    I va II guruh nogironi bo‘lgan shaxslar uchun sug‘urta badalining miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak. Mazkur imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

    Download 7,41 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   171




    Download 7,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR BO‘YICHA IMTIYOZLAR

    Download 7,41 Mb.