• Qat’iy belgilangan soliq
  • Yagona soliq to‘lovi hamda umumbelgilangan soliq to`lovlari
  • O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini




    Download 7,41 Mb.
    bet119/171
    Sana15.05.2024
    Hajmi7,41 Mb.
    #234352
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   171
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pe

    Soliq stavkasi

    Soliqlarni to‘lash tartibi




    1.

    100 mln. so‘mgacha

    Daromad solig‘i

    12 % ёки qat’iy miqdordagi summada

    Soliqlarni yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida
    yoki qat’iy belgilangan
    miqdordagi summada to‘lashni tanlashi mumkin.

    2.

    100 mln.so‘mdan
    1 mlrd. so‘mgacha

    Aylanmadan soliq yoki
    QQS va Foyda
    solig‘i

    4 % yoki 15 %

    100 mln. so‘mdan oshgan summadan
    aylanmadan soliqni
    to‘lashga o‘tadi yoki
    QQS va foyda solig‘ini to‘lashga ixtiyoriy o‘tishi mumkin

    3.

    1 mlrd. so‘mdan ortiq

    QQS va Foyda
    solig‘i

    15 %

    QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi yoki foyda solig‘ini
    soddalashtirilgan tartibda to‘lashni tanlashi mumkin.

    Qat’iy belgilangan soliq

    Kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan tushumi 100 million so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar qat'iy belgilangan soliqni to‘laydi.
    Qat’iy belgilangan soliq yakka tartibdagi tadbirkorning kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qat'i nazar, qat'iy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyatining turi va soliq to‘lovchining faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi.
    Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatning bir necha turi bilan shug‘ullangan taqdirda, qat’iy belgilangan soliq faoliyatning har bir turi uchun mazkur turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar bo‘yicha alohida-alohida hisoblanadi.
    Agar faoliyat amalga oshirilgan joy uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy uchun belgilangan stavkalardan farq qilsa, qat’iy belgilangan soliq eng yuqori stavka bo‘yicha to‘lanadi.
    Masalan, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida davlat ro‘yxatidan o‘tgan nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini Toshkent shahrida amalga oshirgan taqdirda, Toshkent shahriga belgilangan eng kam ish haqining 10 baravari miqdoridagi stavka bo‘yicha qat’iy soliq to‘laydi. Agar ushbu tadbirkor Zangiota tumanida faoliyatini amalga oshirsa, eng kam ish haqining 3 baravari miqdoridagi stavka bo‘yicha soliq to‘laydi.
    Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik sub’ekti qat’iy belgilangan soliqni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab to‘laydi.
    Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin o‘n ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan e’tiboran qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan olti oy muddatga ozod etiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tilgan paytdan boshlab o‘n ikki oy ichida faoliyat tugatilgan yoki uch va undan ko‘p oyga to‘xtatilgan taqdirda, qat’iy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun to‘lanadi.
    Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tilgan paytdan boshlab o‘n ikki oy ichida faoliyat tugatilgan yoki faoliyat uch va undan ko‘p oyga to‘xtatilgan taqdirda, qat'iy belgilangan soliq faoliyat amalga oshirilgan butun davr uchun to‘lanadi.
    Yagona soliq to‘lovi hamda umumbelgilangan soliq to`lovlari

    Kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan tushumi 100 million so‘mdan oshgan, biroq bir milliard so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tkaziladi.
    Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan tushumi bir milliard so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari hamda tovar cheklari kitobchasi yuritiladi.
    Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan tushumi kalendar yil davomida bir milliard so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlar va majburiy to‘lovlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to‘laydi hamda buxgalteriya hisobini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritadi.



    Download 7,41 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   171




    Download 7,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini

    Download 7,41 Mb.