O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini




Download 7,41 Mb.
bet47/171
Sana15.05.2024
Hajmi7,41 Mb.
#234352
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   171
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pe

. 3-ilova

4-ilova
O‘QUV KO‘RGAZMALI MATERIALLAR







LOYIHANING MAQSADI
Ushbu loyihani amalga oshirishdan maqsad, quyonchilik biznesini tashkillashtirishni asoslashdir.
Tadbirkor belgilangan faoliyat turiga asoslanib, yosh quyonlarni sotib olib, yetishtirib, go’shti va terisidan xalqimizga arzon va sifatli tarzda, yetkazib berish xamda 6 nafar kishini ish bilan ta’minlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
Darhaqiqat, quyon boqish bugungi kunda mamlakatimizdagi eng serdaromad sohalardan biriga aylanib borayotgani bejiz emas. Go’shti va terisining xaridorbopligi, yetishtirish shart-sharoitining osonligi va katta xarajat talab etmasligi quyonchilik bilan shug’ullanish istagida bo’lgan kishi uchun ayni muddao. Mana shuning uchun
ham quyonchilik chindanda istiqbolli tarmoqqa aylanmoqda.
So’nggi yillardagi statistik ma’lumotlarga ko’ra, quyonchilikning rentabelligi 15 25%ni tashkil etadi va tahminlarga ko’ra quyonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish
2017 yildagi 15,4 ming tonnadan 2021 yilda 23,7 ming tonnagacha ko’payadi. Shunga
qaramay O’zbekiston va jahon bozorida sifatli quyon go’shi va ter isiga bo’lgan talab, raqobatbardoshlik talablarini hisobga olgan holda ham kun sayin oshib, iste’molchilar uchun sifat faktoriga asoslangan, sinalgan mahsulotlar talabgir bo’lib kelmoqda. Quyonchilik biznesida halollik, faqat toza mahsulotni sotish, va sifatga e’tibor kuchaytirilsa, xaridorlar sizni o’zi topadi. Olinadgan mahsulotga qarab, quyonlar ikki guruhga ajratiladi.
Birinchi guruh — go’sht va terisi uchun boqiladigan quyon zotlari. Bular oq velikan, kulrang velikan, shinshilla, kapalaksimon, olmaxonsimon, kumushsimon, qora qo’ng’ir, vena zangori va boshqalardir. Go’shti yumshoq bo’ladi, yog’ va xolesterin kam. Tibbiyotda allergiya, gipertoniya, oshqozon-ichak, me’da, o’t-pufak, jigar kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Oqsil moddasiga ehtiyoji yuqori bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalar, o’smirlar, emizikli ayollar, keksa yoshdagilar uchun juda foydali, parhezbop.
Ikkinchi guruh — tivit beradigan quyonlar. Angor, oq momiq, kirov zoti shular jum lasidan. Bu guruh vakillari kam tarqalgan va go’shtdorlik ko’rsatkichi past. Mo’yna tolalarining deyarli 95-98 foizi tivitdan iborat. Bitta voyaga yetgan quyondan 1 kilogrammgacha tivit olish mumkin.
Hozir mamlakatimizda uy sharoitida quyonlarning oq velikan, kulrang velikan, oq momiq va angor zotlari ko’paytirilmoqda.

Download 7,41 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   171




Download 7,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini

Download 7,41 Mb.